4-mavzu: Tilda imkoniyat va voqelik mushtarakligi (4 soat) O`zbek tili ta`limida innovatsion pedagogik texnologiyalar Reja


Download 41.15 Kb.
bet1/10
Sana14.11.2021
Hajmi41.15 Kb.
#173788
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-маъруза


4-mavzu: Tilda imkoniyat va voqelik mushtarakligi (4 soat)

O`zbek tili ta`limida innovatsion pedagogik texnologiyalar

Reja:

4.1. Metod, metodika,metodologiya tushunchalarining mazmun-mohiyati.

4.2.Ta`lim texnologiyalari taraqqiyoti.

4.3.Zamonaviy metodlar va ularning ko`rinishlari.

Tilshunoslikda metodologiya, metod va metodika tushuncha va terminlari farqlanadi. Umumiy va xususiy ilmiy metodlar o`zaro uzviy bog`liqdir. Xususiy ilmiy metodlar umumiy metodlarga asoslanadi. Xususiy metodlar faqat bir fan uchun xizmat qilsa, umumiy metodlar bir qancha fanlar doirasida qo`llanila oluvchi metodlar hisoblanadi. Masalan, statistik metod (miqdoriy metod).

Metod – har bir fan uchun xususiy va barcha fanlar uchun umumiy bo`lgan (masalan, qiyoslash metodi), manbalarni to`plash va tasnif qilish, ulardagi eng asosiy xususiyatlarni o`rganish uchun tildagi barcha birliklar, sathlar va

rivojlanish jarayonlarini, o`zgarishlarni bilish va aniqlash uchun qo`llanadigan uslub va yo`llar majmuidir.

Metodologiya – (grekcha methodos - bilish yo`llari, ilmi) qanday nazariya va printsiplar asosida ilmiy tadqiq qilish poydevorini yaratishdir. Metodologiya inson bilish faoliyatining vositalari, maqsadi va nazariy asosini aniqlab beradi. Metodologiya doirasida tadqiqotchi voqelikdagi turli hodisalarni tahlil qilish tamoyillarini tanlaydi, tadqiqot jarayonida erishilgan natijalarni o`rganish va baholash usullaridan foydalanadi. «Falsafa» qomusiy lug`atida metodologiya tushunchasi ikki yo`nalishda ta`riflanadi: 1) biror fanda tadbiq etiladigan tadqiqot usullarining majmui; 2) ilmiy bilish va dunyoni o`zgartirish metodi haqidagi ta`limot (Falsafa qomusiy lug`ati. T. 2004:258). Metodologiyaning muhim vazifalaridan biri bilim manbaini aniqlashdir. Ushbu masalaning echimini falsafadan izlamoq darkor, zero, falsafiy nuqtai nazaridan har qanday bilim manbai ob`ektiv voqelik va uning inson ongidagi aksidir Metodika – ilmiy metod natijasida aniqlanganlarni amalda tadbiq etishdir. Shu mazmunda xorijiy tillarga o`rgatish ham o`z metodikasiga ega. Ularni interaktiv metodika, tarjima vositasida tilga o`rgatish metodikasi deb ataladi. Har qanday fan maxsus tadqiqot metodlarini ishlab chiqadi. Bu ilmiy tadqiqot metodlari falsafiy va mantiqiy metodlar bilan umumilmiy



metodlar orqali muvofiqlashadi. Metod va metodika tushunchasi bir-biridan farq qiladi. Metod bilish usuli, metodika bilish usulida qo`llaniladigan yo`l-yo`riqdir. Bilish usullari umumiy va xususiy bo`ladi. Shuning uchun u falsafiy metod, ya`ni umuman bilish usuli haqidagi metod va umumilmiy metodlarga bo`linadi. Tilshunoslikda tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, struktur singari metodlar qullaniladi va ulardan qaysi birining ustuvor metodga aylanishiga ko`ra tilshunoslik tarixi ham turli bosqichlarga bo`linadi.


Download 41.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling