Alkenlar yoki Olefinlar


Download 208.35 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi208.35 Kb.
#1252292
Bog'liq
Alkenlar yoki Olefinlar

Alkenlar yoki Olefinlar

Ularning umumiy formulasi- CnH2n.

Etilen qatoridagi uglevodorodlar to’yingan uglevodorodlarga nisbatan vodorod sonining ikkitaga kamligi bilan faqr qiladi.

To’yinmagan uglevodorodlar xam gamologik qatorga ega

C2H4-etilen

C3H6-propilen

C4H8-butilen

C5H10-amilen

Nomenklaturasi:Alkenlarni rasional nomenklatura bo’yicha nomlaganda “AN” qo’shimchasi o’rniga “ILEN” qo’shimchasi qo’shib o’qiladi.

Sistematik nomenklatura bo’yicha nomlangan to’yinmagan uglevodorodlar radikallari nomiga “IL” qo’shimchasi qo’shib o’qiladi.

Izomeriyasi:

Etilen qatori uglevodorodlarining izomerlari xuddi to’yingan uglevodorodlarnikiga o’xshashdir,ammo qo’shbog’ning joylashi shiga qarab izomerlar soni ko’proq bo’ladi.Eten va Propenda izomer bo’lmaydi

Bundan tashqari etilen uglevodorodlarda,fazoviy izomerlar –sis

-trans,izomerlar xam bo’lishi mumkin.Agar o’rinbosarlar qo’shbog’ga

nisbatan bir tomonda bo’lsa –sis,agar o’rinbosarlar xar tomonda

bo’lsa – trasn izomer deyiladi.Masalan

Olinish usullari:

Etilen,propilen va butilen sanoatda neftni qayta ishlash natijasida xosil bo’ladigan gazlardan olinadi.

1.Spirtlarni o’ziga suv tortob oluvchilar ishtirokida qizdirib olish mumkin.

2.Bug’ fazali xolatda xam spirtlardan to’yinmagan uglevodorodlar olish mumkin.

3.Monogalogenli uglevodorodlarga KOH yoki NaOH ning spirtli eritmasini ta’sir ettirib, olefinlarni olish mumkin.

4.Yonma- yon turgan uglerod atomlarida ikkita galogen atomi bo’lgan digalogenli uglevodorodlarga Zn yoki Mg lar ishtirokida qizdirilsa, alkenlar xosil bo’ladi.

4.Yonma- yon turgan uglerod atomlarida ikkita galogen atomi bo’lgan digalogenli uglevodorodlarga Zn yoki Mg lar ishtirokida qizdirilsa, alkenlar xosil bo’ladi.

5.Asetilen qatoridagi uglevodorodlarga Ni,Pt,Pd katalizatorlari ishtirokida vodorod ta’sir ettirib,alenlarni olish mumkin.

6.To’yingan uglevodorodlarni gaz xolatida 300-400 C da qizdirilsa va xrom oksididan o’tkazilsa, alkenlar xosil bo’ladi.

Fizik xossasi:

Etilen,propilen,butilen oddiy sharoitda gaz, C5H10 dan C16H32 gacha suyuqlik, undan yuqorilari esa parafinga o’xshash qattiq moddalardir.Ular suvda erimaydi,lekin organik erituvchilarda yaxshi eriydi.Molekulyar massasi ortishi bilan ularning suyuqlanis qaynash temperaturalari va zichliklari ortib boradi.

Kimyoviy xossalari:

Etilen qatoridagi uglevodorodlarga birikisg, oksidlanish va polimerlanish reaksialari xos.

1.Alkenlar Ni metali katalizatorligida vodorodni biriktirib to’yingan uglevodorodni xosil qiladi.

2.Alkenlarga katalizatorlar (H2SO4,ZnCl2)ishtirokida suv ta’sir ettirilsa,spirt xosil bo’ladi.

3.Almuniy oksidi, katalizatorligida alkenlarni to’g’ridan- to’g’ri gidratlab spirt olish mumkin.

4.Alkanlarni alkenlar bilan alkillash reaksiyasi sanoatda katta axamiyatga ega.Bu reaksiya kons.Sulfat kislota ishtirokida boradi natijada motor yoqilg’isining muxim komponenti sifatida izooktan olinadi.

4.Alkanlarni alkenlar bilan alkillash reaksiyasi sanoatda katta axamiyatga ega.Bu reaksiya kons.Sulfat kislota ishtirokida boradi natijada motor yoqilg’isining muxim komponenti sifatida izooktan olinadi.

5.Galogen vodorodlarning birikishi(Markovnikov qoidasi bo’yicha)

6.Bromli suv ta’sir ettirilsa alkenlar uni rangsizlantiradi.

Oksidlanish reaksiyalari:

Alkenlar oson oksidlanadi: kaliy permanganatning suvli eritmasi etilenni etilen glikolgacha oksidlaydi

Kislorod va xavoda alkenlar oq-sariq rangli ko’zni qamashtiruvchi alanga xosil qilib yonadi.

Etilenni xavodagi kislorod bilan kumush metali ishtirokida oksidlasak, etilen oksidi xosil bo’ladi.

Ayrim vakillari:

Etilen rangsiz xidsiz gaz bo’lib,asosan neftni kreking qilish jarayonida ajralib chiqadigan gazdan olinadi. Etilen meditsinada, qisman narkoz sifatida, qishloq xo’jaligida xom mevalarni yetishtirishda kimyo sanoatida etil spirti,stirol,polietilen va zaxarli gaz iprit olishda ishlatiladi.

Propilen rangsiz gaz. Sanoatda neftni qayta ishlash natijasida xosil bo’ladigan gazdan olinadi.Labaratoriya sharoitida propil spirti parinni 300-400 C da Alyuminiy oksiddan o’tkazish bilan olinadi.

U asosan aseton, glitserin,izopropil spirti olish uchun ishlatiladi.


Download 208.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling