51. Òsmirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Download 44.55 Kb.
|
51-61 psixologiya javoblar
Ta’lim metodi – o’qituvchining o’quvchilar bilan muntazam qo’llaydigan, o’quvchilarga o’z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo’yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari majmuasidir.
Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun bajarish lozim bo’lgan vazifalarii amalga oshirishda qo’llaniladigan turli-tuman ish usullari va shakllarini o’z ichiga oladi. Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda qo’llanilayotgan har turli usullari va shakllari asosida ko’plab ta’lim metodlari hosil bo’lgan va bu jarayon davom etmoqda. Muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat bo’lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi o’ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi. Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’lni aytiladi. Masalan, savod o’rgatish yo’llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, maktabgacha ta’lim muassasasida o’rgatish, o’qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo’llardan foydalanish mumkin. Shu yo’llardan foydalaщb harakatni amalga oshirishda har turli metodlarni qo’llaniladi. Masalan, savod o’rgatish maqsadida yuqorida aytilgan yo’llardan istalgani tanlangandan keyin, shu har bir yo’l uchun maqsadga muvofiq deb hisoblangan metodlarni qo’llaniladi. Bular, oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, maktabda savod o’rgatishni amalga oshirishda o’qituvchinnng, tarbiyachining qo’llaydigan ish usullarini; kompyuter, kitob va boshqa ta’lim- tarbiya vositalarini belgilangan maqsadga muvofiq qo’llash metodlarini o’z ichiga oladi. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatish yuzasidan ham tanlangan har bir yo’l o’ziga xos metodlarni qo’llashni nazarda tutadi. Demak har bir harakat ma’lum yo’lda va shunga muvofiq metodda amalga oshiriladi. Biror metodni qo’llaщdagi harakatni amalga oshirish ko’rinishi deb shu harakatni batafsil tasvirlovchi ko’rinishga aytiladi. Bunda harakatning kuzatiladigan o’zgarishlari, vaziyatlari, tezligi va uning ortishi yoki sekinlashuvi, to’xtashlari, bir nechta harakatlarning bir vaqtdaligi yoki ularning vaqt oraliqlari, harakatlar natijasi, amaliy ishlar bajarish mashulotlarida esa, ishlov berilayotgan shakllar, fazoviy xolatlar, ranglar, qattiq-yumshoqlik, sirtlarning tekisligi yoki adir-budurligi o’zgarishlari va boshqa kuzatish mumkin bo’lgan turli harakat ko’rinishlari nazarda tutiladi. Inson faoliyatining barcha sohalarida tegishli metodlardan foydalaniladi. Bu metodlarning eng umumiy belgisini hisobga olgan holda ularni borliqni amaliy yoki nazariy o’zlashtirish operastiyalarining yoki yo’llarining yiindisi deyish mumkin. Ushbu qo’llanmada metod tushunchasini ta’lim-tarbiya jarayoni bilan boliq jihatlardan ko’rib chiqiladi. Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni Tarbiya vositalari sifatida tashkil etilgan va tashkil etilmagan ta’sirlar tushunilib, ular yordamida bir guruh insonlar — tarbiyachilar boshqa guruh odamlariga — tarbiyalanuvchilarga ma’lum psixologik sifatlar va xulq-atvor hosil qilish maqsadida ta’sir o‘tkazadilar. Aniq qilib aytganda, shaxsga psixologik ta’sir vositasida tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchining shaxsiyatini o‘zgartirish uchun qo‘llanilgan harakatlar tushuniladi. Ular qatoriga ta’limning barcha turlarida ishontirish, majburlash, ijtimoiy talablar, tashqi ta’sirlarni va inson harakatlari shaklini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar kiradi. Tarbiya vositalari sifatida o‘ziga xos o‘rinni kompleks, global va har taraflama o‘tkaziladigan ta’sirlar egallaydi. Ular qatoriga, masalan, psixoterapiyani, ijtimoiy-psixologik treningni va boshqa psixokorreksiya turlarini ko‘rsatish mumkin. Tarbiya vositasi boiib, tarbiyachining shaxsiy namuna bo‘lishi, atrofdagi odamlarning ko‘rsatayotgan xulq-atvori, xatti-harakati, pedagogik, badiiy, ommaviy va boshqa adabiyotlarda keltirilgan va yuqori baholangan lavhalar ham hisoblanadi. Insonga ta’sir etib, uning psixologiyasi va xulq-atvorini o‘zgartirishi mumkin boigan har qanday narsa tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladi. Tarbiya vositalarini odamga ta’sir etish xarakteriga ko‘ra ikki guruhga: bevosita va bilvosita ta’sirlarga ajratish mumkin. Bulardan birinchisi bir odamning boshqasiga bevosita ta’siri, ya’ni bir-biri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishi hisoblansa, ikkinchisi, qandaydir vositalar orqali o‘tkaziladigan ta’sir, ya’ni bunda tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘zaro aloqa qilmaydi Tarbiya ta’siri qanday tarbiya obyektiga qaratilganligiga ko‘ra uning vositalari quyidagicha bo‘linadi: emotsional, kognitiv va xulqiy. Tajribada ko‘proq ular kompleks tarzda uchraydi. Har bir ko‘rsatilgan tarbiya vositalari o‘zining kuchli va ojiz tomonlariga ega. Masalan, bir odamning ikkinchi bir odamga tarbiyaviy ta’sirining o‘ziga xosligi va yutuqlari shundan iboratki, bunda tarbiyaning quyidagi turlari ishlatiladi: uqtirish, taqlid qilish va majburlash, o‘z navbatida bu usullar asosida ta’limning effektiv mexanizmi yotadi. Bu usul qo‘llanilganda tarbiyachi so‘z vositalaridan foydalanmasligi ham mumkin, tarbiyalanuvchiga to‘g‘ri va kerakli xulq-atvorni namuna sifatida ko‘rsatishi va olrnak bo‘lishi lozim Kognitiv tarbiya ta’siri kishining bilim tizimlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, uni o‘zgartirish, mukammallashtirishni maqsad qilib qo‘yadi. Hozirgi zamon olimlarining fikriga ko‘ra, insonning dunyo haqidagi bilimlari uni shaxs sifatida namoyon etib qolmay, balki uning xulq-atvoriga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiya ta’sirining bu sohadagi yutuqlari sezilarli darajada ortib, hozirgi davrda bu soha asosiy o‘rinni egallab bormoqda. Emotsional tarbiya ta’siri tarbiyalanuvchida ma’lum affektiv holatni vujudga keltirishga va uni saqlab turishga mo‘ljallangan boiib, ularning psixologik ta’sirlarni qabul qilishini yengillashtiradi yoki qiyinlashtiradi. Ijobiy emotsiyalar tarbiyalanuvchini tarbiya ta’siri subyektiga nisbatan ochiq nazorat hosil qiladi. Salbiy emotsiyalar esa aksincha, tarbiyalanuvchiga ko‘rsatilayotgan tarbiya ta’sirini kamaytiradi. Xulqiy-axloqiy tarbiya ta’siri bevosita odamning xulq-atvori, uning faoliyati va o‘zini boshqara olishiga yo‘naltirilgan. Uni turli ta’sirlar vositasida ma’lum bir yo‘nalishda yo‘naltirilsa, ular bilvosita shaxs holatiga, uning shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holatda tarbiyalanuvchi avval qandaydir ma’lum xatti-harakatni amalga oshiradi, so‘ngra esa shu yoining foydali yoki zararliligini tushunadi. Berilgan ta’sir avval shaxsning ichki dunyosida o‘zgarishni vujudga keltirsa, bu o‘zgarish keyin uning xulq-atvorida namoyon bo‘ladi. Bilim, emotsiya va xulq-atvor o‘zaro bog‘liq ekan, ularning har biri orqali shaxsga ta’sir kolrsatish mumkin. Bu holat tarbiyachining imkoniyatlari cheklanganda biror-bir tanlangan tarbiya ta’siriga urg‘u berishda hamda kerakli natijaga erishishda yordam beradi 61 ..O’qituvchilik kasbini egallash uchun, albatta, tabiiy qobiliyatlar bilan birga, jismoniy ham ruhiy xislatlar ham shakllangan bo’lmog’i darkor. Aks holda o’qituvchilik kasbini tanlagan bunday shaxslardan na jamiyatga, na o’zgalarga hyech qanday manfaat bo’lmasligi turgan gap. Pedagogik faoliyatning mazmuni asosan yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga tarbiya berish uchun, layoqatli, talab doirasida barcha aqliy va axloqiy salohiyatga ega bo’lgan maxsus tayyorgarlikdan o’tgan shaxslarning alohida faoliyatiga aytiladi. Aniqroq qilib aytganda o’qituvchilarning mehnat faoliyati komil insonni tarbiyalashga qaratilgan murakkab, ziddiyatli va uzoq davom etadigan jarayondir. O’qituvchilik kasbini egallagan har bir inson avvalo o’qituvchi shaxsiga xos xususiyatlarni o’zida mujassam etishi; shuningdek, o’qituvchining ruhiy – pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablarni atroflicha o’zlashtirgan bo’lishi; tanlangan ixtisos yuzasidan kerakli doirada pedagogik mahorat, texnika, takt, ziyraklik, kuzatuvchanlik, bilimlarni bolalarga yetkaza olish qobiliyatiga ega bo’lmog’i juda muhim. O’qituvchi go’zallik sohibidir. U olijanob sharafli kasb egalari haqida ne-ne aziz odamlar qo’llariga qalam olib jo’shqin hislarini, eng yaxshi ezgu tilaklarini oq qog’ozlar betiga bitmagan deysiz. Hayot abadiy. Ammo u yosh avlod bilan barhayot. Avlod bor ekan, unga ta’lim va tarbiya beradigan mehri daryo o’qituvchilar ham abadiy barhayot yashayveradi. Hayotning bu sharafli kasb egalariga bo’lgan ehtiyoji ham abadiydir. O’qituvchi bamisoli bog’bon. U yoshlik gulshanining bog’boni. Maktab, o’quv yurti - yoshlik gulshani, yosh avlod uning bebaho nihollari, ustoz o’qituvchilar bu bog’ning oqil, mirishkor, mehribon bog’bonlaridir. U o’z bog’idagi mevalarning rango-rang va sog’lom bo’lishi uchun kurashadi. Har bir shogirdini baxtiyor ko’rishni orzu qiladi. Daraxtni shirin meva, o’qituvchini esa oqil, barkamol shogird bezaydi. Bu kasbning faxru - iftixori shundaki, o’qituvchi tarbiyalab o’stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni bahramand qiladi. Eng baxtiyor, piri badavlat odamlardan biri o’qituvchi. U dunyodagi har qanday javohirdan ham qimmatli bo’lgan inson farzandini voyaga yetkazib, uni ulug’ ishlarga voris qiladi. Kasblar ichida alohida faxr va iftixor bilan tarona etiladigani o’qituvchilik kasbidir. Chunki biror soha yo’qi, unga o’qituvchining bevosita yoki bilvosita qo’shgan hissasi bo’lmasin. O’qituvchining bilimidan, aql-zakovatidan, mehrmuhabbatidan bahramand bo’lmagan kishi yo’q. Zamonamizning zabardast olim va shogirdlari, shoir va san’atkorlari, fazogirlari, ishchisi, o’rmonchisi, shifokori, quruvchi-injeneri - hammasi o’qituvchidan ta’lim olgan. Shuning uchun ham xalqimiz –tog’ cho’qqilaridan yuksak mehr-muhabbatini, quyosh nuridek jo’shqin qalb haroratini "o’qituvchi" degan so’zga singdirgan va bu nomni katta ezoz bilan tilga oladi. Biz o’qituvchilar kasbimiz bilan qancha faxrlansak, umrimizning bebaho hosili - sevgan kasbimizning durdona mevasi, faxru iftixorimiz bo’lgan shogirdlar bilan baxtiyormiz. Ulug’ Vatanimizning qaysi yeriga borsak, "Salom, ustoz, o’qituvchim", deb shogirdlarimiz peshvoz chiqishadi. Biz shunda o’zimizni qanchalik baxtiyor inson ekanligimizni chuqurroq, his etamiz. Umrimizga yana umr qo’shilgandek o’zimizni tetik sezamiz. Ana shu narsa bizga yana kuchquvvat va kasbimizga beqiyos muhabbat baxsh etadi. O’qituvchi mehnatini taqdirlash "Xalq o’qituvchisi" degan yuksak unvonning ta’sis etilishida yana bir yorqin ifodasini topdi. O’qituvchi o’ziga bo’lgan bu hurmat bilan birga unga yosh avlodni tarbiyalash kabi faxrli, ayni zamonda juda murakkab va mas’uliyatli vazifa ishonib topshirilganligini juda yaxshi biladi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti katta sur’at bilan rivojlana borayottan bir sharoitda hayot bizning oldimizga yangidan-yangi vazifalarni qo’ymoqda. ixtisosligiga xos bilim, malaka, ko’nikmalarni egallashi lozimdir. Mahoratli o’qituvchi o’zini mahorat egasi sanasa u quyidagi bilim, ko’nikma, malakalarni egallagan bo’lishi zarurdir. 1.O’qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqyea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir. 2. Mustaqil O’zbekistonimiz o’qituvchisi birinchi galda o’zi o’qitadigan fanni chuqur egallagan bo’lgandagina o’quvchilarda umumiy va kasbiy ta’lim sifatini oshira oladi va ularda fan - texnika hamda amaliy faoliyatga qiziqish va istak hosil qila oladi. 3.O’qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har minutidan unumli foydalanishi zarur. 4.O’qituvchi yaxshi o’qituvchi bo’lishi uchun pedagogika, psixologiyaga qo’shib, o’z fanining metodikasini yaxshi bilmog’i lozim. 5.O’qituvchining umumiy madaniyati yuqori bo’lishi bilan birga bu kasb adabiyot va san’at sohasidagi bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi. 6.O’qituvchi pedagoglik odobiga rioya qilishi kerak. Pedagoglik odobi o’qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo’lib, u o’qituvchining bolalar bilan ishlashi jarayonida uning tajribasi mahorati oshadi. 7. O’qituvchi pedagoglik mahoratiga va har tomonlama bilimga ega bo’lishi kerak, chunki unga o’quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin. Va nihoyat o’qituvchida o’qituvchiga xos bo’lgan qobiliyatlar mujassam etgan bo’lishi lozim. Jumladan, keyingi fikrlarimiz o’qituvchilik qobiliyati ustidadir. Shu o’rinda, avvalo, qobiliyat nima ekanligini bilishimiz maqsadga muvofiqdir. Qobiliyatlar bilim, ko’nikma va malakalarni egallashda namoyon bo’lsa ham bilimlar va ko’nikmalarni egallash bilan bog’lanib qolmaydi. Qobiliyatlar – bu imkoniyat u yoki bu ishda mahoratning zarur darajasi esa voqyeilikdir. Qobiliyatlar faqat faoliyatda shunda ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin. Bo’lmagan faoliyatdagina namoyon bo’ladi. Kommunikativ qobiliyat ham ana shunday qobiliyatlar jumlasidandir. Kommunikasiya tushunchasi ijtimoiy ma’noga ega bo’lgan insonlarning fikr yoki ongida paydo bo’lgan tushunchalarni boshqa insonlarga yetkazib berishdir. Boshqacha qilib aytganda yuzaga kelgan axborotni yetkazib berish hisoblanadi. Bu yerda axborotni o’zga kishiga yo’llayotgan shaxs kommunikator, axborotlarni qabul qilayotgan kishi resiriyent deb ataladi. O’qituvchining bolalar bilan muomilasi muvaffaqiyatli bo’lishi ko’p jihatdan unda pedagogik qobiliyatni mavjudligidadir. Psixologiyada qobiliyatlar deganda, insonning muayyan psixologik xususiyatlarini tushunish qabul qilingan. Bu xususiyatlar o’sha o’qituvchi vazifasidagi bolalarni o’qitish va bolalarga ta’lim berishda yuksak natijalarni qo’lga kiritishning sharti hisoblanadi. Ma’lumki shaxsning u yoki bu qobiliyatlarini hosil qiluvchi xislatlar va xususiyatlar orasida bir xillari yetakchi rol o’ynaydi, boshqalari esa yordamchi vazifasida bo’ladi. Birinchi navbatda pereseptiv, ya’ni idrok qilishga hamisha taaluqli bo’lgan xususiyatlar (ulardan eng muhim kuzatuvchanlikdir) yetakchi rol o’ynaydi. Shu o’rinda o’qituvchining kommunikativ qobiliyati eng oldingi o’rindagi ta’sir qilish vositasi ham hisoblanadi. Kommunikativ qobiliyat faqat birgina o’qituvchi yoki birgina tegishli hodisa emas balki, bu hammada yuzaga keladigan jarayondir. Kommunikasiya jarayoni hammada yuzaga keladi-yu, ammo uning sifat darajasi har xil bo’ladi, ya’ni odamlardagi hayotiy tajriba, bilim, malaka ko’nikmalari qobiliyatlarni bir-biridan farqlab turadi Download 44.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling