Alohida olingan so’zlar


Download 32.18 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi32.18 Kb.
#1478400
  1   2   3
Bog'liq
Alohida olingan so’zlar turkumlari2


Alohida olingan so’zlar turkumlari
Maruza rejasi:
Kirish
1.Modal so’zlar
2.Alohida guruh sozlar.
3. Taqlid sozlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish:
Oraliqdagi so’zlar (alohida olingan so’zlar) lug’aviy ma’no bildirmaydigan, lekin ba`zan gap bo’lagi vazifasini bajaradigan so’zlardir. Ular mustaqil va yordamchi so’zlarning har ikkalasiga xos belgilarni o’zida aks ettiradi. Bularga modal so’zlar, taqlid so’zlar va undov so’zlar kiradi. Shuni ham ta`kidlash joizki, tilizdagi ba`zi mustaqil so’zlar ham nutq jarayonida o’zining mustaqil lug’aviy ma`nosini yo’qotib, Grammatik ma`no ifodalashga xoslangan holda, yordamchi so’z vazifasiga o’tishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslikda grammatikalizatsiya deb yuritiladi. Alohida olingan so’z turkumlari 3 guruhga bo’linadi.



1.Modal so’zlar – so’zlovchi o’z fikriga bo’lgan munosabatini bildiradigan so’zlar
Taqlid so’zlar – holatga va tovushga taqlidni bildiruvchi so’zlar
Undov so’zlar – haydash, chaqirish, buyurish, undash va his- hayajonni bildiradigan so’zlar
MODAL SO’ZLAR DEB, so’zlovchi
o’z fikriga bo’lgan munosabatini
bildiradigan so’zlarga aytiladi.
Undov so’zlar deb, his-hayajon,
Buyruq-xitob, haydash-chaqirish
Ma’nolarini ifodalovchi
So’zlarga aytiladi
Taqlid so’zlar deb,
Ovozga va holatga
Taqlidni bildirvchi
so’zlarga aytiladi.
Modal so`zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar
1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar:
3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.
4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.
5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
6. Achinish: afsus, attang, esiz.
7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.
8. Quvonch: xayriyat.
9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo`q.
Undovlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi:
1. His-hayajon undovlari :ie, o, voy, voy-ey, eh; : ho, o`h-ho`, ehe; hay-hay ; oh-oh; e-ha, eh, ha-ya, o; ha.
2. Buyruq-xitob undovlari :hoy, hay (bir marta aytilsa), hey, allo, ey; ma, tss, jim, marsh; bah-bah, mosh-mosh, tu-tu-tu, kuch-kuch, gah, chuh, beh-beh, qurey-qurey; ishsh, ho`k, tak; pisht, drr, xix, hov-hov, cho`k, tek, hayt, chu.

TAQLID SO’ZLAR MA’NO JIHATDAN QUYIDAGI TURLARGA BO’LINADI:


1. Tovushga taqlid bildiradigan so`zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, taq-tuq, g`arch-g`urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov.
2. Holatga taqlid bildirgan so`zlar: yalt-yult, apil-tapil, g`uj-g`uj, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-jalang, mo`lt-mo`lt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang.
Masalan: ko’rib qolmoq, bilib olmoq, xafta ichi kabi birliklardagi qol,ol,ich so’zlari o’zining mustaqil lug’aviy ma`nosini yo’qotgan holda yordamchi so’z sifatida qo’llangan. Mustaqil leksik ma`noga ega bo’lmaydigan gap bo’lagi vazifasini bajara olmaydigan, biroq so’z va gaplarni o’zaro bog’lash yoki ularga qo’shimcha ma`no noziklik kiritish, ya`ni yuklash uchun xizmat qiladigan so’zlar yordamchi so’zlar deyiladi. Yordamchi so’zlar umumiy vazifalarga ko’ra uch turli bo’ladi:
Ko’makchi

Bog’lovchi

Yuklama.

Undov, taqlid va modal so’zlar esa, yordamchi so’zlarning alohida guruhini tashkil etadi. Chunki undov va taqlid so’zlar gap bo’lagi sifatida ham, mustaqil so’z-gap sifatida ham qo’’lanadi. Ayni paytda mustaqil so’zlarning yasalishida ham ishtirok eta oladi. Biroq bu so’zlar harakat va hodisaning atamasi bo’la olmasligi, ya`ni lug`aviy ma`no ifoda eta olmasligi.bilan yordamchi so’zlarga o’xshashdir. Shuning chun ham undov, taqlid, modal so’zlarning harbiri o’ziga xos xususiyatlari bilan alohida alohida turkumni tashkil etadi. Ko’rinadiki, so’zlarni turkumlarga ajratishda, birinchidan, lug’aviy ma`no, ikkinchidan, morfologik shakl, uchinchidan, biror sintaktikvazifa bajarish xususiyati, to’rtinchidan, qo’llanish qurshovi ya`ni distributsiyasi e`tibordan kelib chiqiladi. Shunga ko’ra so’zlarning hozirgi o’zbek tilidagi turkumlari quyidagichadir:


Ot, sifat, son, olmosh, fe`l ravish kabi mustaqil so’zlar;
Ko’makchilar, bog’lovchilar, yuklama kabi yordamchi so’zlar;
Modal so’zlar, taqlid so’zlar, undov so’zlar kabi alohida yordamchi so’zlar guruhidan iborat.

Download 32.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling