51. Òsmirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Download 44.55 Kb.
|
51-61 psixologiya javoblar
Beshinchidan, shaxsning guruh taz’yiqiga berilishi va bo‘ysunishi ham guruh a’zolarining soniga bog‘liq. Guruh soni 4-5 kishi bo‘lgunga qadar, uning ta’siri kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, ta’sirchanlik kamayib boradi. Masalan, ko‘chada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yordam berishga intilish, masuliyat hissi pasayib boradi.
Bu qonuniyatlarni bilish esa, o‘z navbatida tabiiy guruhlarni boshqarish ishini ancha engillashtiradi. Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko‘pchilikni tashkil etib ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional begilar ularning shu gurhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko‘p sonli bo‘lganligi va ular xulq-atvorini bslgilovchi mexanizmlarning o‘ziga xosligi tufayli bo‘lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko‘pincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal ko‘radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o‘tilganidek ko‘pchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o‘rganilishi kerak, deylik Avvalo o‘sha ishchilarning soni ko‘p, qolaversa, ishchilarning o‘zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni ko‘yadi. Shuning uchun xam har bir katta guruhga taalluqli bo‘lgan asosiy, etakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o‘rganish hozircha ijtimoiy-psixologiyadagi asosiy metodologik yo‘llanma bo‘lib kelmoqda. Qolaversa, katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo‘lgani uchun ham har qanday guruhni o‘rganishdan oldin, xoh bu sinflar bo‘lsin, xoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo‘lsin, uning xayot tarzi, unga xos bo‘lgan odatlar, udumlar, an’analar o‘rganiladi. Ijtimoiy-psixologik ma’noda, hayot tarzini o‘rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo‘lgan kishilar o‘rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o‘zaro munosabatlarda ustun bo‘lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, extiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruhga mansub bo‘lgan shaxsda tipik xislatlar shakllanadi. Masalan, 90-yillar Yoshlariga xos bo‘lgan tipik sifatlar ana shu Yoshlar o‘rtasida keng tarqalgan urf-odatlar, moda, so‘zlashish xususiyatlari, qadriyatlar, qiziqishlar va hokazolar tufayli shakllanadi. Shuning uchun ham 20 Yoshli kishining psixologiyasini to‘liq ravishda o‘rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o‘ziga xosligi, shaxsi, harakteri va boshqa individual psixologik xususiyatlaridan tashqari, yana unga o‘xshash Yoshlarda ustun bo‘lgan psixologik xislatlarning qanchalik namoyon bo‘lishini, u mansub bo‘lgan va asosan vaqgini o‘tkazadigan guruhlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham nazarda tutish va ularni o‘rganish zarur. Bu degani, har bir shaxs ongida uning yakka, alohida orttirgan shaxsiy tajribasiga aloqador psixologik tizimlardan tashqari, uning qaysi millat, elat, sinfga mansubligidan singdirilgan psixologik tizimlar ham mavjuddir. 57- savol Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash Bugungi kunda talaba yoshlarning ijtimoiy oilaviy hayotga tayyorlashda pedagogik va pisixologik xususiyatlarini o'rgatib borish va ularni oilaviy hayotga tayyorlash juda muhimdir. Chunki bola shaxsini shakllantirish uning tug'ilishidan boshlanadi. Shuning uchun ularni oila muqaddas ekanligi bola tarbiyasida ota-onaning o'rni va vazifalari haqidagi ma'lumotlar bilan boyitib borish zarur. Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan oila qurish yoshidagi talabalarga oilaviy munosabatlar harakteri, ota-onaning namunasi, ulardagi umumta'lim darajasi, umummadaniy saviyasi, hamda ularning pedagogik madaniyati va oilaviy hayotning tashkil etilishi ahamiyat kasb etadi. Oiladagi tarbiyani yuqoridagi xususiyatlarini hisobga olish, bolani axloqiy jihatdan tarbiyalashda, milliy axloqiy qadriyatlardan foydalanishning mohiyatiga, uning o'ziga xosligi va ahamiyatini taxlil qilishga yordam beradi. Buning uchun ota - onalarning o'zida milliy qadriyatlarga nisbatan munosabati o'zgarmog'i lozim. Milliy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashda, xalqning ma'naviy merosidan, ota-bobolarimizning pand-nasihatlari, tajribalari asosida eng yaxshi va olijanob an'analar ruhida tarbiyalash, ularning dono fikrlari, turmush saboqlari davrlar g'alviridan o'tib, saralanib bizgacha etib kelgan o'gitlarini ongiga, dunyoqarashi va shuuriga sindirib borilmog'i darkor. Shu bilan birga bolalarni xalq an'analariga o'rgatishi ota-onalarining majburiy vazifasidir. Bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo'lib, Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilaridir. Bolani oilada tarbiyalash murakab ijtimoiy-pedagogik jarayonidir. Oiladagi sharoit va muhit bola shaxsi shakilanishiga ta'sir ko'satadi. Ota va ona o'z bolasini ardoqlaydilar, erkalaydilar tashvish va qiyinchiliklardan asraydil. Ota-onalarning shaxsiy ibratlari-bolaning tarbiyasiga ta'sir ko'rsatish muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning taqlid etishga qiziqishi va havas qilishga asoslangan. Bilim va tajribalarga ega bo'lmay bola kattalar qilganini takrorlaydi ularning xarakterlariga ta'qlid qiladilar. Ba'zan bolaning oilada olgan tajribasi atrofdagi odamlarga nisbatan yagona o'lchov belgisi bo'lib qolgan. Oila tarbiyasida to'g'ri yoki egri o'sishga bog'bon mehnati va mahoratiga bog'liq. Egri o'sayotgan niholning qaddini rostlab qo'ymasa, u noto'g'ri o'sadi. Yangi tug'ilgan go'dak tarbiyasi bilan shu yosh nihol holati o'rtasida qandaydir o'xshashlik mavjud. Bundan ko'rinib turibdiki, axloq-odobning normalari - kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, halollik, rostgo'ylik, mehnatsevarlik kabilar oiladan boshlanadi. Bu zikr qilingan pedagogik falsafiy tushunchalar oila rahbarining dunyoqarashi bilan chambarchas bog'liqdir.
Yetuklik ontogenezdagi nisbatan uzoq davom etadigan davrlardan biridir. Odatda yetuklikning uch bosqichi ajratiladi: — ilk yetuklik (yoshlik); — o‘rta yetuklik; — yetuklik (qarilik va keksayish). Yetuklik tushunchasi va yetuklikka erishish mezonlari. Rivojlanish jarayonining ko‘p qirraliligini hisobga olgan holda yetuklikning ko‘pgina belgilarini ajratish m um kin1: — jismoniy o‘sish bilan kamroq, ko‘proq kognitiv takomillashish bilan boglangan rivojlanishning yangi xarakteri; — yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashish, qarama-qarshilik va qiyinchiliklarni ijobiy hal qilish, vaziyatga tez moslashish; — tobelikni bartaraf etish va boshqalar va o‘zi uchun mas’uliyatni his qilish; — xarakterning ayrim xislatlari (qat’iylik, umidvorlik, vijdonlilik, hamdardlik bildirish va boshqalar). «Kattalik» va «yetuklik» tushunchalari aynan bir xil tushunchalar emas. Yetuklik — hayot faoliyatining eng ijtimoiy faol va mahsuldor davridir, u kattalikning shunday davriki, unda shaxs va intellekt rivojlanishining eng yuksak darajasiga erishiladi. Qadimgi greklar bu yoshni va ruh holatini «акте» deb atashgan, «cho‘qqi», oliy bosqich, gullagan davr degan ma’nolarni anglatadi. Gumanistik psixologiyada (A.Maslou, G.Olport, K.Rodjers va b.) yetuk shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilishi jarayoniga katta ahamiyat berilgan. Maslouning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxslar elementar ehtiyojlarini qondirish bilan chegaralanib qolmaydi, haqiqat, go‘zallik, yaxshilik kabi oliy qadriyatlarga intiladi. Ular o‘z faoliyatlarida yuksak cho‘qqilarga intiladilar. 0 ‘z-o‘zini namoyon qilish uchun o‘z ustida tinmay ishlashni talab qiladigan jarayondir. G.Olportning ta’kidlashicha, shaxsning yetukligi motivatsiyasining funksional avtonomligi bilan belgilanadi. Olportning fikricha, o‘z-o‘zini namoyon qiladigan shaxs quyidagi xislatlarga ega bo‘ladi: A) tashqi dunyoga qiziqish, Men hissi kengaygan; В) boshqalarga nisbatan g‘amxo‘rlik (hamdardlik, hurmat, chidamlilik); D) emotsional xavfsizlikni fundamental his qilish (o‘zini nazorat qilish, o‘zini qabul qilish); E) borliqni real idrok qilish va harakatlardagi faollik; F) o‘z-o‘zini tushunish, ichki tajribasini vaziyatga ko‘chirish; G) «hayot falsafasi», tajribani tartibga soladi, tizimlashtiradi va individual xatti-harakatlarga ma’no beradi Yetuklikning bosqichlari turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilingan. Yetuklik davrini birinchilardan bo‘lib davrlashtirgan Sh.Byuler o‘z-o‘zini aniqlashni asos qilib, yetuklikning beshta bosqichini ajratgan: Birinchi bosqich (16—20 yosh) shaxsiy o‘z-o‘zini belgilashdan oldin keladi. Ikkinchi bosqich (16—20 yoshdan 25—30 yoshgacha) —urinib ko‘rish va izlash bosqichidir (kasb, umr yoldosh va b.). Bu davrda hayotiy maqsadlar noreal bo‘lib, o‘zgarib turadi. Uchinchi bosqich (25—30 yoshdan 45—50 yoshgacha) — yetuklik davri: inson hayotda o‘z o‘rnini topadi, oila quradi. 40 yoshlarda shaxs o‘zining hayotda erishgan natijalariga qarab o‘zini baholay boshlaydi. To‘rtinchi bosqich (45—50 yoshdan 65—70 yoshgacha) — qartayayotgan inson, kasbiy faoliyatning tugashi, maqsadlar qo‘yish va faol o‘z-okzini belgilashning yo‘qolishi. Beshinchi bosqich (70 yoshdan keyin) — qari inson: o‘tmishni eslash va tinchlikni xohlash. Mashhur gollandiyalik psixolog va psixoterapevt B.Divexud kattalar hayotidagi 7 yillik bosqichlarni ajratgan Uotering davrlashtirishini misol sifatida keltiradi.Psixik funksiyalar rivojlanish mexanizmlarida quyidagi xususiyatlar aniqlandi: — Psixofiziologik funksiyalar rivojlanishi ikki fazali xarakterga ega. Birinchi bosqich — funksiyalar taraqqiyotida frontal rivojlanish bo‘lib — tug‘ilgandan ilk yoki o‘rta yetuklikkacha kuzatiladi. Ikkinchi bosqich — psixofiziologik funksiyalarning ixtisoslashuvi — 26 yoshdan keyin faolroq namoyon bo‘la boshlaydi. 30 yoshda ixtisoslashuv hayotiy tajribaning egallanishi va kasbiy mahorat evaziga ustunlik qiladi. — Yetuk insonning psixologik va psixofiziologik rivojlanishi qarama-qarshi va murakkab strukturaga ega bolib, bilish qobiliyati va alohida funksiyalar funksional darajasining susayishi, barqarorlashishi va kuchayishi jarayonlarining almashishini (birgalikda kelishini) kuzatish mumkin. Aniqlangan qonuniyat neyrodinamik, psixomotor xarakteristikalarga verbal va noverbal intellekt, xotira kabi oliy psixik funksiyalarga xosdir. — Rivojlanishning geteroxronligi (bir xilda kechmasligi) — insonning individ, shaxs va faoliyat subyekti sifatida yutuqlari va rivojlanish darajasi mos kelmaydi. Bilish funksiyalarining dinamikasi. 17 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan davrda verbal va noverbal intellekt rivojlanishi bir xilda kechmaydi. Ilk yetuklik davrida (18—25 yosh) psixik funksiyalarning kuchli rivojlanishi xos. Xotira, diqqat tafakkur konstruktiv, ijobiy siljishlar, cho‘qqilar kuzatiladi. Barqarorlashuv 33—35 yoshda kuzatiladi. 35 yoshgacha inson intellektual faoliyati funksional asoslarining bir butunligi davom etadi. 30—33 yoshda diqqat, xotira, tafakkur kuchli rivojlanadi, 40 yoshlarda ular birmuncha susayadi. 41—50 yoshda 36—40 yoshga nisbatan tafakkur ham birmuncha susayadi. Ko‘pchilik soha vakil lari uchun 35—39 yosh ijodiy faollik uchun o‘rtacha maksimum yosh hisoblanadi. Aniqroq to‘xtaladigan bo‘lsak, matematik, fizik, ximik kabi aniq fanlarda ijodiy cho‘qqiga erishish 30—34 yosh, geolog, vrachlarda 35—39 yosh, psixolog, faylasuf va siyosatchilarda birmuncha kechroq 40—55 yoshlarda kuzatiladi. Kattalarda bilish funksiyalarining saqlanishiga qadriyatlar yo‘nalganligi katta ta’sir ko'rsatadi1. Hayotning turli sohalarida yangilikka faol intilish, ma’lumotlarni izlash, erishilgan natija bilan cheklanmaslik, obrazli tafakkur rivojlanish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘z kasbiy mahoratini takomillashtirish, maxsus adabiyotlarga doimiy murojaat qilish verbal-mantiqiy, amaliy va obrazli tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. 51—55 yoshda ham tafakkurning har xil turlarining, diqqat va xotiraning rivojlanish iga kasbiy faoliyatdagi bilishga faol intilish, bo‘sh vaqtda ham nim alarnidir o‘rganishga intilish ijobiy ta’sir qiladi. Kattalarning intellektual potensialini optimallashtirishning muhim omillari quyidagilardir: ma’lumoti darajasi (oliy, texnik, gumanitar, o‘rta maxsus va h.k.); ta’lim — individual va tashkiliy bilish jarayoni sifatida; kasbiy faoliyat turi; mehnat faoliyati xarakteri (aqliy zo‘riqishga ehtiyoj, ijodiylikning mavjudligi) va b. Yetuk insonlar intellekti saqlanishi bilan bir qatorda uning strukturasida sifat jihatidan qayta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. So‘zli matnlarni umumlashtirish ustunlik qiladi. Intellekt rivojlanishida yangi boiishi mumkin bo‘lgan bosqich — muammoni o‘zi qo‘ya olish idadir. Uzoq muddatli xotirada verbal esga tushirish keksalik davrigacha o‘zgarmaydi, reaksiya tezligi, qisqa muddatli xotira, qayta esga tushirish birmuncha susayadi. Shunga qarmay kasbiy xotiraning takomillashishi mnemik funksiyalarning umumiy susayishi bilan mos kelmasligi mumkin. So‘nggi zamonaviy longityud tadqiqotlarda aniqlanishicha, yetuklik davridagi insonlarning kognitiv rivojlanishi tugallanmaydi, lekin kattalarning aynan qanday qobiliyatlari qanday qilib o‘zgarishi haqida umumiy fikrga kelinmagan. Bunda ayrim olimlar «dialektik tafakkur va mustaqil tanlangan pozitsiya va mas’uliyat» tushunchalaridan foydalanadilar, bunda intellekt sifat jihatidan qayta qurilishi nazarda tutiladi. Tafakkur rivojlanishida dialektik bosqich bu qarama-qarshi fikrlarni o‘ylab topish, ularni sintezlash yoki ideal va real holatlarni integratsiya qilishdir. Boshqa tadqiqotchilar esa turli yosh davrlaridagi murakkab vazifalarni hal qilish uchun intellektdan egiluvchan foydalanish va uni doimiy takomillashtirish haqida fikr yuritadilar. 59.Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari Keksalik davriga 75—90 Yoshdagi erkak va ayollar (buva va buvilar) kiradi va bunday odamlarning boshqa Yosh davrlaridagi odamlardan keskin farqlanadigan xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Keksalarni jismoniy va aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga ko‘nikkan qariyalar guruhlariga ajratish mumkin. Ijtimoiy faollik faxriylar jamoasida, kasbiy jamoalar faoliyatida qatnashishda o‘z ifodasini topadi. Keksalik davrida foniy dunyodan umidsizlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi va bu hol faollikni, istiqbol rejalarini tuzishga intilishni susaytiradi. Lekin "O‘g‘limni uylantirsam, dunyodan armonim yo‘q" qabilidagi mulohazalar doimiy odatga aylanib qolgan. Keksalikning ikkinchi muhim xususiyati betobliqda vasiyat qilish, qarindosh-urug‘lardan rozi-rizolik tilashidir. Jismoniy harakat imkoniyatiga ega bo‘lgan qariyalar mehnat qilishga intila- dilar, biroquning mahsulidan ko‘ngillari sira to‘lmaydi. Ular tarixiy voqealarni tirik guvoh sifatida batafsil bayon qilib beradilar. Nutqdagi juz’iy kamchiliklarni hisobga olmaganda (ayrim mantiqiy bog‘lanishdagi nuqson, talaffuzning buzilishi) keng ko‘lamdagi axborotlarni o‘zgalarga uzatish imkoniyatiga ega.Biologik qarish psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti-harakatlarda keskin o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. Aksariyat sezgi organlari zaiflashadi, asab sistemasi kuchsizlanadi, ma’lumotlarni qabul qilish (xotira) va ularni qayta ishlash, mohiyatini anglash (tafakkur), u yoki bu holatlarga nigohini to‘plash va unda muayyan muddat tutib turish (diqqat) qiyinlashadi... Irodaning kuchsizlanishi og‘riq sezgidariga nisbatan bardoshlilik tuyg‘usini emira boshlaydi. Natijada tashqi ta’sirni qabul qilishda dikqatni saralash xususiyati o‘z ahamiyatini yuqotib borishi sababli qari odam bola tabiatli arazchan, ko‘ngli bo‘sh, hissiyotga beriluvchan xarakterli bo‘lib qoladi. Shuning uchun ular bilan muloqotga kirishishda mazkur shaxsning sifatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir 60 Talim va tarbiyaning psixologik asoslari . Ta'lim metodlari va tarbiya metodlari Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi masala shunday
Download 44.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling