MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
"Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim" fakulteti
“Tizimlar va signallarni qayta ishlash” fanidan
10-AMALIY ISH
Mavzu: TASODIFIY JARAYONLARNING TAQSIMOT QONUNLARINI TADQIQ ETISH
Bajardi: Azamxonov N
Qabul qildi: G‘ayratov Z
SAMARQAND – 2022
10- AMALIY ISHI
TASODIFIY JARAYONLARNING TAQSIMOT QONUNLARINI TADQIQ ETISH
Nazariy qism: Aloqa liniyasi bo‘yicha oldindan qanday signal uzatilishi no'malumdir, shuning uchun ularni tasodifiy jarayonlar deb qarash mumkin.Tasodifiy jarayon deb vaqtga bog‘lik bo‘lgan va kechishi oldindan noma'lum bo‘lgan jarayonga aytiladi. Chunki oldindan qanday signallar uzatiladi va ularga qanday ko‘rinishdagi xalaqitlar ta'sir qiladi noma'lumdir.Tasodifiy jarayon–deb ehtimollik xarakteristikalari vaqtga bog‘lik bo‘lgan tasodifiy miqdorga aytiladi.Tasodifiy jarayonning xar bir konkret ko‘rinishiga uning realizasiyasi deyiladi.
Tasodifiy jarayonning realizasiyalar to‘plamiga tasodifiy jarayonning
ansambli deb ataladi. Tasodifiy jarayonlar vaqt funksiyasi sifatida ikki turga bo‘linadi:
– stasionar tasodifiy jarayonlar;
– nostasionar tasodifiy jarayonlar.
Agar tasodifiy jarayonning sonli xarakteristikalari: o‘rtacha qiymat,
dispersiya yoki korrelyatsiya funksiyasi vaqt funksiyasi bo‘lib, o‘zgaruvchan
bo‘lsa, ya’ni 𝑁(𝑌, 𝑢), 𝐸(𝑌, 𝑢) va 𝑆(𝑢2, 𝑢1) ning qiymati 𝑢2− 𝑢1= 𝜐 ni vaqt o‘qining qaysi qismida olinganligiga bog‘liq bo‘lsa, bunday jarayonlar
nostasionar tasodifiy jarayonlar hisoblanadi. O‘rtacha qiymati, dispersiyasi vaqtga bog‘liq bo‘lmagan, korrelyatsiya funksiyasi faqat
𝑢2− 𝑢1= ga bog‘liq bo‘lib, 𝑢2− 𝑢1= 𝜐 ni vaqt o‘qining qaysi qismida olinganligiga bog‘liq bo‘lmasa bunday tasodifiy jarayonlar stasionar tasodifiy jarayonlar hisoblanadi.
Ishning maqsadi: Har xil tasodifiy jarayonlarning taqsimot qonunlarini o‘rganish. Ehtimollik zichligi taqsimotini fotometrik usulda o‘lchashni o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |