Африка: шаклланиш тарихи, релъефи ва фойдали қазилмалари


Download 48.5 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1431934
Bog'liq
902933f3bdaf5abc7ca8066c4f62ff70 Afrika shakllanish tarixi, relyefi va foydali qazilmalari


Afrika shakllanish tarixi, relyefi va foydali qazilmalari

Reja:



1. Geografik o`rni.
2. Shakllanish tarixi.
3. Relyefi.
4. Foydali qazilmalari.

Shimoliy chekka nuqtasi –Elp-Aboyad burni -37020` sh.k. Janubiy chekka nuqtasi –Igna burni -34052` j.k. Sharqiy chekka nuqtasi –Ras Xafun burni -51029` shq.u. G`arbiy chekka nuqtasi –Alpmadi burni -17032` g`.u.


Afrika juda kata tekisliklar va yassi tog`liklar materigidir. Turli tektonik-litologik sharoitda relyefning rivojlanishi uni quyidagi morfologik struktura oblastlari ajratishga imkon beradi: I–Atlas tog`lari; II–Platformali Afrika oblastlari gruppasi: II.1- Sahroi Kabir-Sudan tekisliklari va platolari; II.2- Shimoliy Gvineya qirlari; II.3- Kongo botig`i; II.4- Kalaxari botig`i; II.5- Madagaskar oroli; II.6- Kap tog`lari; III - Sharqiy Afrika oblastlari: III.1- Xabashiston tog`ligi; III.2- Sharqiy Afrika yassi tog`ligi.
Afrika materigining maydoni 30 mln. km.kv. Dengiz sathidan o`rtacha balandligi 750 metr. Eng baland nuqtasi Kilimanjaro vulqoni – 5895 metr. Eng past botiq Assalp ko`li - 153 m. Shimoliy chekka nuqtasi –Elp-Aboyad burni -37020` sh.k. Janubiy chekka nuqtasi –Igna burni -34052` j.k. Sharqiy chekka nuqtasi –Ras Xafun burni -51029` shq.u. G`arbiy chekka nuqtasi –Alpmadi burni -17032` g`.u.
Afrikaning geologik tuzilishi monolit bo`lib, murakkab emas. Butun materik deyarli to kembriy davri yaratmasidan iborat. Materikning asosiy qismi platformadan iborat.
Afrika platformasi sinekliza va antiklizalar bilan murakkablashgan. Karru, Kalaxari, Kongo, Chad, Aravan-Taudeni va Liviya-Misr sineklizalari eng yirik sineklizalardir. Karrudan boshqa sineklizalar cho`kmalarda joylashgan. Cho`kmalar anteklizalar bilan ajratilib turadi. Afrika relyefining asosiy formalari ham aynan shu elementlardan kelib chiqadi. Materikning sharqiy chekkasidan Sharqiy Afrika razlomlari o`tadi.
Afrikaning 2/3 qismi quruqlik va dengiz cho`kindi yotqiziqlari bilan qoplangan. Bu yotqiziqlar Sa`hroi Kabir va Sudanda ko`p tarqalgan. Shuning uchun Afrika platformasining Sa`hroi Kabir-Sudan hududlarini Sa`hroi Kabir-Arabiston plitasi deb yuritish mumkin. Platformaning Ekvatorial va Janubiy Afrikadan boshqa katta hududi Janubiy Afrika qalqonidan iborat.
Eng qadimgi burmalar Janubiy Afrika qalqonini biriktirgandan so`ng uzoq vaqt ko`tarilib turgan va keyinchalik peneplenlashib bukilmalarda 10 km qalinlikda kontinental yotqiziqlar to`plangan. Bu yotqiziqlar qo`shilib Kap, Karu, Kalaxari sistemalarini vujudga keltirgan.
Permp davrida Afrika platformasining sharqiy chekkasi uzunasiga yorilgan va Madagaskar ajralib chiqqan. Mezozoyda transgressiya ro`y berib materikning sharqiy va janubiy qismlari Somali yarim oroli, Habashiston tog`ligi, Kap tog`lari suv ostida qolgan.
Yurada va Bo`r davrida materikning katta joylari yorilgan va cho`kkan, Atlantikaning botiqlari yuzaga kela boshlagan.
Paleozoyning oxiriga kelib Sa`hroi Kabir-Arabiston plitasi ancha xarakatda bo`lgan, natijada mezozoyda bir necha marta suv ostida qolgan.
Gersin burmalanishi kuchli ro`y bergan va dunyodagi eng yirik sineklizalardan biri Aravan-Taudeni shakllangan, Ragibat qalqoni va Axaggar tog`ligi ham ko`tarilib qolgan.
Paleozoyning oxiri Bo`r davridan boshlab Saxroi Kabir-Arabiston plitasi yemirila boshlagan.
Bo`r davrida platforma yana shimol va janub tomondan dengiz ostida qola boshlagan. Bu davrdagi yotqiziqlar asosan o`aktosh, qumtosh va gillardan iborat bo`lgan dislokatsiyalarni hosil qiladi.
Paleogen va neogenda dengiz chekingan. Neogen oxirida platformaga Atlas tog`lari qo`shilgan, butun materikda tektonik harakatlar avj olgan, hozirga sinekliza va anteklizalar vujudga kelgan, vulqonlar otilgan.
Pleystotsen oxirida materikda tabiiy zonallik shakllangan va hozirgi iqlim qaror topgan, iqlimning o`zgarishi relyefni shakllanishiga, suv sha`obchalarini rivojlanishiga, tuproq va o`simlik zonalarini joylashuviga taosir ko`rsatdi.
Afrika juda kata tekisliklar va yassi tog`liklar materigidir. Turli tektonik-litologik sharoitda relyefning rivojlanishi uni quyidagi morfologik struktura oblastlari ajratishga imkon beradi:
I – Atlas tog`lari;
II – Platformali Afrika oblastlari gruppasi:
II.1- Sa`hroi Kabir-Sudan tekisliklari va platolari;
II.2- Shimoliy Gvineya qirlari;
II.3- Kongo botig`i;
II.4- Kalaxari botig`i;
II.5- Madagaskar oroli;
II.6- Kap tog`lari;
III - Sharqiy Afrika oblastlari:
III.1- Xabashiston tog`ligi;
III.2- Sharqiy Afrika yassi tog`ligi.

I – Atlas tog`lari. Eng baland joyi marokashdagi Yuqori Atlas bo`lib, Jabal-tubkal tog`ining balandligi 4565 m.


II – Platformali Afrika oblastlari gruppasi. Bu gruppaga Afrika platformasining sharqidagi Habashiston tog`ligi, Somali yarim oroli va Sharqiy Afrika yassi tog`ligidan tashqari deyarli butun Afrika platformasi kiradi.
II.1- Sa`hroi Kabir-Sudan tekisliklari va platolari. Bu oblastp platformaning shimolini egallovchi struktura va relyefi ji`atidan eng katta va murakkab oblastp. Markazida Axaggar va Tibesti tog`liklarida so`ngan vulqonlar (Emmi-Kusi 3415 m), Liviya sa`rosining shimolida dengiz sathidan -133 m past bo`lgan Kattara cho`kmasi bor. Sa`hroi Kabirda nurash jarayoni natijasi mayda toshli cho`llar – hamadalar, shag`alli cho`llar – reglar, gilli cho`llar – serirlar paydo bo`lgan. Qator qum tepaliklari ko`p to`plangan cho`llar – erglar qumli cho`llarning maxsus tipii hisoblanadi.
II.2- Shimoliy Gvineya qirlari. Bu yerning eng baland joyi Loma tog`i bo`lib, 1946 m ga teng.
II.3- Kongo botig`i. Asrsan platformaning bukilmasidan iborat. Bu yerda Azande va Luanda Katanga platolari, Janubiy Gvineya qirlari bor.
II.4- Kalaxari botig`i. Janubi-sharqida Drakon tog`lari bor, eng baland joyi Katkin-Pik tog`i-3657 m.
II.5- Madagaskar oroli – Mozambik bo`bozi bilan materikdan ajralib turuvchi orol.
II.6- Kap tog`lari. Eng baland joyi Kichik Zvartberg tizmasida–2324 m.
III - Sharqiy Afrika oblastlari:
III.1- Habashiston tog`ligi. Eng baland joyi Ras Dashan tog`i - 4620 m.
III.2- Sharqiy Afrika yassi tog`ligi. Kilimanjaro, Keniya va boshqa vulqon tepaliklari bor. Eng baland joyi Kilimanjaro vulqoni – 5895 m.
Foydali qazilmalari qazilmalari juda boy va zaxirasi bo`yicha kata miqdorni tashkil etadi. Ulardan neftp, toshko`mir, qora va rangli metall rudalari: temir, marganets, mis, rux, qalay, xromit rudalari, nodir metall rudalari, uran rudalari, boksit, metallmaslardan fosforit, grafit olmos konlarining ahamiyati katta.

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. Yermakov Y.G. i dr. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vesshaya shkola, 1988.

  2. Ryabchikov A.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vesshaya shkola, 1988.

  3. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: Izdatelpstvo Moskovskogo Universiteta, 1988.

  4. Ryabchikov A.M. Dunyo qitoalari tabiiy geografiyasi, Toshkent, 1968.

  5. Vlasova T.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. Tom I-II, M: Prosveo‘yeniye, 1976.

  6. Vlasova T.M. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi. I-II tom.Toshkent, 1985.

  7. Leontpev O.K. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: 1982.

Ensiklopeditseskiy slovarp geograficheskix terminov. M.1968.

  1. http://ziyonet.uz

Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling