Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi, agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi, agar


Download 39.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.06.2023
Hajmi39.57 Kb.
#1651756
  1   2
Bog'liq
OT VA SIFAT 30 TALIK....



Agar temir ishlatilmasa , zanglaydi, agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi, agar 
kishi fikrlamasa, aqlida ham shunday holat yuz beradi. 
 
1.Berilgan gapda munosabat shakllari ta'sirida fonetik 
o'zgarish asosida yozilgan nechta so'z ot so’z turkumiga 
mansub? O'rnimdan turib uy eshigini ochsam, o'g'lim 
bilan o'rtog'i sovuqdan qulog'i, burni qizarib kirib keldi. 
A) 6 ta B) 5 ta C) 7 ta D) 4 ta 
2. Qaysi gap imlosida fonetik o'zgarishlar faqat ot va 
sifat mansub so'zlar tarkibida yuz bergan? 
A) Bolaning ko'ngli cho'kmasin deb yumshoq o'rindiqqa 
o'tqazdi. 
B) Qushlar sovuq kunlar boshlanishi bilan issiq 
o'lkalarga uchib ketarkan. 
C) Oltin makre balig'ining go'zalligi uning ola-chipor, 
ko'kimtir suzgichlaridan tortib kemirchak tarog'ining 
ham oltin singari tovlanib turishidir. 
D) Yoshligidan tabiiy fanlarga shunday mehr qo'ydiki, 
bu fanlarning sirli olami uning butun borlig'ini chulg'ab 
oldi. 
3. Unim(1) yo'q, bunim yo'q, 
Uyimda unim(2) yo'q. 
Ishimda unum(3) yo'q, 
Aytishga unim(4) yo'q. Ushbu parchada raqamlar bilan 
ko'rsatilgan so'zlardan qaysilari fonetik o’zgarishga 
uchragan ot so’z turkumi hisoblanadi? 
A)faqat 3 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 2,3,4 
4. Qaysi javobda faqat unli hamda jaraanglilardan iborat 
ot so’z turkumiga mansub so’zlar miqdori ko’p? 
A) Shunisi quvonarliki, dunyoda o'z ezgu qadriyatlari 
bilan mashhur bo'lgan xalqlar ichida biz vatan deb 
e'zozlayotgan shu qadim yurtning, ajdodlarimizning 
ham o'z o'rni bor. 
B) O'zligini anglashga bel bog'lagan har bir xalq va 
millat buyuk ajdodlari xizmatlarini e'zozlashni o'rniga 
qo'yish boshqalaga ham uni e'tirof ettiradi. 
C) O'zimizniki emas bu umr, To'la menikimas, sezib 
turibman, Bir vaqtlar meni deb halok bo'lgan kimdir, 
Men uning uchun ham yashab yuribman. 
D) Nadir millat qudratining tamadduni? Amir temur 
haykalidan so'rang buni, Ot mindirib kim qaytardi 
yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. 
5. Yasama fe'ldan yasalgan ot berilgan gapni belgilang. 
A) Qozonga solingan qaynatma sho'rvaning shirin hidi 
dimog'larni qitiqlab, ishtahani ochib yubordi. 
B) Bu tortiqlarning unga berilishi A'zamni behad 
xursand qildi, akasiga minnatdorlik bildirish uchun 
uning xonasiga kirdi. 
C) Bunday birikmalar tarkibida zararli moddalar ko'p 
bo'ladi va inson salomatligi uchun xavfli sanaladi. 
D) Katta qutiga solib olib kelingan narsa sovutkich 
ekan, birpasda uni ochib oshxona to'riga joylashdi. 
6. Qaysi gapda fonetik o'zgarish asosida yozilgan sodda 
yasama fe'l ot so'z turkumidan hosil qilingan? 
A) U do'stlikning bu darajada astoydil harakat qilishidan 
juda quvondi. 
B) Saroy ahli hovli o'rtasiga o'rnatilgan so'rida 
choyxo'rlik qilishardi. 
C) Shundoq chiroyli qiz ham bunaqa yig'loqi bo'ladimi? 
D) Yolg'iz sen emassan, otam, vujuddagi o'qdan 
qiynalib tolgan. 
7. Qaysi gapda qatnashgan ot va sifat so’z turkumi 
doirasidagi o’zaro shakldosh qo’shimchalar berilgan? 
1. Kechki taom payti tog’ ko’chki bo’lganligi haqida 
xabar berildi.
2. Bu yigitcha o’zini oqlashga tirnoqcha nasos 
topolmadi.
3. Qat – qatgina qatlama, aqling bo’lsa, tashlama. 
4. Qadrdon kundaligim, senga hech bir so’z 
yozmaganimga ancha bo’ldi, mana, bugun qalamdon 
ichidagi qalamimga yana qo’l uzatdim. 
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 4 
8. Berilgan qaysi so'zlar qatorida ikkinchi ko'makchi 
morfema sifat so'z turkumini hosil qilishga xizmat 
qilgan? 
A) insonparvarlik, qiynoq, ko'nikma
B) mehmondorchilik, maqtanchoq, issiqlik 
C) yog'ingarchilik, yig'loqi, qo'rqinchli
D) o'ynoqi, bilimdonlik, tortinchoqlik 
9. Yasalish asosi ham, yasovchi vositasi ham omonimlik 
xususiyatiga ega bo'lgan omonim so'zni aniqlang. 
A) kechik B) bo'gma C) qaytim D) quymoq 
10. Berilgan she'riy parchada nechta yasama so'z 
qo'llangan? 
Qon yig'latdi qaysi bag'ritosh, 
Jayron, nega ko'zing to'la yosh? 
Oyog'inga qo'yib yotay bosh, 
Jayron, nega ko'zing to'la yosh? 
5 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta 
11. So'z asosi imlosi fonetik hodisani keltirib chiqarishi 
mumkin bo'lgan ot yasovchi qo'shimchalarni aniqlang. 
1) -q 2) -qi; 3) -a; 4) -uq; 5) -chi 
A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1,3,4 
12. Quyidagi qaysi fe'llarning yetakchi morfemasi ot 
so'z turkumiga oid so'z 
bilan omonim bo'la oladi? 
1) inmoq; 2) yashirinmoq; 3) chaqmoq; 4) saqlamoq; 5) 
qopmoq 
A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 5 
13. Qaysi javobda yasalish asosi fe`l bo`lgan faoliyat-
jarayon otlari berilgan? 
A)ezmalik, terimchilik B)suvoqchilik, bosqinchilik 
C)saylov, chopiq D)Haydov, ekin
14. Qaysi gapda yasalish asosi yasama ot bo`lgan sifat 
qatnashgan? 
A)Garchi bu ishga o`ta sezgirlik bilan yondashgan 
bo`lsa ham, natijasida biroz cho`chib turardi 
B)Bo`ron tinimsiz guvullab turganida yonginadagi 
arava tagidan o`tib ketdi. 
C)Eshkakchilar ham ajablanib , bola ko`rsatgan 
tomonga qarashdi 
D)U qisiq ko`zlari bilan dengiz ufqiga boqar ekan
shodligini aytolmadi 



Download 39.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling