Aleksandr Sergeyivich Pushkin


Download 247 Kb.
bet1/2
Sana11.11.2023
Hajmi247 Kb.
#1766206
  1   2
Bog'liq
Pushkin haqida

Aleksandr Sergeyivich Pushkin

Xudoyqulova Shahlo

PRIP-558U

Reja:

  • 1. Pushkin hayot
  • 2.Pushkin ijodi
  • 3. Pushkinning “Baliqchi va baliq haqida ertagi”

Aleksandr Sergeyevich Pushkin hayoti

  • Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 26-may (6-iyun) Moskva — 1837-yil 29-yanvar (10-fevral) Sankt-Peterburg) - ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, dramaturg va nasr yozuvchi.
  • Otasi Sergey Lvovich qadimiy dvoryanlar avlodidan, gvardiya ofitseri boʻlib, fransuzcha she'rlar yozib turardi. Onasi Nadejda Osipovna Pyotrning tarbiyasida boʻlgan habash A.P. Gannibal (asli ismi Ibrohim) ning nevarasi edi. Ota-onasi yosh Pushkinning buvisi Mariya Alekseyevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirgan. Uning amakisi Vasiliy Lvovich oʻsha davrning koʻzga koʻringan shoirlardan boʻlib Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon boʻlib kelardi. Bu muhit Pushkinda she'riyatga havas uygʻotdi. 1811-1817-yillarda u Sarskoe selodagi litseyda ta'lim olgan. Pushkinning dastlabki she'ri matbuotda 1814-yildayoq bosilgan edi. 1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer — yunker qilib tayinlagan. 1837-yilda yosh fransuz ofitseri Jorj Dantes bilan duelda Pushkin ogʻir yaralanib, vafot etadi.

Pushkinning ijodi

  • Pushkinning koʻplab asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Boris Godunov», «Dubrovskiy», «Kavkaz asiri» Choʻlpon tomonidan (1936-37), «Yevgeniy Onegin» Oybek tomonidan (1937), «Boqchasaroy fontani» Usmon Nosir tomonidan (1937), «Kapitan qizi» Abdulla Qahhor tomonidan (1939), «Ruslan va Lyudmila» Mirtemir tomonidan (1948) tarjima qilingan). Pushkinning dastlabki sheʼrlari 1913- yilda matbuot yuzini kurdi. U litseyda oʻqib yurgan kezlarida 120 ga yaqin sheʼr va 2 doston (tugallanmagan) yozadi. Litsey bilan xayrlashuv kechasiga bagʻishlangan sheʼri esa shu kechada qatnashgan G. R. Derjavinnnt yuksak bahosiga sazovor bulib, u P.ning buyuk shoir boʻlib yetishishini bashorat qiladi. Keyinchalik P. Rus jamiyatida uygʻonib borayotgan erksevarlik kayfiyati taʼsirida “Erkinlik” (1817), “Chaadayevga” (1818), “Qishloq” (1819) singari sheʼrlarni yaratadi.

Pushkin ijodining tadrijiy yulini shartli ravishda 4 bosqichga ajratish mumkin. Agar 1813—16 yillarni uz ichiga olgan l-bosqichda P. uz zamondoshlarining badiiy tajribasini oʻzlashtirgan boʻlsa, 2-bosqich (1817—20) da P. ijodining gʻoya va mavzular olami ken-gayib, u oʻz uslubiga erishish yoʻlida badiiy izlanishlar olib borib, ki-tobiy til bilan jonli xalq tilini uzaro yaqinlashtirdi. Shoirning 1820—24 yillar ijodida (3-bosqich) romantizm ustuvorlik qildi. Ammo kup utmay, P. qahramonni poetiklashtirish va vokelikni ehtiros bilan tasvirlashda davom etgan holda romantik tasvir metodidan chekindi

Download 247 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling