Amaliy mashg`ulot -17 Ko’pyoqlikni tekislik bilan kesishgan chizig’i


Download 455.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.01.2023
Hajmi455.17 Kb.
#1115764
Bog'liq
2 17



Amaliy mashg`ulot -17 
Ko’pyoqlikni tekislik bilan kesishgan chizig’i. 
Agar geometrik jism tekislik bilan kesishsa, kesuvchi tekislikda biror tekis shakl hosil bo’ladi. 
Hosil bodgan shaklga mazkur jismning kesimi deb ataladi. Kesuvchi tekislik umumiy yoki xususiy 
vaziyatda joylasgan bo’lib, jismni kesishi mumkin. 
Ko‘pyoqlik biror tekislik bilan kesilsa, kesimda ko‘pburchak hosil bo’ladi. Kesimni aniqlash 
quyidagi usullarda aniqlanadi: 
Ko‘pyoqlikning qirralari kesuvchi tekislik bilan kesishib nuqtalar hosil qiladi (17.1 - chizmaga 
qarang!). Mazkur nuqtalami bir-biri bilan madum tartibda tutashtirish kerak. Natiyada, yopiq 
ko‘pburchak hosil bo’ladi. Ushbu ko‘pburchak jismning kesimi hisoblanadi. Bundan shunday hulosa 
qilishimiz kerakki, yechimga erishish jarayonida to‘g‘ri chiziqni tekislik bilan kesishgan nuqtasini 
aniqlash mavzusi asos bodib hizmat qiladi: 
Ko‘pyoqlikning yon yoqlari (tekisliklardan iborat) kesuvchi tekislik bilan kesishib to‘g‘ri chiziqlar 
hosil qiladi (17.2 - chizmaga qarang!). Mazkur to‘g‘ri chiziqlarning nuqtalari bir-biri bilan ma’lum 
tartibda tutashtirilib chiqiladi. Natijada, yopiq ko‘pburchak hosil bo’ladi. Ushbu ko‘pburchak jismning 
kesimi hisoblanadi. Bundan shunday xulosa qilishimiz kerakki, yechimga erishish jarayonida, ikki 
tekisliklarni o‘zaro kesishgan chiziqni aniqlash mavzusi asos bo’lib xizmat qiladi:


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
17.1-rasm 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 455.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling