Yorqinoy Burxonova G‘azal sharhi


G'azalning birinchi bayti matla' yoki mabda' deb yuritiladi (matla'-quyosh chiqishi)


Download 278.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/29
Sana31.01.2024
Hajmi278.57 Kb.
#1819895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
G‘azal tahlili

G'azalning birinchi bayti matla' yoki mabda' deb yuritiladi (matla'-quyosh chiqishi). 
Oxirgi bayti esa maqta' deyiladi (maqta'-quyosh botishi). 
Maqta'da odatda ijodkorning taxallusi bo'ladi. 
G'azal devonga birinchi kiritiladi. 
Turkiy tilda g'azalning ilk namunasini "Qissasi Rabg'uziyda" Burhoniddin Rabg'uziy 
yozib qoldirgan. 
(Fors-tojik she'riyatida birinchi g'azalni Abu Abdulloh Rudakiy (Odam ush-shuaro) yozib 
qoldirgan). 
Turkiy tilda eng ko'p Alisher Navoiy g'azal yozgan. 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1


Uning "Xazoyin ul-ma'oniy" ("Ma'nolar xazinasi", devoning 2-nomi "Chor devon") 
nomli devonning ichki to'rt devonining har birida 650 tadan 2600 ta g'azal kiritilgan. 
"Devoni foniy"ga kiritilgan fors-tojik tilidagi g'azallari soni esa 600 ta. 
G'azal kompozitsiyasiga - tuzilishiga ko'ra 4ga bo'linadi: 
1.Musalsal g'azal 
2.Yakpora g'azal 
3.Voqeaband g'azal 
4.Mustaqil baytlardan tuzilgan g'azal 
Bundan tashqari Muvashshax g'azallar ham bo'ladi. Bunda har bir baytning birinchi 
misralaridagi birinchi harflar olib yozib chiqilsa, kishi ismi kelib chiqadi. Muvashshah – 
ma’naviy san’atlardan biri,ayni vaqtda she’riy janr.Bunda she’r asosan g’azal shaklida 
yozilib, she’r misralari boshidagi harflar yig’indisidan bironta kishi ismi yoki narsa nomi 
kelib chiqadi 
gazalning qofiyalanish tartibi: a-a, b-a, d-a, e-a, f-a,g-a,h-a 
O’zbek adabiyotida g’azallarni qofiyalanish tartibiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi: 
1.Oddiy g’azal – g’azalning bu turi juda keng tarqalgan.Qofiyalanishi a-a, b-a,v-a 
2.G’azali husni matla’ – bunda g’azalning birinchi baytidan tashqari ikkinchi bayti ham 
qofiyalangan bo’ladi.Sxemasi: a-a, a-a , b-a, v-a,g-a… 

Download 278.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling