Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati


Download 236.4 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi236.4 Kb.
#1626856
Bog'liq
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati

Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati.

Reja:

  • 1. Aholi daromadlari va uning tarkibi.
  • 2. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari
  • 3. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
  • Dunyodаgi bаrchа mаmlаkаtlаr аhоli jоn bоshigа to’g’ri kеlаdigаn o’rtаchа dаrоmаdlаr dаrаjаsi bilаn bir-biridаn kеskin fаrqlаnаdi. Bu turli mаmlаkаtlаr аhоlisining dаrоmаdlаri dаrаjаsi o’rtаsidа tеngsizlik mаvjudligini bildirаdi. SHu bilаn birgа аlоhidа оlingаn mаmlаkаtlаr аhоlisining turli qаtlаm vа guruhlаri o’rtаchа dаrоmаdlаri dаrаjаsidа hаm fаrq mаvjud bo’lаdi. Mаmlаkаtning iqtisоdiy rivоjlаnishi dаrаjаsi hаm dаrоmаdlаridаgi fаrqlаrni bаrtаrаf qilmаydi.
  • O’z-o’zidаn аniqki, iqtisоdiy o’sish dаrоmаdlаrning ko’pаyishigа оlib kеlаdi. Bundа butun аhоli dаrоmаdlаri mutlоq miqdоrdа аstа-sеkin o’sib bоrаdi. Dаrоmаdlаrning mutlоq miqdоri ko’pаyib bоrsа-dа, hаr dоim hаm dаrоmаdlаr tеngsizligi dаrаjаsigа tа’sir ko’rsаtmаsligi mumkin.
  • Dаrоmаdlаr tеngsizligi dаrаjаsini miqdоriy аniqlаsh uchun jаhоn аmаliyotidа Lоrеnts egri chizig’idаn fоydаlаnilаdi (1-chizmа). CHizmаning yotiq chizig’idа аhоli guruhlаrining fоizdаgi ulushi, tik chizig’idа esа bu guruhlаr tоmоnidаn оlinаdigаn dаrоmаdning fоizdаgi ulushi jоylаshtirilgаn. Nаzаriy jihаtdаn dаrоmаdlаrning mutlоq tеng tаqsimlаnishi imkоniyati (burchаkni tеng ikkigа bo’luvchi) 0Е chiziqdа ifоdаlаngаn bo’lib, u оilаlаrning hаr qаndаy tеgishli fоizi dаrоmаdlаrning mоs kеluvchi fоizini оlishini ko’rsаtаdi. YA’ni аhоlining 20% bаrchа dаrоmаdlаrning 20%ni, аhоlining 40% dаrоmаdlаrning 40%ni, аhоlining 60% dаrоmаdlаrning 60%ni оlishini bildirаdi vа h.k. Dеmаk, 0Е chizig’i dаrоmаdlаrning tаqsimlаnishidаgi mutlоq tеnglikni ifоdаlаydi.
  • Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari
  • Mehnatga qobiliyatli aholi o’zining kasbi va hunar bo’yicha faoliyat ko’rsatib ishlaydi. Bajargan ishga qarab unga haq to’lanadi. Berilgan pul ko’rinishidagi to’lov uning daromadi bo’ladi.
  • Aholi daromadlari ma‘lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shaklidagi tushumlar miqdorini bildiradi.
  • Iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich “daromad” nomi bilan yuritiladi. Daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumning mablag’larining, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni bildiradi. Daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlarni muhim o’rin tutadi.
  • Aholi daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklida olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi.
  • Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste‘mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi. Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalanadi.
  • Aholi nominal daromadlari - bu ish haqi, pensiya ta‘minoti, davlat sug’urtasi bo’yicha tulovlar; shaxsiy qurilishiga va matlubot jamiyati a‘zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo’yilmalar bo’yicha foizlar; aktsiya, obligatsiya bahosining ko’payishidan olinadigan daromad va zayom bo’yicha tulovlar; lotereya bo’yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo’sh mablag’lar, har xil turdagi kompensatsiya to’lovlari va h.k.
  • Aholi turmush darajasi tushunchasiga ularning hayot kechirish uchun zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne‘matlari bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga qo’yidagi guruhlarni oladi:
  • 1. Tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar.
  • 2. Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari.
  • 3. Oziq-ovqat tovarlarni iste‘mol qilish.
  • 4. Turar joy sharoitlari.
  • 5. Ma‘lumot va madaniyat.
  • 6. Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.
  • 7. Aholining daromadlari va xarajatlari.
  • 8. Hayot kechirish qiymati va iste‘mol narxlari.
  • 9. Transport vositalari.
  • 10. Dam olishni tashkil etish
  • 11. Ijtisoiy ta‘минот
  • 12. Inson erkinligi.
  • Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali turli guruhlari o’rtasidagi qayta taqsimlashdan iborat.
  • Davlat daromadlarini qayta taqsimlashdan ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor narxlarini o’zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
  • Ijtimoiy to’lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizini bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi.
  • Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni inson parvarishlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
  • Aholini daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta‘sir ko’rsatish sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste‘mol tovarlarni narxnig o’sishini hisobga olish va nominal daromadlarini narxlar o’sishiga bog’liqlikdan oshirib borish hisoblanadi.

E’tiboringiz uchun tashakkur!!!.


Download 236.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling