Amaliy ish № 5
Mavzu: Elektr yuritmaning nominal ko’rsatgichlarini hisoblash.
Ishdan maqsad:
Elektr yuritmalarni mexanik qismlarini o’rganish, mexanik qism elementlari bilan tanishish, turli mexanizmlarning elektr yuritmalarini mexanik qismini kinematik smemalarini tuzishni o’rganish. Kinematik sxemalar asosida mexanizmni mexanik qismini mexanik hisoblash sxemasini tuzishni o’rganish.
Topshiriq:
Ko’prikli kran aravachasi elektr yuritmasining (5.1-rasm) mexanik qismini nominal ko’rsatgichlarini aniqlang.
5.1 – rasm: Ko’prikli kran aravachasi elektr yuritmasining kinematic sxemasi:
1 – gildiraklar; 2 – tormoz; 3 – dvigatel; 4 – mufti; 5 – relslar.
Bo’shlangich ma’lumotlar:
Aravachani xarakat tezligi: vio = 0,8 m/s;
G’ldiraklar diametri: dxk = 0,6 m;
Aravacha massasi: mt = 8500 kg;
Qrshilik kuch: Fio = 120000 N;
Inertsiya moentlari: Jd = 0,1 kg·m2; J1 = 0,15 kg·m2; J2 = 0,01 kg·m2; J3 = 0,05 kg·m2;
Reduktor g’ildiraklarining tishlari coni: z1=20; z2=79; z3=16; z4=83;
Bir juft tishli uzatmaning f.i.k.: ηu = 0,97;
Uslubiy ko’rsatmalar: hisoblashlarda quyidagi ifodalardan foydalaning
i = z2 / z1; 𝜌 = 𝜈/ω; J = Jd + J1 + J2/i2 + m𝜌2; Mc = (mg𝜌)/ηrηb.
Vazifa:
Barcha hisoblashlarni bajaring, yruitmani keltirilgan sxemasini chizing va ish yuzasidan hisobat yozing.
Xulosa:
Xulosada amaliy ishni bajarish davomida qanday yangi ma’lumotlar olganinggizni, nimalarni o’rganganinggizni, qanday amaliy ko’nikmalar olganinggizni yozing
Do'stlaringiz bilan baham: |