Reja. Avtomobilning dinamik xususiyati Avtomobilning yonilg’i tejamkorlik xususiyati Avtomobilning turg’unlik xususiyati Avtomobilning boshqaruvchanlik xususiyati Avtomobilning o’tag’onlik
Download 93.34 Kb. Pdf ko'rish
|
230227-092551
Mavzu № 1.Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. O’lchagich va ko’rsatkichlar. GOSTlar, me’yorlar Reja. 1. Avtomobilning dinamik xususiyati 2. Avtomobilning yonilg’i tejamkorlik xususiyati 3. Avtomobilning turg’unlik xususiyati 4. Avtomobilning boshqaruvchanlik xususiyati 5. Avtomobilning o’tag’onlik (o’tuvchanlik) xususiyati 6. Avtomobilning yurish ravonligi xususiyati Avtomobini loyixalash davrida uning konstruktsiyasiga ma’lum xususiyat beriladi. Avtomobil o’z xususiyatini to’liq ishlata olish uchun uning sifati, konstruktor avtomobilni qanday loyihalagan, tanlangan texnologiya va detallarning materiallariga bog’lik. Avtomobil konstruktsiyasining murakkabliga va unga bo’lgan talablarning ko’pligi tufayli uning xususiyatlarini biror universal o’lcham bilan baholash qiyin. SHuning uchun avtomobilning xususiyatiga baho berish uchun o’lchagich va ko’rsatgich kiritamiz. O’lchagich – avtomobil xususiyatining sifatini aniqlaydi. Ko’rsatgich – o’lchagichning raqamli qiymatini aniqlaydi. Ko’rsatkich bir ma’noli bo’lgani uchun avtomobilning konkret sharoitdagi va ekspluatatsion xususiyati uchun oxirgi imkoniyatini aniqlaydi (masalan: Avtomobilning maksimal tezligi). Ekspluatatsion xususiyat ko’rsatgichi tajribada va hisoblab aniqlandi. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Avtomobilning dinamik xususiyati 2. Avtomobilning yonilg’i tejamkorlik xususiyati 3. Avtomobilning turg’unlik xususiyati 4. Avtomobilning boshqaruvchanlik xususiyati 5. Avtomobilning o’tag’onlik (o’tuvchanlik) xususiyati 6. Avtomobilning yurish ravonligi xususiyati 1. Avtomobilning dinamik xususiyati deb, yuk va passajirlani berilgan yo’l sharoitida xarakat xavfsizliginining saqlagan holda maksimal o’rtacha tezlik bilan yura olish qobiliyatiga aytiladi. Avtomobilning dinamik xususiyati tortish va tormozlash xususiyatlariga bog’liq Avtomobilning tortish xususiyati, ma’lum ekspluatatsion sharoitda maksimal o’rtacha tezlik bilan baholanadi. Avtomobilning tortish xususiyati sekinlashish va tormozlanishni samaradorligini ko’rsatadi. 2. Avtomobilning yonilg’i tejamkorlik xususiyati deb xarakat davomida minimal yonilg’i sarflab transport ishini bajara olish qobiliyatiga aytiladi. 3. Avtomobilning turg’unlik xususiyati deb, tashqi kuch ta’siri ostida avtomobil o’z xarakat yo’nalishini (xaydovchi ishtirokisiz) saqlay olish qobiliyatiga aytiladi. 4. Avtomobilning boshqariluvchanlik xususiyati deb xaydovchi boshqarayotgan avtomobilning berilgan xarakat yo’nalishini eng kam o’zgartirib yurishi va xaydovchi xoxishi bilan boshqaruvchi organlar o’z vaziyatini o’zgartirganda avtomobil xarakat proektoriyasining o’zgarishiga aytiladi. 5. Avtomobilning o’tag’onlik xususiyati deb og’ir yo’l sharoitlarida va yo’lsiz joylarda yetakchi g’ildiraklarning shatak siramasdan o’ta olish qobiliyatiga aytiladi. 6. Yurish ravonligi xususiyati deb notekis yo’lda kuzovning ortiqcha tebrantirmasdan xarakatlana olishiga aytiladi. Ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi quyidagi asosiy misollarni o’rganadi. 1. Avtomobilning konstruktsiyasini mukammallashtirish yo’llarini; 2. Turli ish sharoitlari uchun zarur transportni tanlash usullarini; 3. Har-xil sharoit uchun xarakat usullarini tanlash masalalarini; 4. Avtomobilni loyihalash davrida, uning ma’lum sharoitdagi ekspluatatsion xususiyatlarini oldindan aniqlash; Ekspluatatsion xususiyatlarni tahlil qilishdan maqsad: uning ish unumdorligini oshirish va yuk tashish tannarxini kamaytirishdir bundan tashqari avtomobil agregatlarining ish jarayonini o’rganish va uni hisoblashga imkon yaratish. Bunga erishish uchun: 1. Avtomobil o’rta tezligi oshirish 2. Yonilg’i tejamkorligini yaxshilash 3. Transportning xarakat xavfsizligini ta’minlash 4. Haydovchi va passajirga xarakat davrida qulaylik yaratish. Download 93.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling