«Aholi statistikasi» fanini nimani o’rganadi?
«Aholi statistikasi» «Demografiya»ning bir qismi bo‘lib, aholi soni va tarkibini o‘rganadi. Aholi statistikasi o‘z obyektini ma’lum bir zamon va makonda tabiiy, migratsion, ijtimoiy va boshqa hodisalarni e’tiborga olgan holda o‘rganadi.
«Aholi statistikasi» fanining obyekti deganda nimani tushunasiz?
Har qanday fanning predmeti o‘rganiladigan obyektning tabiiy va ijtimoiy xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, uning faoliyati shu xususiyatlarni o‘rganishga qaratiladi. Demak, «Aholi statistikasi» fanining obyekti ma’lum hududda yoki yer yuzida yashayotgan kishilardir.
«Demografiya» nimani o’rganadi?
Demografiya har yili turli sabablarga ko‘ra vafot etgan aholi o‘rnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga to‘ldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga bog‘liq holda o‘rganadigan fan2.“Demografiya” atamasi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, demos –xalq va grapho –yozaman, ya’ni xalqni yozaman ma’nosini anglatadi. Demografiya fansifatida XVII asrning ikkinchi yarmidan so‘ng shakllana boshlagan. O‘zbekistonda esa ushbu fan XX asrning uchinchi qismigacha asosan aholi statistikasi sifatida rivojlanib kelgan. Ushbu paytgacha demografiyaga oid nazariyalar siyosiy iqtisodiyot faniga taalluqli bo‘lgan. Respublikada faqatgina XX asrning 60-70-yillaridan boshlab demografiya aholining takror barpo bo‘lishi, aholining joylashuvi to‘g‘risidagi fanlar ichida ilmiy bilimlar tizimi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘la boshladi.
Mutaxassislar aholi takror barpo bo‘lishini aholining qanday xarakatlari yig‘indisi sifatida tahlil etadi ?
Mutaxassislar aholi takror barpo bo‘lishini aholining uch asosiy: tabiiy, hududiy (migratsiya) va sosial harakatlari yig‘indisi sifatida tahlil etadilar.
Dastlabki demografik ma’lumotlar qaysi davrlardan boshlanadi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |