Alisher Navoiy "Bo'ldum sanga" g'azali


Download 37.26 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi37.26 Kb.
#187557
Bog'liq
Alisher Navoiy gazali tahlili

Alisher Navoiy

"Bo'ldum sanga" g'azali

Ko'rgali husnungni zoru mubtalo bo'ldum sanga, Ne balolig' kun edikim, oshno bo'ldum sanga.

G'azal an'anaviy turdagi 7 baytli g'azaldir. Matlada "Husningni korish ucun senga zor-u asir bolib qoldim. Senga oshno bolgan kunim qanday balolik kun ekan?"

Bu yerda kongilga ishq savdosi tushishi bilan oshiq uchun mashaqqatli jarayon boshlanishi ta'kidlangan.

Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko'ngul, Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo'ldum sanga.

  • Ikkinchi baytda "Sendan kongil uzay deb har qancha urunganim bilan bolmadi,kundan kunga battarroq senga mubtalo bolib qolaverdim".
  • Mantiqiy jihatdan bu yerda tazod san'ati ishga solingan.

Men qachon dedim: "Vafo qilg'il manga" zulm aylading, Sen qachon deding: "Fido bo'lg'il manga" bo'ldim sanga.

  • Uchinchi baytda: " Men qachon senga: "Menga vafo qil" deb aytgan bolsam,menga ustma ust zulm qilaverding, sen qachon "Fido bolgin" degan bolsang,senga fido boldimku" degan fikr ilgari surilgan.
  • Bu qo'shmisrada tazod yanada kuchliroq tus olgan.

Qay pari paykarga dersen telba bo'ldung bu sifat, Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo'ldum sanga.

  • To'rtinchi baytda lirik qahramon aynan kimga oshiqligini aniqlashtirib oladi va bunda yorning ozini "aybdor" qiladi:"Qaysi pariga oxshash qomadli go'zalga bunday darajada oshiqu devona bolib qolding?" - deb sorasang, ey pari qomatligim, menga nima qilsang qilki, men seni sevib, devonang bolib qoldim".
  • Bu baytda shoir kam soz qo'llab kop mano chiqarish qobiliyatini mahorat bilan ko'rsatgan.

Ey ko'ngul, tarki nasihat aylading ovora bo'l, Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo'ldum sanga.

  • Beshinchi baytda qahramon to'g'ridan-to'g'ri o'z ko'ngliga murojaatga qilishga o'tadi. "Ey ko'ngil men nasihatlarga quloq solmadim,endi sen ham ovora boladigan bo'lding,boshingdagi yuz balo yetmagandek,men ham sanga bir balo boldim" .
  • Ma'lumki inson hayoti mashaqqatsiz kechmaydi, ayniqsa ishq yo'liga kirsa mashaqqat ortsa ortadiki kamaymaydi. Bu yerda shoir o'sha yuzlagan mashaqqatlarga yana bitta og'ir mashaqqat qoshilganini aytib o'tmoqchi.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom, Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldum sanga.

  • Oltinchi baytda soqiyga murojaat qilinadi. "Ey soqiy,mansab lavozimlardan vo kechib,senga gado bo'lgunga qadar ham doim jomi Jam bilan Xizr payg'ambar Suvi mening nasibim bo'ldi".
  • Bu qoshmisra gazaldagi begona bayt hisoblanadi. Shoir oldingi baytlardagi ma'no mantiqdan kelib chiqilganda,nisbatan kutilmagan bir fikrni ilgari surgan.Soqiy timsolida ham piri komil ham yori aziz ko'zda tutilgan.

G'ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro, To Navoiydek asiru benavo bo'ldum sanga

  • Maqta'da oshiqlikning martabasi yana da ko'tariladi."To Navoiydek senga asir-u benavo bolmagunimcha,g'am-g'ussa sozidan bir kuy eshitmadim"
  • Bu baytning birinchi misrasidagi "navoe" sozi bilan ikkinchi misradagi " Navoiy " sozi ortasida o'zakdoshlik bor. Bunday lisoniy joziba hosil qiluvchi o'zakdosh so'zlarni qollash san'ati Sharq Mumtoz adabiyotida ishtiqoq san'ati deyiladi

Download 37.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling