Amaliy ish bajardi: Elmurodov e tekishirdi: Muxtarova G. X
Download 80.77 Kb.
|
1 2
Bog'liqFayllar tizimi .eLDOR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Elmurodov E Tekishirdi: Muxtarova G. X . Reja: 1.Fayllar tizimi haqida umumiy malumotlar.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI AMALIY ISH Bajardi: Elmurodov E Tekishirdi: Muxtarova G. X. Reja: 1.Fayllar tizimi haqida umumiy malumotlar. 2.FAT , FAT32 fayl tizimlari. 3.NTFS fayl tizimining imkoniyatlari. Fayl boshqaruv tizimlari. Fayl tizimi funktsiyalari va maʼlumotlar ierarxiyasi. Fayl deganda, odatda nomlangan, bir xil tuzilishga ega boʼlgan yozuvlardan tashkil topgan maʼlumotlar toʼplami tushuniladi. Bu maʼlumotlarni boshqarish uchun, mos ravishda fayl tizimlari yaratiladi. Fayl tizimi, maʼlumotlar mantiqiy strukturasinining va ularga ishlov beri jarayonida bajariladigan amallar bilan ish olib borish imkonini beradi. Аynan fayl tizimi, maʼlumotlarni disklarda yoki biror-bir boshqa jamlamada tashkil etish usulini aniqlaydi. Fayl tizimining qabul qilingan spetsifikatsiyalari boʼyicha, fayllar bilan ishlashni amalga oshiruvchi maxsus tizimli dasturiy taʼminotni, koʼpincha fayllarni boshqaruv tizimi deyiladi. Аynan, fayllarni boshqarish tizimi, fayl maʼlumotlarini yaratish, yoʼqotish tashkil etish, oʼqish, yozish, modifikatsiya qilish va joyini oʼzgartirish va shu bilan birga fayllarga murojaatni va fayllar tomonidan foydalaniladigan resurslarni boshqarishga javob beradi. Shu narsa maʼlumki, fayllarni boshqaruv tizimi, OT ning asosiy komponentasi boʼlgan holda, undan mustaqil emas, chunki API ning mos chaqiriqlaridan faol foydalanadi. Shu bilan birga, FBT ning oʼzi API ni yangi chaqiriqlar bilan boyitadi. Demak, shuni taʼkidlash mumkinki, ixtiyoriy FBT oʼz-oʼziga mavjud emas, balki ular aniq OT muhitida ishlash uchun yaratiladi. Misol uchun III. NАZАRIY MАTERIАLLАRI 61 hammaga topish fayl tizimi FAT ni keltirish mumkin (File Allocation Table – fayllarni joylashtirish jadvali). Bu tizim, fayllarni boshqarish tizimi sifatida koʼp hollarda ishlatiladi Bu fayl tizimining turli OT larda ishlaydigan, turli versiyalari mavjuddir: FAT, FAT 12, FAT 16, super FAT va x.k.lar. Bu FBT ning MS DOS OT dan to Windows NT bilan ishlaydigan versiyalari mavjud. Boshqacha qilib aytganda, maʼlum fayllar tizimiga mos tashkil etilgan fayllar bilan ishlashda, har bir OT uchun oʼz fayllarni boshqarish tizimi ishlab chiqishi shart. Va bu fayl tizimi, qaysi OT uchun moʼljallangan boʼlsa, oʼsha OT da ishlaydi, ammmo boshqa fayllarni boshqaruv tizimi yordamida yaratilgan fayllarga murojaat imkonini taʼminlaydi (boshqa OT FBT bu OT FBT printsiplari asosida ishlaydigan boʼlishi kerak). FAT fayl tizimi - FAT fayl tizimi, oʼz nomiga quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olgan oddiy jadval orqali ega boʼlgan: - fayl yoki uning fragmentlari uchun ajratilgan, mantiqiy diskning bevosita adreslanuvchi qismlari (uchastkalari); - disk makoni boʼsh sohalari; - diskning defektli sohalari (bu sohalar defekt joylariga ega boʼlib, maʼlumotlarni oʼqish va yozishni xatosiz bajarishga kafolat bermaydi). FAT fayl tizimida, ixtiyoriy mantiqiy disk ikki sohaga: tizimli soha va maʼlumotlar sohasiga boʼlinadi. Mantiqiy disk tizimli sohasi, formatlash vaqtida initsiallashtiriladi, keyinchalik esa, fayl strukturasi bilan ishlaganda yangilanadi. Mantiqiy disk, maʼlumotlar sohasi oddiy fayl va fayl kataloglarni oʼz ichiga oladi; bu obʼektlar ierarxiyani tashkil etadi, bu obʼektlar ildiz katalogga boʼysunadi. Katalog elementi fayl obʼektini tavsiflaydi, u oddiy fayl yoki faylkatalog boʼlishi mumkin. Maʼlumotlar sohasiga, tizimli sohadan farqli ravishda, OT ning foydalanuvchi interfeysi orqali murojaat qilinadi. Tizimli soha quyidagi tashkil etuvchilardan iboratdir (mantiqiy adres sohasida ketma-ket joylashgan): - yuklanish yozuvi (Boot Record, BR); - rezervlangan sektorlar (Reserved. Sectors, Res.Sec); - fayllarni joylashtirish jadvali (FAT); - ildiz katalog (Root Directory, R Dir). Download 80.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling