Al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fakultet: Dasturiy injiniring Fan: Kompyuter tarmoqlari


Download 69.77 Kb.
bet1/11
Sana28.12.2022
Hajmi69.77 Kb.
#1010533
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MI komp tarmoqlari


AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


Fakultet: Dasturiy injiniring
Fan: Kompyuter tarmoqlari



MUSTAQIL ISH


Mavzu: Tarmoqni boshqarishda qo’llaniladigan asosiy protokollar, taqsimlangan tarmoqlarni boshqarishda DNS hamda ICMP va SNMP.


Bajardi: Otayorov Shahzod
Guruh: 316-20
Qabul qildi: Irmuhammedova N


Toshkent 2022

Reja:


  1. Kirish

  2. Kompyuter tarmog'i protokollarini qisqacha tushuntirish.

  3. Internet protokollari.

  4. Simsiz tarmoq protokollari.

  5. Tarmoq protokollarining amalga oshirilish prinsipi.

  6. Taqsimlangan tizimning ta’rifi

  7. Taqsimlangan tarmoq

  8. Taqsimlangan tarmoqlarni boshqarishda DNS hamda ICMPva SNMP

  9. Xulosa

  10. Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH


Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishida informatika va axborot texnologiyalarining o`rni beqiyos. Hozirgi kun talabalari axborot texnologiyalari bo`yicha zamonaviy dasturlash tizimlari bilan ishlashni bilishlari davr talabidir. Bunda dars jarayonida foydalaniladigan o`quv-uslubiy qo`llanmalarning mavjud bo`lishi, o`quv jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Kompyuter yordamida matematik, fizik masalalarni yechish uchun ko`pincha foydalanuvchi biron bir dasturlash tilida dastur tuzishni bilishi talab qilanadi. Yaqin kungacha foydalanuvchi o`zining matеmatik masalasini yеchish uchun nafaqat matеmatikani bilishi, balki kompyutеrda ishlashni, kamida biror-bir dasturlash tilini bilishi va murakkab hisoblash usullarini o`zlashtirgan bo`lishi kеrak bo`lar edi. Hozirda esa tipik hisoblashlarni bajarishga mo`ljallangan kompyuterli matematika tizimlari ya`ni amaliy dastur pakеtlari mavjud.
Bu pakеtlar foydalanuvchi uchun kеrakli bo`lgan barcha ishni yoki ishning asosiy kеrakli qismini qulay holda bajarish imkonini bеradi. Muammoni tadqiq qilish analitik shaklida ham, ma`lumotlarning tahlili, yеchim mavjudligini tеkshirish, modеllashtirish, optimallash, grafiklarni qurish, natijalarni hujjatlashtirish va shakllantirish, taqdimotlarni yaratish.
Shuni aytish joizki mazkur pakеtlarda yaratilgan har qanday mеnyu foydalanuvchini oddiy matеmatik tushunchalardan va usullardan uni ozod qila olmaydi. Xususan, agar foydalanuvchi matritsa nimaligini bilmasa, u holda matritsa algеbrasi dasturiy pakеti unga hеch qanday yordam bеra olmaydi, yoki foydalanuvchi noaniq bo`lmagan intеgralni sonli usullar yordamida hisoblashga uringanda u haqiqatdan ancha yiroq bo`lgan javobni olishi yoki javobni umuman ololmasligi ham mumkin. Ixtiyoriy kеng imkoniyatlarga ega pakеt univеrsal yondashishga bog`liq. Matеmatik pakеtlarni ishlatishda mutaxasis undan ongli foydalanib chеgirmalar qilishi mumkin.
Informatsion tеxnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma`lumotlarning tеz o`zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma`lumotlarni o`z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma`lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma`lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so`ngra undan kеng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo`lib qolmoqda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma`lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
Oxirgi vaqtda axborotli muhitda katta o`zgarishlar bo`lib bormoqda. Ana shu o`zgarishlar qog`ozsiz tеxnologiya zaruriyatini kеltirib chiqaradi. Bu esa o`z navbatida, hisoblash tеxnikasining yanada kеng rivojlanishiga sabab bo`ladi.

Download 69.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling