Yorqinoy Burxonova G‘azal sharhi


Download 278.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/29
Sana31.01.2024
Hajmi278.57 Kb.
#1819895
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
G‘azal tahlili

 
 
 
 
 
 
 
 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1


 
19-g`azal. Hamid Olimjon na bo`lg`ay bir nafas men ham 
1-bayt .Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam, 
Labing yaprog‘idin tomgan ki, go‘yo qatra bol bo‘lsam. 
2-bayt. Butog‘ingga qo‘nib bulbul kabi xonish qilib tunlar, 
O‘pib g‘unchangni ochmoqliqqa tong chog‘i shamol bo‘lsam. 
3-bayt. Bo‘yingni tarqatib olamni qilsam mast-u mustag‘riq, 
O‘zimning san’atimga so‘ng o‘zim hayratda lol bo‘lsam. 
4-bayt. Sening birla qolib bu mast-u lol olamda men yolg‘iz, 
O‘zimni ham topolmay, mayliga, oxir xayol bo‘lsam. 
5-bayt. Agar bog‘ingda gul bo‘lmoq mening-chun noravo bo‘lsa, 
Ki ming bor roziman qasringga, hattokim duvol bo‘lsam. 
6-bayt. Boshim hech chiqmasa, mayli, malomat birla bo‘htondin, 
Raqiblar rashkiga ko‘krak keray, mayli, qamol bo‘lsam. 
7-bayt. Kezib sahro-yu vodiylar yetishsam bir visolingga
Fido jonimni qildim yo‘lingga, mayli, uvol bo‘lsam. 
35-savol. Ushbu g‘azal haqidagi toʻg‘ri ma‘lumotni belgilang. 
Diqqat! Javob variantlarida bir nechta toʻg‘ri javob boʻlishi mumkin. 
A. Bu ishqiy g‘azal yor madhiga bag‘ishlangan bo‘lib, oshiq o‘z ma’shuqasiga yetishmoqni, uning e’tibori va 
e’tirofiga erishmoqni istaydi. 
B.Shoir maqta`da taxallusini qo`llamagan
C. She`rda talmih san`ati qo’llangan 
D.G’azalda radif qo’llanmagan
36-40-savollar. Quyidagi baytlar va mos keladigan izohlarni moslashtiring. 
Diqqat! Javob variantlarida ortiqcha ma’lumotlar mavjud. 
36-savol. 2-bayt 
37-savol. 3-bayt 
38-savol. 5-bayt 
39-savol. 6-bayt 
40-savol. 7-bayt 
A. Bu baytda shoir yorning xushbo`y iforini tarqatib olamni mast qilib, yana o`zimning 
bu ishimda hayratda qolsam deydi 
B. Oshiq yorning bog`ida ul bo`la olmasa , qasriga devor bo`lishga ham rozi 
C. Sahro va vodiylarni kezib bo`lsa ham visolingga yetishsam bo`ldi, bu yo`lda nobud 
bo`lsam ham deydi 
D. Raqiblarni rashk qilib qamal bo`lishga ham, boshi malomat va bo`htondan chiqmasa 
ham rozi bu baytda oshiq 
E. Bu baytda bir-biriga mos so`zlar orqali tanosub san`ati hosil qilingan 
F.Oshiq ma`shuqasi olamda yolgiz qolib uning visolidan mast bo`lishni xohlaydi 
G. Maqta`da taxallus qo`llangan
@Ona_tili_va_adabiyot_N1


@Ona_tili_va_adabiyot_N1


@Ona_tili_va_adabiyot_N1


@Ona_tili_va_adabiyot_N1


 
 
 
 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1

Download 278.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling