Ал-хоразмий номидаги


Download 64.98 Kb.
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi64.98 Kb.
#188716
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu. Бух хис счет ва уларда 2 ёкл ёз


BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARI VA ULARDA IKKIYOQLAMA YOZISH

1. Buxgalteriya hisobi schyotlar tizimi.

2. Schyotlarda xo`jalik muomalalarini ikkiyoqlama yozish.
Buxgalteriya hisobi schyotlar tizimi

Korxonalarda xo`jalik jarayoni ta’sirida hisobot davri ichida juda ko`p xo`jalik ishlari sodir bo`ladi. Buxgalteriya balansi, odatda, har yilda bir marta tuziladi. Uni tuzish uchun xo`jalik ishlarini guruhlashtirish zaruriyati tug`iladi. Hisobot davrining ohirida har bir guruhdagi qoldiq buxgalteriya balansining tegishli moddalariga yozib qo`yiladi. Guruhlashtirish xo`jalik ishlari ko`rsatkichlaridagi ma’lumotlarni tartibga solish uchun ham kerak bo`ladi. Bunday guruhlashtirish buxgalteriya schyotlari yordamida amalga oshiriladi, ya’ni buxgalteriya schyotida sodir bo`layotgan xo`jalik ishlari ma’lumotlarini ma’lum hususiyatlariga ko`ra va iqtisodiy mazmuniga qarab guruhlashtirish schyotlar tizimi yordamida amalga oshiriladi. Bunday iqtisodiy guruhlashtirish uchun ikkiyoqlama yozish usulidan foydalaniladi. Buxgalteriya schyotlarini qo`llash xo`jalik mablag`larining harakati va xo`jalik jarayoni ustidan joriy nazorat olib borish hamda kerak bo`lib qolgan taqdirda ularning yordamida xohlagan sanaga balans tuzish imkonini beradi.

Shunday qilib buxgalteriya hisobining schyotlar tizimi deb, xo`jalik mablag`larining tarkibi, joylanishi va ularning tashkil topish manbalari, muayyan maqsadlar uchun foydalanishini, shuningdek, xo`jalik jarayonidagi harakatlarni joriy hisobga olish va nazorat qilish maqsadida guruhlashtirib borishga aytiladi. Boshqacha aytganda, xo`jalik ob’ektlarining xo`jalik jarayonidagi harakatini tartibga solib, hisobga olish va nazorat qilish usulidir.

Buxgalteriya hisobi schyotlarida xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari harakatlarini aks ettiruvchi xo`jalik ishlari ayrim ko`rsatkichlari bo`yicha guruhlashtirilib, ulardagi hamma o`zgarishlar to`xtovsiz va tartib bilan aks ettirib boriladi.

Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo`jalik mablag`i yoki manbaining boshlang`ich holati ro`yhatga olinib, keyingi bo`ladigan joriy o`zgarishlar o`z vaqtida aks ettirilib boriladi. Natijada schyotlardan istalgan paytda ayrim tur xo`jalik mablag`i yoki uning manbai to`g`risida guruhlangan miqdor va pul ko`rsatkichidagi ma’lumotlarni olish mumkin.

Xo`jalik mablag`larini yoki ularning manbalarini va xo`jalik jarayonlarini iqtisodiy mazmuniga hamda tuzilmasiga qarab alohida hisobga olish maqsadida, ularni har bir turi va jarayoni uchun maxsus schyotlar mavjud. Masalan, xo`jalik mablag`larini hisobga oluvchi schyotlarga «Asosiy vosilar», «Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar», «Nomoddiy aktivlar», «Materiallar», «Hisob-kitob schyoti» va boshqalar, xo`jalik mablag`larining manbalarini hisobga oluvchi schyotlarga «Nizom fondi», «Zahira fondi», «Budjet bilan hisob-kitoblar», «Foyda», «Maxsus maqsadga atalgan fondlar» va boshqalar xo`jalik jarayonlarini hisobga oluvchi schyotlarga «Asosiy ishlab chiqarish», «Yordamchi ishlab chiqarish» va boshqalarni ko`rsatish mumkin.

Buxgalteriya hisobi schyotlariga xo`jalik muomalalarini yozish uchun muomala sodir bo`lganda ro`yhatga olingan hujjatlardan foydalaniladi. Hujjatlarda aks ettirilgan xo`jalik muomalalari tegishli ob’ektni hisobga oluvchi schyotlarga tarqatiladi, bunda har xil muomalalar umumlashtirilib, schyotda aks ettirish maqsadida ular pul ko`rsatkichi bilan foydalaniladi.

Amalda schyotlar jadval, kartochka yoki daftar varag`i shaklida bo`lib, ikki qismga bo`linadi. Uning chap qismi «Debet», o`ng qismi esa «Kredit» deb ataladi. Debet, so`zi lotincha so`zidan olingan bo`lib, o`zbek tiliga tarjima qilinganda «u qarzdor» degan ma’noni bildiradi. Kredit so`zi esa o`zbek tilida «u ishondi» degan ma’noni anglatadi. Debet va Kredit so`zlari buxgalteriya hisobiga uning rivojlanishining boshlang`ich davrlarida, ya’ni XIII asrlarda kiritilgan bo`lib, bu so`zlarning mazmuni sotuvchi bankir o`rtasidagi hisob-kitob, ishlab chiqarish va kredit munosabatlarini aks ettirar edi. Ishlab chiqarish fan va texnikaning rivojlanishi bilan buxgalteriya hisobi hisob-kitob va kredit munosabatlarinigina aks ettirib qolmasdan, balki xo`jalik jarayonini, mablag`lar va ularning tashkil topish manbalari mavjudligi, harakati va holatini ham qamrab oldi. Shuning uchun buxgalteriya hisobida «Debet» va «Kredit» so`zlari hozirgi davrda o`zlarining ma’nolarini yo`qotgan va ulardan schyotlarning qismlarini shartli ravishda belgilash vositalari sifatida foydalanilmoqda.

Xo`jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi schyotlarining debet va kreditida aks ettirishda shunga e’tibor berish kerakki, agar ma’lum ob’ekt yoki jarayonni hisobga oluvchi schyotning debetida shu ob’ekt yoki jarayonning ko`payishini aks ettiruvchi barcha muomalalar hisobga olinsa, uning kreditida shu ob’ekt yoki jarayonning kamayishini aks ettiruvchi muomalalar hisobga olinadi va aksincha.

Buxgalteriya hisobi schyotlarini qo`yidagicha tarzda ifodalash mumkin:




Debet (Dt) SCHYOT NOMI Kredit (Kt)





«Debet» va «Kredit» iboralari «Dt» va «Kt» belgilari bilan ifodalansa ham bo`laveradi. Yuqoridagi chiziqning ustiga schyotning nomi yoziladi, masalan, «Asosiy vositalar» yoki «Nizom fondi». Schyotdagi hisobga olinayotgan ob’ekt yoki jarayonda ma’lum davrda qanday o`zgarishlar (ko`payish yoki kamayish) sodir qilganligini bilish va tegishli ma’lumotni xohlagan paytda qiyinchiliksiz olib turish maqsadida schyotning bir tomoni undagi ob’ekt yoki jarayonining ko`payishini, ikkinchi tomoni esa kamayishi aks ettiradi.

Buxgalteriya hisobi schyotlariga hisob davrining boshiga ma’lumotlar buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlarining moddalaridan olib yoziladi. Bular schyotlarning boshlang`ich saldosi (qoldig`i) deyiladi. Boshlang`ich qoldiq xo`jalik mablag`lari va ularning manbalari, shuningdek jarayonlarning har bir turidan bo`lishi mumkin, ayrim hollarda ma’lum turlarning qoldig`i bo`lmasligi ham mumkin, shu paytda muayyan ob’ekt yoki jarayonni hisobga oluvchi schyotning boshlang`ich qoldig`i yo`q bo`ladi, demak hech narsa yozilmaydi. Hisob davri ichida schyotlarning debet va kredit tomonlariga xo`jalik muomalalari yozilib boriladi, agar ma’lum bir davrga ohirgi qoldiqni topish zaruriyati tug`ilsa, ularning debet va kredit tomonlari, jumladan, hisobot davrida sodir bo`lgan xo`jalik muomalalarining summasini hisobga olgan schyotlarning debet tomonidagi jami «Debet bo`yicha oborot», kredit tomonidagi jami «Kredit bo`yicha oborot», umuman schyotlar bo`yicha jami esa «Oborotlar» deb ataladi. Mana shu debet va kredit bo`yicha oborotlarni hamda boshlang`ich qoldiqni algebraik qo`shish natijasida topilgan ko`rsatkich ohirgi qoldiq deb ataladi.

Ayrim paytlarda ohirgi qoldiq bo`lmasligi mumkin. Bu hol schyotlarning debet va kredit tomonlari ko`rsatkichlari bir-biriga teng kelib qolganda sodir bo`ladi.

Yuqorida aytilganidek buxgalteriya hisobi schyotlariga boshlang`ich ma’lumotlar buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlaridan olinadi. Demak, balansning aktiv va passiv qismlarga bo`linishiga mos holda buxgalteriya schyotlari ham aktiv va passiv schyotlarga bo`linadi. Ularga tegishli bo`lgan hisobot davrining ohiridagi qoldiq summalarining analitik schyotlarda alohida-alohida aniqlanib, schyotning debet qoldiq summasi balansining aktiv qismida, kredit qoldiq summasi passiv qismida aks ettiriladi.

Agar korxona o`z xo`jalik faoliyati natijasida hisob davrini foyda bilan tugatsa, foyda summasi balansining passiv qismidagi «Hisobot yilining foydasi» degan moddada ko`rsatiladi. Agar xo`jalik o`z faoliyat natijasida hisobot davrini zarar bilan tugatsa, zarur summa balansning aktiv qismidagi «Hisobot yilining zararlari» moddasida ko`rsatiladi.

Aktiv schyotlarda xo`jalik mablag`lari aks ettirilsa, passiv schyotlarda esa ularning tashkil topish manbalari aks ettiriladi. Aktiv va passiv schyotlarda debet va kreditlar har xil mazmunga ega bo`ladi. Darhaqiqat, aktiv schyotlarning debetida xo`jalik mablag`larini ko`payishiga va kreditida kamayishiga olib keluvchi xo`jalik muomalalari ko`rsatiladi. Passiv schyotlarning kreditida xo`jalik mablag`lari tashkil topish manbalarining ko`payishiga olib keluvchi xo`jalik muomalalari o`z aksini topsa, debetida ularning kamayishiga olib keluvchi muomalalar aks ettiriladi. Aktiv schyotlarda qoldiq har doim uning debetida (debetli qoldiq) bo`lsa passiv schyotlarda kreditida (kreditli qoldiq) bo`ladi.

Xo`jalik mablag`lari va jarayonlarni aks ettirib ularni ma’lum hususiyatlarga qarab guruhlashturuvchi schyotlar aktiv schyotlar deb ataladi. Xo`jalik mablag`larining tashkil topish manbalarini aks ettirib, ularning ma’lum iqtisodiy mazmuniga ko`ra guruhlashtiruvchi schyotlar passiv schyotlar deb ataladi.

Qo`yida xo`jalik mablag`larini hisobga oluvchi aktiv schyotlarining shartli tarxi beriladi.


Dt xo`jalik mablag`larini hisobga oluvchi schyot nomi Kt

Boshlang`ich qoldiq (+)




Hisobot davrida mablag`lar ko`payishi (+)

Hisob davrida mablag`lar kamayishi (-)

Davr ohiriga qoldiq



Shartli tasvirda schyotlarga yozish tartibi keltirilgan bo`lib, barcha xo`jalik muomalalari iqtisodiy mazmuniga muvofiq tizimga solinib, buxgalteriya hisobi schyotlariga shu shartli tarxda ifoda qilinganidek yozib boriladi.

Xo`jalik mablag`larning tashkil topish manbalarini hisobga oluvchi passiv schyotlarning shartli tarxi qo`yidagicha bo`ladi:


Dt mablag`larning manbalarini hisobga oluvchi schyot nomi Kt




Boshlang`ich qoldiq (+)

Hisobot davrida manbalar kamayishi (-)

Hisob davrida manbalar ko`payishi (+)




Davr ohiriga qoldiq

Tarxdan ko`rinib turibdiki, boshlang`ich va ohirgi qoldiqlar aktiv schyotlarning faqat debet tomonida bo`ladi, passiv schyotlarning esa faqat kredit tomonida bo`ladi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, ayrim schyotlarda umuman qoldiq qolmasligi ham mumkin.

Aktiv schyotlarning debetiga tegishli boshlang`ich qoldiq balansning aktiv qismidagi moddalarning ma’lumotlariga asosan yoziladi. Passiv schyotlarga tegishli qoldiq bu schyotlar kreditida ko`rsatilib, ular balansning passiv qismidagi moddalar ma’lumotlariga ko`ra ochiladi, agarda schyotlarda boshlang`ich qoldiq bo`lmasa, u holda avval ularning ko`payishiga olib keluvchi olib keluvchi muomalalar aks ettirilib, keyin kamayishiga olib keluvchi muomalalar yozilishi mumkin.

Aktiv schyotlarda boshlang`ich qoldiq bo`lmasa, u holda eng avval debetda aks ettiriladigan muomala yozilishi kerak. Passiv schyotlarda esa aksincha, agarda hisobot davrining boshida bu schyotlarda qoldiq bo`lmasa, u holda eng avval ma’lumotlarning ko`payishiga olib keluvchi xo`jalik muomalalari uning kreditida aks ettirilib, so`ngra debetiga yoziladigan xo`jalik muomalalari aks ettiriladi. Buni «Kassa» deb ataluvchi aktiv schyot misolida qo`yidagicha tasvirlash mumkin.

Faraz qilaylik, oyning boshida kassada 10.000 so`m pul bo`lgan.


  1. Ishchi va xizmatchilarga ish haqi to`lash uchun korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidan 3.500.000 sum naqd pul korxona kassasiga olindi;

  1. Korxona kassasidan ishchi va xizmatchilarga 2.850.000 so`m ish haqi berildi;

  2. Hisobdor shaxslarga korxona kassasidan 450.000 so`mlik bo`nak berildi;

  3. Hisobdor shaxslar tomonidan foydalanilmagan 30.000 so`m naqd pul qaytarildi;

  4. Korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotiga ishchi va xizmatchilar tomonidan o`z vaqtida olinmagan 235.000 so`m ish haqi summasi qaytarib topshirildi.




Dt «KASSA» schyoti Kt


Download 64.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling