«alpomish» dostoni


Download 19.85 Kb.
bet1/7
Sana08.01.2022
Hajmi19.85 Kb.
#240867
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
«ALPOMISH» DOSTONI


«ALPOMISH» DOSTONI

REJA:

      1. «Alpomish» dostonining o`rganilishi.

      2. Dostonning yaratilishi.

      3. Dostonning etakchi g`oyalari.

      4. Dostonning badiiy xususiyatlari.

      5. Dostonning tarbiyaviy ahamiyati.


«Alpomish» dostoni o`zbek xalq eposining eng yirik, eng murakkab va badiiy jihatdan eng mukammal namunasidir. Xalq baxshilari bu dostonni kuylashga mahorat maktabini egallaganlaridan so`nggina kirishadilar. Shuning uchun «Alpomish» dostoni haqida biror ilmiy fikr bildirish folklorshunos olimlarning orzu mezonlarini anglatsa, «Alpomish» dostonini kuylash doston ijrochisining baxshi sifatida shakllanish darajasini belgilaydi. «Alpomish» dostoni o`zbek folklorshunoslari tomonidan sal kam bir asr o`rganildi va o`rganilmoqda. Umuman olganda, o`zbek folklorshunoslik fani yuqorida ta`kidlaganimizdek, «Alpomish» dostonini yozib olish va o`rganishdan boshlangan, desak xato emas. «Alpomish» dostoni 1921-1922 yillarda G`ozi Olim Yunusov tomonidan parcha tarzida yozib olindi va matbuotda e`lon qilindi. Keyin Hodi Zarif va Mahmud Zaripovlar tomonidan yozib olinda va o`rganildi. 1928 yilda M. Zaripov «Alpomish» dostonining to`liq variantini Fozil Yo`ldosh o`g`lidan yozib oldi. Dostonning bu nusxasi 1939 yilda Hamid Olimjon so`z boshisi bilan nashr etildi.


Download 19.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling