8 variant guruh 95 2 mmt 1Pulning to‘lov vositasi funktsiyasi Pulning to`lov vositasi funksiyasi. Mavjud chet el iqtisodiy adabiyotlarida va keyinchalik,1 Rossiya olimlari tomonidan chop qilingan adabiyotlarda, pulning muomala vositasi funksiyasi uning to`lov vositasi ekanligidan dalolat beradi, degan kabi chalkash xulosalarni uchratish mumkin. Lekin biz yuqorida keltirilgan muomala vositasi funksiyasining xususiyatlari to`lov vositasi funksiyasiga ham mos keladi, deb ayta olmaymiz. Bu xususiyatlar pulning to`lov vositasi funksiyasi muomala vositasi funksiyasidan tubdan farq qilishini ko`rsatadi. 1Pulning to‘lov vositasi funktsiyasi - Pulning to`lov vositasi sifatida ishlatilishi nafaqat tovar kreditga sotilganda sodir bo`ladi, balki barcha jarayonlarda tovarlar yoki ko`rsatilgan xizmatlar uchun to`lovlar o`sha zahotiyoq naqd pulda amalga oshirilmasa, bunday iqtisodiy munosabatlar pulning to`lov vositasi funksiyasi yuzaga kelishidan dalolat beradi.
- To`lov vositasida sotuvchi tovarning pulini olguncha tovar iste`molchi ixtiyoriga kelib tushadi va u o`z ehtiyojini qondirish uchun tovardan to`la foydalanishi mumkin.
1Pulning to‘lov vositasi funktsiyasi - Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni sotish uchun muomalaga olib chiqqan vaqtda tovarni sotib olish uchun iste`molchining etarli naqd puli bo`lmasligi mumkin. Natijada tovarni kreditga sotishga zarurat tug’iladi, ya`ni tovarning pulini to`lash muddati kechiktiriladi. Tovar kreditga sotilganda, pul tovarning bahosini aniqlashda qiymat o`lchovi funksiyasini bajaradi, lekin u muomala vositasi bo`la olmaydi. Iste`molchi sotib olgan tovari uchun uning pulini to`lov muddati kelgandan keyingina to`laydi. Bu holda tovar va pulning harakati bir traektoriyada, bir vaqtning o`zida, birbiriga qaramaqarshi tura olmaydi.
2. To‘lovlar ketma-ketligi TO’LOVLARNING NAVBATLILIGI – bir necha muddatli va muddati o’tib ketgan to’lovlar mavjud bo’lganda va ularni to’liq to’lash (qaytarish, uzish) uchun mablag’lar yetarli bo’lmagan holda to’lovchining hisob varag’idan pul mablag’larini o’tkazish (olish, undirish) ketma-ketligi.To‘lov balansining holati bevosita milliy valyutaning nominal almashuv kursiga, ishlab chiqarishga, iste’molga, aholi bandligi va - inflyatsiya darajasiga ta’sir ko‘rsatadi.
2. To‘lovlar ketma-ketligi To‘lovlar ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda pullik to‘lovlarni amalga oshirishning 2 xil ketma-ketligi mavjud: 1. Kalendar ketma-ketlik. 2. Maqsadli ketma-ketlik. 1-da qaysi qarzdorlik oldin paydo bo‘lgan bo‘lsa o‘sha to‘lanadi. Bu ketma-ketlik taraqqiy etgan mamlakatlarda qo‘llaniladi. Devalvatsiya va uning oqibatlari - Devalvatsiya (de va lot. Valeo — qiymat) — milliy pul birligi kursining chet el valyutalari (erkin almashtiriladigan valyutalar, xalqaro hisob birliklari)ga nisbatan pasaytirilishi. D. Davlat tomonidan rasmiy ravishda eʼlon qilinadi va qonunchilik asosida amalga oshiriladi. D. Mamlakat savdo va toʻlov balansining keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi, xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyuta kursining pasayishi bilan bogʻliq holda yuz beradi. Uning ochiq D. (D. Hukumat tomonidan qonun yoʻli bilan rasman eʼtirof qilinadi, eski qogʻoz pulning bir qismi muomaladan chiqariladi yoki kadrsizlangan pul almashtiriladi) va yashirin D. (qogʻoz pulning qadrsizlanishi, oltin taʼminotining kamayishi yuz beradi, lekin pulning bir qismi muomaladan olinmaydi) koʻrinishlari bor.
Devalvatsiya va uning oqibatlari - 1978-yilgacha jahon mamlakatlari valyutalarining rasmiy qiymati ularning oltin taʼminotini taqqoslash orqali aniqlanar edi. 20-asrning 70-y.lari oxiridan (xalqaro kelishuvga muvofiq) barcha qadri baland valyutalardagi oltin nisbatlari bekor qilindi va D. U yoki bu chet el valyutasi (odatda, AQSH dollari, Germaniya markasi, ingliz funt sterlingi va b.)ga nisbatan pasaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladigan boʻldi. Masalan, 1990-yil 1 noyabr dan sobiq Ittifoqda amalda boʻlgan rubl AQSH dollariga nisbatan 1,8=1 dollar nisbatida D. qilindi
Devalvatsiya va uning oqibatlari - Devalvatsiya jarayonining mohiyati va uning oqibatlari dunyo davlatlarining etakchi moliyachilari va iqtisodchilari tomonidan doimiy ravishda o’rganilib va tahlil qilinmoqda. Shu bilan birga, aksariyat oddiy fuqarolar ushbu hodisani moliyaviy inqirozning namoyon bo’lishi deb hisoblashadi. Ammo bu noto’g’ri tushunchadir. Devalvatsiya milliy valyuta qiymatining pasayishiga olib kelishiga qaramay, ko’plab mamlakatlarning markaziy banklari uni pul oqimlarini boshqarish vositasi sifatida ishlatishmoqda.
Devalvatsiya va uning oqibatlari Devalvatsiya tarkibi - «Devalvatsiya» tushunchasi birinchi bo’lib Evropa mamlakatlarida oltin standarti davrida paydo bo’lgan, har bir qog’oz banknotada uning ostida oltinning sobit nomi bor edi. Birinchi va Ikkinchi Jahon urushi davrida armiyalarni ishlab chiqarish va qurollantirish uchun zarur bo’lgan mamlakatlar muomalasidan pullarning asta-sekin chiqib ketishi kuzatildi. Etakchi banklar ko’plab yangi banknotalarni muomalaga chiqarishdi, ammo ularning oltin zaxiralari endi tasdiqlanmadi va bu devalvatsiyaning birinchi to’lqini paydo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |