4-mavzu: Tilda imkoniyat va voqelik mushtarakligi (4 soat) O`zbek tili ta`limida innovatsion pedagogik texnologiyalar Reja


Download 41.15 Kb.
bet8/10
Sana14.11.2021
Hajmi41.15 Kb.
#173788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-маъруза

Maydon metodi. Bu metodni leksik-semantik maydon yoki grammatik-leksik maydon va ba`zan maydon nazariyasi deb yuritishadi. Albatta, uning qo`llanishiga ko`ra nomini atash mumkin. Jumladan, so`zning barcha ma`nolarini aniqlashda semantik maydon metodi qo`llanadi. Grammatikada turli so`z turkumlarining ma`nolari o`rganilsa, ularni grammatik-leksik maydon metodi yordamida o`rganiladi. Bunda eng ko`p qo`llanuvchi leksik-grammatik birlikning ma`nosi uning yadrosi, kam qo`llanuvchilari pereferiyasi deb nomlanadi. Tilshunoslikda hali noma`lum bo`lgan tillarni ilmiy o`rganishda qo`llanuvchi “maydon tilshunosligi” ni maydon metodi bilan aralashtirmaslik kerak. Maydon tilshunosligi o`rganilayotgan til ona tili bo`lgan shaxsni (uni odatda “informant” deyiladi) turli anketa va testlar yordamida savollarga javob olish yo`li bilan material to`playdi, fonetik transkriptsiya qo`llaydi, tildagi asosiy fonologik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarni to`plab tahlil qiladi, ba`zi taxminiy fikrlarini keltiradi va zarur bo`lsa tarjimadan foydalanadi. Maydon tilshunosligida qo`llanuvchi tamoyil va vositalar tillarni qadimiy o`rganish yo`llarini eslatadi. Bu usullar qalam va qog`oz yordamida tilni biluvchi shaxslarning talaffuziga quloq solib, ulardagi xususiyatlarni aniqlashni yodga soladi. Tilni o`rganishda, umuman, kuzatish, tavsif qilish, qiyoslash, tajriba (eksperiment) o`tkazish, distributsiya, tranformatsiya, ma`no maydonini aniqlash, xarita tuzish (til yoki shevaning tarqalgani haqida – uni lingvogeografiya deyiladi), turli til birliklari, elementlari va vositalarini statistik tekshirish yordamida qancha va qaerda uchrashi metod va tamoyillari qo`llanadi. Tarkibiy qismlarga ajratish metodi har qanday butunlikni, xususan gapni hokim va tobelik munosabatida bo`lgan qismlardan iborat sifatida tahlil etadi . Bu metod grammatik sathda : morfologiya va sintaksisda amal qiladi. Statistik tahlil tilning barcha sathlarida qo`llanadi , shuning uchun universal hisoblanadi. Bu metod til birliklari va til hodisalarining nutqda ishlatilish darajasini aniq ko`rsatib beradi. Ma`no ko`lamini tahlil qilish metodi so`zning lug`aviy ma`no ko`lamini alohida ma`no qirralariga ajratib tahlil etadi . Bu metod ko`p ma`noli so`zlarning ma`no ko`lamini yoritishda ahamiyatlidir .Umuman, tilshunoslik sohasiga xos eng umumiy va xususiy qonuniyatlarni aniqlashda lingvistik metodlarning o`rni beqiyosdir. Analiz – ob`ektni tajribada yoki fikran qismlarga ajratish va ularning xususiyatlarini aniqlash amalidir. Demak, bu amal yakkaning xususiyatlari asosida umumiylik, yaxlitlikni bilish uchun zamin yaratadi (masalan, kimyoda murakkab moddaning molekulyar tarkibi tahlili yoki tilshunoslikda so`z morfem tuzilishi tahlili). Ammo u yoki bu ob`ektning mohiyatini to`liq ochish uchun uni qismlarga ajratish va alohida xususiyatlarni o`rganish etarli emas. Bunda qismlar va ularning alohida xususiyatlari o`rtasidagi munosabat, aloqalar tartibini aniqlash lozim bo`ladi va bu holda analiz amali bevosita sintezga borib taqaladi. Sintez ham mantiqan yoki tajriba jarayonida bajariladigan amaldir. Uning bajarilishi jarayonida analiz usulida ajratilgan qism va xususiyatlar bir butunlikka to`planadilar va ob`ektni yaxlit hodisa sifatida o`rganish sharoiti tug`iladi. Sintez usuli yaxlitlik tarkib topishining ichki mexanizmini aniqlash imkonini beradi (masalan, kimyoda atomlarning qaysi munosabatlari, qay yo`sindagi birikishlari asosida moddaning hosil bo`lishi, tilshunoslikda morfemalarning qay yo`sinda birikishidan so`z tarkib topadi kabilar). Sintez amalining umumiylashtirish xususiyati faylasuflar bergan ta`rifda o`z ifodasini topadi: «Tadqiqot jarayonida analiz bilishning tayyorgarlik ko`rish bosqichi hisoblansa, sintez uni yakunlaydi. Sintez orqali umumiy tushuncha, muhokamalar tarkib topadi».Ilmiy faraz lisoniy tadqiqotlar uchun ham odatiy holdir. Tilshunoslikka ma`lum hodisalarni qiyoslash asosida tillarning o`tmish holatini qayta tiklash maqsadini ko`zlagan qiyosiy-tarixiy metodning tadbiq qilinishi tillar qarindoshligi haqida farazlarga asoslanadi. Tillar qarindoshligini belgilovchi farazlar ularda ma`lum turdagi o`xshash xususiyatlar mavjudligiga tayansa, tillarning notekis rivojlanishi haqidagi farazlar esa ularning turli-tuman xususiyatlarga egaligi bilan izohlanadi. Aslida tillarning o`tmishini qayta tiklash maqsadining o`zi ham farazlar asosida fikrlashdan boshqa narsa emas. Masalan, «soqol» ma`nosidagi inglizcha beard, olmoncha bart, polyakcha b`roda, ruscha « boroda » so`zlari qiyosidan qadimgi bord o`zagi mavjud bo`lganligi haqidagi xulosaga kelish faraz qilinayotgan shakl-ku! Lekin faqatgina shu xildagi faraz asosida haqiqatan mavjud bo`lgan dalillarning tarixiy rivojini, ularning u yoki bu tilda qanday paydo bo`lganligini izohlash mumkinligini ham unutmaslik lozim. Tavsifiy tilshunoslikning tahlil metodlari deduktiv farazlarga asoslanadi. Masalan, differentsial (farqlovchi) xususiyatlar tahlili lisoniy birliklarning o`zaro munosabatda bo`lishi, tizimlilik xususiyatiga egaligi va tizimdagi o`rniga nisbatan ajratib olinishi hamda tasniflanishi mumkinligi haqidagi farazga asoslanadi. Lug`at tizimiga nisbatan distributiv tahlilning qo`llanishi esa so`z ma`nosi va uning birikish qobiliyati o`rtasida mutanosiblik (aloqa) mavjud, degan farazga tayanadi. Bunday misollar qatorini ko`plab davom ettirish mumkin. Farazlar vositasida voqelikni bilish jarayonida tug`iladigan savollar, vazifalarni echishga harakat qilamiz. Lekin faraz faqatgina ehtimollardan iborat va bu ehtimollar tadqiqot jarayonida o`z tasdig`ini topishi yoki inkor etilishi mumkin. Qo`yilgan muammo haqida faraz to`g`ri va isbotli bo`lishi uning mavjud dalillarga mos kelishi bilan bog`liq. Dalillar asosida isbotlangan faraz ilmiy nazariya yoki g`oya shaklini oladi. Lekin farazning dalillarga mos kelishini o`ta oddiy tasavvur etmaslik kerak.Tadqiqot ob`ektini ideallashtirish harakati mavhumlashtirish va mantiqiy tajriba harakatlari bilan hamkorlikda bajariladi. Mavhumlashtirishning eng keng tarqalgan turlaridan biri tenglashtirish (o`xshatish)dir. Tenglashtirish bilan bog`liq mavhumlashtirishda biz kuzatilayotgan predmetlarning ayrim individual xususiyatlarini «unutib», ulardan umumiylikni izlaymiz va shu umumiy belgilar asosida ularni bir xil, hatto ba`zan yagona bir predmet sifatida qabul qilamiz. Bu turdagi mavhumlashtirish nafaqat maqsadli tadqiqot vositasigina bo`lib qolmaydi. Bunday yondashuv inson bilish faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo`ladi va shu sababli umumlashtirish amali nutqiy faoliyatda doimiy ravishda voqelanadigan hodisadir: masalan, «daraxt» so`zi vositasida barcha turdagi daraxtlarni ifodalash mumkin. «Umumiylik» (yoki «aynanlik») tushunchasining qo`llanishi birmuncha shartlidir. Bir guruhdagi predmetlarni ma`lum bir nuqtai nazardan teng, bir xil deb qarash mumkin bo`lsa, boshqacha yondashuvda ular turli predmetlar sifatida qabul qilinadilar. Mavhumlashtirish kuzatish natijalariga asoslanadi va ushbu natijalarni aniq bir yondashuv asosida umumlashtirishdan iboratdir. Shu yo`sinda biz o`rganilayotgan ob`ektlar haqida shunday tushunchalarga ega bo`lamizki, bu tushunchalar ob`ektlarni ideallashtirgan holda aks ettirsa ham, aslida ularning moddiy ko`rinishini nazarda tutadi. Lekin mavhumlashtirish amali jarayonida muman moddiylik xususiyatiga ega bo`lmagan ob`ektlar haqida tushuncha hosil qilinishi mumkinligini ham unutmaslik kerak. Bunday mavhumlashtirilgan tushunchalar qatoriga, masalan, nuqta, chiziq, tekislik kabi geometrik tushunchalar ham kiradi. «Nomoddiy» ob`ekt tushunchasi tilshunoslikda ham o`z o`rnini topgan. Masalan, «nol fleksiya» («nol morfema») tushunchasini olaylik. Bu fleksiya so`z shakllarida o`z ifodasini topmaydi, uni faqatgina so`z o`zgartuvchi morfema mavjud bo`lgan shakl bilan qiyoslangandagina ajratish mumkin. Masalan, U kitob sotdi va U kitobni sotdi tuzilmalari qiyoslanganda, kitob so`z shaklida tushum kelishigining nol fleksiyasi mavjudligi haqidagi xulosaga kelish mumkin. Xuddi shuningdek, ingliz tilidagi a book va books hamda o`zbek tilidagi kitob va kitoblar shakllari qiyosida birlik soni nol morfema vositasida ifodalanadi deb aytish mumkin. Predmet va hodisalarning botiniy (bevosita kuzatuvdan yashirin holdagi) xususiyatlarini bilish uchun shakllantiriladigan «nomoddiy» mavhum ob`ektlarni konstrukt deb atashadi. Komponent tahlil metodi. Komponent tahlil (KT) differentsial tahlilning leksik tizimga tadbiq etilishi natijasida yuzaga keladigan tahlil usulidir. Lug`aviy birliklar, xuddi boshqa sathlardagidek, til tizimida ma`lum tartibdagi guruhlarni tashkil qiladilar va ma`nolari jihatidan (ushbu guruhlar doirasida) o`zaro paradigmatik munosabatlarda bo`ladilar. Bunday paradigmatik dasturlarni «mavzuviy guruhlar» yoki «leksik-semantik guruhlar» (LSG) deb ataydilar. Masalan, quyidagi mavzuviy guruhlarni ajratish mumkin:

1) uy jihozlari nomlari: stol, stul, shkaf, kreslo, divan, sandiq, taxmon va h.k.

2) metereologik hodisalar: shamol, qor, yomg`ir, izg`irin, to`fon, bo`ron va h.k.

3) qon - qarindoshlik atamalari: ota, bola, ona, qiz, o`g`il, aka, uka, tog`a, jiyan, xotin, qaynota va h.k.

4) his-hayajonni ifodalovchi so`zlar: xursandchilik, xafalik, shodlik, mamnunlik, nafrat, zavq, shafqat va h.k.

5) inson intellektual faoliyatini ifodalovchi fe`llar: o`ylamoq, ikkilanmoq, fikrlamoq, bilmoq, faraz qilmoq, tushunmoq, eslamoq, unutmoq



va h.k.

Har bir mavzuviy qator ushbu guruhga kiruvchi so`zlar o`rtasida taqsimlanadigan umumiy «ma`no doirasini» qamrab oladi. Bu qator doirasidagi har bir so`z ma`nosi boshqasinikiga moslashadi. Ular semantik umumiylikka egadir va ayni paytda, bir-biridan farq qiladi. Shu asosda ularni qarama-qarshi qo`yish va qiyoslash yo`li bilan har bir so`zning ma`nosini komponentlarga (bo`laklarga) ajratish mumkin. Ushbu differentsial ma`no xususiyatlarini aniqlash KT ning asosiy maqsadidir. KT metodi qisman lug`atshunoslik amaliyoti bilan bog`liq holda shakllangan. Ma`lumki, izohli lug`atlarda so`zlarning ma`nosi ularning boshqa so`zlar bilan bo`lgan semantik aloqalari asosida izohlanadi. Ma`nolarning bu usulda izohlanishi turli so`zlarni ularning semantik belgilari umumiyligi asosida ma`lum leksik-semantik guruhlarga ajratish imkonini yaratadi. Shuning bilan bir qatorda ushbu guruhlanish jarayonida qisman bo`lsa-da, so`zlarning farqlovchi ma`no xususiyatlari ham inobatga olinadi. KT da lug`atshunoslik amaliyotining ushbu tajribasiga tayaniladi va farqlovchi belgilar tizimlashtiriladi. Yuqorida aytilganidek, til lug`at boyligi tarkibidan ma`lum LSG larning ajratilishi KT ning zaruriy ilk bosqichidir. Bu guruhlar tarkibiga ma`no jihatidan ma`lum bir umumiylikka ega bo`lgan, voqelikning alohida bir parchasini aks ettiradigan lug`aviy birliklar kiradi. Voqelikning ma`lum qismlarga ajratilishi bilan bog`liq mental faoliyat ko`p bosqichli faoliyatdir. Shu sababli turli ko`rinishdagi LSG larning ajratilishi ham ko`p bosqichlidir.Masalan, tirik mavjudotlarni atovchi birliklar birikadigan LSG jonsiz predmetlar nomlari guruhiga qarama-qarshi qo`yiladi. Bu umumiy guruh tarkibida qushlar nomlari leksik-semantik guruh, masalan, baliq turlari atamalari guruhidan farqlanadi. Xuddi shu kabi, insoniy his-tuyg`ular bilan bog`liq so`zlar guruhini keyingi bosqichda ijobiy va salbiy his-tuyg`ular leksik-semantik guruhlariga taqsimlash mumkin. Biror bir leksik-semantik guruh tarkibiga kiruvchi so`zlar umumiy semantik xususiyatga ega bo`lishi sababli ushbu xususiyatni yagona bir so`z bilan atash ehtimoli tug`iladi. Ko`pincha bu so`z ushbu LSGning o`zidan tanlanadi yoki bu vazifani maxsus shartli belgi bajarishi ham mumkin. Masalan, harakat fe`llari LSGni ajratayotib, umumiy semantik belgini «harakat qilish» so`zi bilan atash yoki bilan belgilash umumiy qayd etilgan hodisadir. Agar ajratilgan LSG boshqa biror katta hajmdagi guruh tarkibiga kirsa, ushbu LSG so`zlarining ikki va undan ortiq umumiy ma`no xususiyatiga ega bo`lishi tabiiydir. Binobarin, salbiy emotsiya LSG tarkibidagi so`zlar uchun «emotsionallik» va «salbiylik» semantik xususiyatlari umumlashuvi bir xilda xosdir. Ma`lum qatordagi so`zlarni yagona bir LSG tarkibiga biriktiruvchi umumiy semantik xususiyat ayni paytning o`zida guruhlarni bir-biridan farqlash uchun ham asos bo`ladi (ushbu guruhlarni o`zaro qiyoslash va qarama-qarshi qo`yish uchun mantiqiy asos bo`lgan taqdirda). Buni biz salbiy his-tuyg`uni ifodalovchi so`zlar guruhida ham ko`rishimiz mumkin. Ushbu holatda «salbiylik» xususiyati «ijobiylik» xususiyatiga qiyosan ma`lum bir LSG ni ajratuvchi semantik belgiga aylanadi. Komponent tahlil jarayonida har bir so`z ma`lum bir LSG ga tobe birlik sifatida qaraladi. Shu sababli KTning ob`ekti alohida so`z

bo`lmasdan, balki to`liq tarkibdagi leksik-semantik guruhdir. Lekin KT oxir-oqibatda alohida so`zlarning ma`no hajmini, uning barcha holatlarda

namoyon bo`ladigan semantik xususiyatlarini aniqlash maqsadini ko`zlaydi.So`zsiz, KTning tadbiq qilinishi miqdor jihatidan chegaralangan LSG larda osonroq kechadi. Shu sababli bo`lsa kerakki, qariyb barcha semasiologiyaga oid risola va o`quv qo`llanmalarida misol tariqasida qon-qarindoshlik atamalari guruhiga izoh beriladi «Ota», «Ona», «o`g`il», «qiz», «amma», «xola», «amaki», «tog`a», «kelin», «kuyov», «aka», «uka», «pochcha», «yanga» kabi leksemalar «qarindoshlik» ma`no xususiyati umumiyligiga asosan yagona bir guruhga birikadilar. Ammo ushbu so`zlar boshqa turdagi ma`no belgilari farqiga nisbatan qarama-qarshi qo`yiladilar: a) jins: ayol (1) – erkak (2); b) avlod: bir avlod (3) – turli avlod (4): oldingi avlod (4) – keyingi avlod (5); v) qarindoshlik darajasi: qondoshlik (bevosita) (6)- bilvosita qarindoshlik (7). Bunday qiyoslash asosida quyidagi differentsial (farqlovchi) ma`no xususiyatlari qatori ajratiladi: R1-2, 3-(4-5), 6-7 va shu xususiyatlar asosida ushbu LSGga kiruvchi barcha so`zlar ma`nosi ma`lum turdagi farqlovchi belgilarning birikmasi yoki to`plami sifatida yoritiladi. Masalan, «ona» so`zining ma`nosi 2,4,6 xususiyatlar to`plamidan iborat (ayol jinsidan oldingi avlodga tobe bevosita qarindosh); «xola» so`zining ma`nosini esa R 2, 4, 7 xususiyatlarning birikishi tashkil etadi (ayol jinsidagi oldingi avlod, bevosita qarindosh); «kuyov» so`zi, o`z navbatida, R 1,5,7 ma`no xususiyatlar to`plamidan tashkil topadi (erkak jinsidan keyingi avlod, bilvosita qarindosh). Boshqa LSG lar tarkibidagi so`zlarni ham xuddi shu yo`sinda KT dan o`tkazib, ularning ma`no xususiyatlarini aniqlash mumkin. Binobarin, salbiy beixtiyor emotsiya LSG ga kiruvchi so`zlar quyidagi xususiyatlar asosida o`zaro qiyoslanadilar (Axmanova va boshqalar 1969: 65-77): 1) his-tuyg`uning paydo bo`lish xarakteriga nisbatan:

a) birlamchi (tashqi ta`sirga bevosita bo`lgan his-tuyg`u javobi): alam, o`kinch, qahr-g`azab, jahl, zarda kabilar.

b) ikkilamchi (oldingi emotsional holat ta`sirida tug`iladigan his-tuyg`u): nafratlanish, g`azablanish, achchiqlanish, zarda qilish kabilar;

v) yashirin emotsiya: g`azab, achchiq, qoniqmaslik, norozilik kabilar.

2) his-tuyg`uning kechish holatiga nisbatan:

a) passivlik: alam, o`kinch, qahr, zarda kabilar;

b) faollik: g`azablanish, nafratlanish, jahl qilish kabilar;

v) nazorat qilish imkoniyati mavjudligi: achchiq qilish, qoniqmaslik, alam qilish kabilar.

d) nazoratning yo`qolishi: quturish, zarda qilish, qahr qilish kabilar.

3) davriyligi:

a) davomlilik: qanoatlanmaslik, qoniqmaslik, alam, g`azab kabilar.

b) tugallanganlik: quturish, qahr, jahl, zarda kabilar.

Har qalay, biror bir LSG tarkibiga kiruvchi so`zlarni umumiy ma`no xususiyatlari asosida tahlil qilish jarayonida ushbu so`zlar semantikasini to`lig`icha yoritish imkoniyati anchagina chegaralanganligini ham unutmaslik lozim. Bundan tashqari, LSGlarni ajratish amali ham ayrim hollarda qiyin kechadi. Shu sabablarga ko`ra hozircha biror til lug`at boyligini tashkil qiluvchi so`zlar turkumlarining ma`lum guruhlar bo`yicha to`liq taqsimotini aks ettiruvchi lug`at yoki boshqa turdagi asar hozircha yo`q. Biroq KT mahsuldor va istiqbolli lisoniy tadqiq metodi ekanligini inkor etib bo`lmaydi, zero, ushbu metod vositasida ko`plab semasiologik muammolar echimiga yo`l topish mumkinligi o`z isbotini allaqachon topgan. Masalan, ushbu metodning polisemiya va omonimiya hodisalariga oid qator savollarga javob izlashda qo`l kelishi tajribada sinab ko`rilgan. Ukrainalik tilshunos M.I. Zadorojniyning fikricha, tashqi ko`rinishi bir xil bo`lgan so`zlarning alohida ma`nolari o`rtasida o`zaro bog`liqlik borligi yoki yo`qligi umumiy ma`no xususiyati mavjudligi mezonida qaraladi. Bunday hollarda so`zlar (yoki ma`no komponentlari) o`rtasidagi «semantik masofa»ni quyidagi formula yordamida o`lchash mumkin: Mb Ma Mb Ma Sab   1 Bu erda Sab – a va b ma`nolari o`rtasidagi «semantik masofa», Ma – a ma`noning bo`laklari to`plami, Mv – v ma`noning bo`laklari to`plami, ~ -to`plamlar kesimi belgisi (mos keladigan ma`no xususiyatlari miqdori), ~ -to`plamlar birikuvi belgisi (barcha ma`no bo`laklari yig`indisi). Ushbu formulaga asosan alohida ma`nolar o`rtasidagi semantik masofa noldan birgacha bo`lishi mumkin. Masalan, «ko`rmoq» 1 (ko`rish yordamida idrok etish) va ko`rmoq 2 (sezish, anglash) o`rtasidagi bunday masofa quyidagiga teng:

1) idrok qilish – idrok usuli;

2) ko`rish vositasida;

3) tasavvurda;

4) idrokning natijaliligi.

KT tadbiq etilayotgan so`zlarning sintagmatik xususiyatlari inobatga olingan holda bajarilsa, leksik sinonimlar tasnifi oson kechadi. Chunki lug`at birliklarining farqlovchi ma`no xususiyatlari bir xil imkoniyatga ega bo`lmaydilar. Ularning ayrimlari so`zlarni ko`rinishdagi faollashuvida farqlash imkoniyatiga ega bo`lsa, boshqalarining ma`nolari esa qarama-qarshi qatorlarda neytrallashuvi hech gap emas. Bunday so`zlar matnda o`zaro o`rin almashadilar. Teng huquqli o`rin almashinuv sinonim so`zlarni aniqlashning asosiy usullaridan biridir.




Download 41.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling