Agename=Namangan¶ms=40 8 n 71 34 e scale: 100000 region: uz type: city


Download 122.87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.09.2023
Hajmi122.87 Kb.
#1672454
Bog'liq
Namangan - Vikipediya



Namangan
Namangan — Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi
Aholi soni boʻyicha Fargʻonadan oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik shaharlaridan biri. Fargʻona
vodiysining har jihatdan peshqadam viloyati. Vodiyning shim.da, Shim. Fargʻona kanali bilan
Namangansoy kesishgan yerda, 450 m balandlikda joylashgan. Maydoni 83,3 km². Iyulning
oʻrtacha temperaturasi 26,3°, yanv.niki —2,3°. Aholisi 395,8 ming kishi (2003).
[1]


Namangan
shahar
40°58′0″N 71°34′0″E / 40.96667°N 71.56667°E (https://tools.wmflabs.org/geohack/geohack.php?p
agename=Namangan¶ms=40_58_0_N_71_34_0_E_scale:100000_region:UZ_type:city)
Mamlakat
Oʻzbekiston
Viloyat
Namangan viloyati
Hukumat
Asos solingan
1610
Ilk eslatilishi
XV
Maydon
91 km
2
Markazi balandligi
476 m
Rasmiy til(lar)i
oʻzbek
Aholisi (2017)
597,4 ming
Konfessiyaviy tarkib
Musulmonlar

Xristianlar
v.h
Vaqt mintaqasi
UTC+5
Telefon kodi
+998 69
Pochta indeks(lar)i
130100 — 130117
Avtomobil kodi
16 (eskisi 1998—2008), 
50 - 59 (yangisi 2008)


Fargʻona vodiysining qad. poytaxti Axsikat (Axsikent) 1620 yildagi qattiq zilzila natijasida
vayron boʻlganligi sababli, uning aholisi hozirgi Namangan shahri hududiga koʻchib oʻtgan.
Namangan tuz koni ("Namak kon") yaqinida vujudga kelgan boʻlib, shahar nomi oʻrta asrlarga oid
tarixiy qujjatlarda birinchi marta tilga olinadi. Zahiriddin Bobur oʻzining "Boburnoma" (16-asr)
asarida Namangan qishlogʻi haqida gapirib oʻtgan. V. P. Nalivkinning ("Qoʻqon xonligining qisqacha
tarixi", Qozon, 1886) yozishicha, Namangan 1643 yilga mansub vaqf hujjatlarida uchraydi. 18-
asrda Namangan Qoʻqon xonligiga tobe boʻlgan. Biroq viloyatni boshqaruvchi bek qarorgohi
sifatida oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. U faqat shahar aholisigina emas, balki atrofdagi tumanlar
aholisiga ham xizmat qiluvchi hunarman-dchilik markazi boʻlgan. Dehqonlar Namangan
bozorlarida ip va gazlamalar, mis idishlar, zargarlik buyumlari va mehnat qurollarini sotib olishgan.
Shaharda meʼmorlik sezilarli darajada taraqqiy etgan.
Xoʻja Amin maqbarasi (17-asr), Mulla Qirgʻiz madrasasi (1911-12) va Ota Valixon toʻra masjidi
(20-asr) kabi meʼmoriy yodgorliklari hozir ham mavjud. 1817—22 yillarda Namangan aholisi kuchi
bilan katta Yangiariq kanali qazilib, suv taʼminoti yaxshilandi. 1842—45 yillarda shahar baland
devor bilan oʻrab olingan. 1813—14 yillarda Namanganga kelgan rus ofitseri F. Nazarov bu yerda
shahar hokimining devor bilan oʻralgan saroyida ancha katta garnizon borligini aniqlagan. Qoʻqon
xonligi hukmronligining soʻnggi kunlarigacha Namangan bek qarorgohi boʻlib keldi. Turkiston
general-gubernatorligi tarkibida Fargʻona maʼmuriy viloyati tuzilgach, Namangan uning uyezd
shaharlaridan biriga aylandi. 1894—95 yillarda uyezd muassasalari uchun davlat binolari quridsi.
20-asrning boshlarida Namangan Oʻrta Osiyoning "eski" va "yangi" qismlardan iborat tipik
shahriga aylandi. 1912 yilda shaharga Qoʻqon tomonidan temir yoʻl oʻtkazildi. 1914 yil zavodlar
soni 17 taga yetdi. Bundan tashqari, 2 yogʻ zavodi ham qurildi. Shahardagi har ming kishidan 22
tasi sanoat ishchisi boʻlgan. 1916 yilda Namanganda Nikolay II ning mardikorlikka olishi haqidagi
farmoniga qarshi mehnatkashlarning chiqishi boʻldi (qarang 
Mardikorlik
). Bolsheviklarning
bosqinchilik urushi davrida Namangandagi korxonalarning kariyb 80%ida ish toʻxtab qoddi.
Urushdan keyin sanoat korxonalari tiklanib, rivojlana boshladi. Motor taʼmirlash, sut-yogʻ,
konserva, gʻisht, paxta tozalash zavodlari, non kombinati, elektr stansiyasi va bir qancha mayda
mahalliy sanoat korxonalari ishga tushirildi. Viloyatda paxtachilik, pillachilik va qishloq
xoʻjaligining boshqa tarmoqlari rivojlanishi shaharda keng isteʼmol buyumlari va oziq-ov-qat
mahsulotlari sanoatining rivojlanishiga sabab boʻldi. Shu davrda shaharda 3 elektr stansiya, vino
va pivo zavodlari, yigiruv-toʻquv fabrikasi, taʼmirlash-mexanika ustaxonasi qurildi. Sanoatning
yalpi mahsuloti yildan-yilga ortib bordi. Ikkinchi jahon urushi yillarida shaharda poyabzal fabrikasi,
tikuvchilik korxonasi, goʻsht kombinati, mahalliy va kooperativ sanoat korxonalari ishga tushirildi.
Urushdan keyin yengil, oziq-ovqat, ogʻir, kimyo, metallsozlik, elektrotexnika va kurilish sanoatlari
rivojlandi. Shaharni elektr energiya bilan toʻla taʼminlash maqsadida 1946 yil Namangansoyda 2-
Namangan


GES kurildi. 1949 yilda markaziy ekskavator stansiyasi tashkil etilib, bu yerda turli xil ekskavator,
skreper, buldozer kabi qishloq xoʻjaligi mashinalari taʼmirlandi. Oʻrta Osiyoda yagona
elektrotexnika zavodi (sanoatda va roʻzgʻorda ishlatiladigan) elektr isitkich asboblari ishlab
chikara boshladi.
Namangan respublikaning yengil va oziqovqat sanoatlari markazlaridan biriga aylandi. Bu yerda
Oʻzbekistonning toʻqimachilik mahsulotlarining 15%ini ishlab chiqaruvchi yirik toʻqi-machilik
korxonalari kurildi.
Shaharda 36 qoʻshma korxona mavjud. Shulardan, Oʻzbekiston—Yaponiya "Silk Road",
Oʻzbekiston—Shveysariya "Nestle", Oʻzbekiston — Turkiya "AsnamTekstil" va boshqa qoʻshma
korxonalarning hissasi salmoqlidir. "Atlas", "Notoʻqimachi", "Namangangoʻshtsutsanoat",
"Namanganekstraktyogʻ", "Namanganmebel", "Namangandonmahsulot", "Mehmash", "Karbonam",
korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Shaharda 400 dan ziyod kichik va oʻrta biznes subʼyektlari
bor. Mustaqillik yillarida shahar butu nlay oʻzgarib ketdi. Ilgarigi tor koʻchalar oʻrnida keng va
ravon yoʻllar bunyod etildi. "Boburshoh", "Doʻstlik", "Margʻilon", "Oromgoh", "Uychi" koʻchalari
tubdan qayta taʼmirlandi. Namangan azaldan oʻzining hunarmandchiligi bilan nom qozongan.
Shaharning turli burchaklarida kichik bozorchalar boʻlib, hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar oʻz
mahsulotlarini ana shu bozorchalarda sotishgan. Keyingi 10 yil ichida bu bozorlar oʻrnida
"Chorsu", "Doʻstlik", "Taxtakoʻprik", "Shohbekat", "Jahon" singari zamonaviy bozorlar qad koʻtardi.
Shahar markazida Amir Temur, Bobur xiyobonlari, "Tinchlik" maydoni, Mashrab nomidagi bogʻ
bunyod etildi. Bobur bogʻi hududida "Xotira" maydoni barpo qilindi. Boburshoh koʻchasida
akademik litseyning oʻquv binosi va yotoqxonasi, Doʻstlik koʻchasida transport-aloqa kollejining
binosi qurib foydalanishga topshirildi. Sanʼat, madaniyat, tibbiyot, sanoat kollejlarining binolari
tubdan qayta taʼmirlandi va jihozlandi. Shahar markazida tez tibbiy yordam koʻrsatish markazi,
endokrinologiya, "Ona va bola" markazlari, koʻpgina mahallalarda ambulatoriyalar ishga tushi-rildi.
Aksariyat mahallalarda guzarlar qurildi. Shaharda 21 avtotransport va 7 aloqa korxonasi, 48 yirik
kurilish korxonalari mavjud. Transport vositalari qatnaydigan koʻchalarining uz. 1010 km.
Trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Xalqaro Aeroport bor. Viloyat tumanlariga avtobuslar
qatnaydi. Shaharga "Oʻzdunrobita", "Kamalak — TV" va "DEU Yunitel" qoʻshma korxonalari xizmat
kursatmoqda. Namanganda 38 yirik savdo korxonasi va koʻpgina savdo va maishiy xizmat
koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Namangan respublikaning fan va madaniyat markazlaridan biri.
Shaharda universitet, 2 institut, 10 kollej, 2 kasb-hunar maktabi, 2 akademik litsey, iktisodiyot
litseyi, 51 umumiy taʼlim maktabi, 53 maktabgacha tarbiya muassasasi bor. 2002/2003 oʻquv
yilida universitet va institutlarda 11129, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 10630 talaba, kasb-hunar
maktablarida 498, litseylarda 1608, umumiy taʼlim maktablarida 76801 oʻquvchi taʼlim oldi.
Shaharda 2 teatr, bolalar qoʻgʻirchoq teatri, 27 jamoat kutubxonasi, 5 klub, 4 madaniyat va
istirohat bogʻi, 2 madaniyat saroyi, 6 madaniyat uyi, 5 muzey, 2 bolalar musiqa maktabi mavjud
(2003). 5 sport maktabi, bir kancha stadion va suzish havzalari, "Paxla


Soʻnggi tahrir 2 yillar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
1. "Namangan" 
OʻzME

N-harfi (http://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyas
i/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20N%20harfi.pdf)
 Birinchi jild.
Toshkent, 2000-yil
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Namangan&oldid=2060383
" dan 
olindi
Manbalar

Download 122.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling