4-mavzu: Tilda imkoniyat va voqelik mushtarakligi (4 soat) O`zbek tili ta`limida innovatsion pedagogik texnologiyalar Reja


Download 41.15 Kb.
bet6/10
Sana14.11.2021
Hajmi41.15 Kb.
#173788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-маъруза

Distributiv metodi (inglizcha distributsiya - taqsimot) yordamida tildagi birlik va va elementlarning qo`llanish o`rinlari va holati tushuniladi. Distributiv metod til birliklarining nutq jarayonida boshqa bir birliklar bilan birika olish imkoniyatini tahlil etadi. Distributsiyani “sintaktik imkoniyat “ sifatida izohlash mumkin . Masalan , biror so`z , morfema , fonemaning boshqa so`z , morfema, fonema bilan munosabatga kirish imkoniyati shu birliklarning distributsyasi deyiladi .Distributsiyaning morfologik, sintaktik va leksik – semantik turlari mavjud. Morfologik distributsiya bir turkumdagi so`zning boshqa turkumdagi so`z bilan munosabatga kira olishidir : sifat bilan ot , ravish bilan fe`l . Tildagi biror unli tovushning distributsiyasi uning so`zning boshi,o`rtasi va oxirida, urg`uli yoki urg`usiz holatda, ochiq yoki yopiq bo`g`inda bo`lishini ko`rsatadi. Biror elementning umumiy distributsiyasi deganda, uning barcha qo`llanish holatlari va boshqa elementlar bilan birikib kelishi tushuniladi.

Odatda to`rt turli distributsiya farqlanadi:

1. Ikki elementdan biri uchragan o`rinda ikkinchisi uchramasa, ular bir-birlariga nisbatan to`ldiruvchi distributsiyada bo`ladi. Masalan, │p,t,k│undosh tovushlari unlilardan oldin, ikki unli o`rtasida so`z oxirida kelganda, aspiratsiyali, boshqa o`rinlarda, undoshlar bilan yonma-yon kelsa, aspiratsiyasiz tovushlar hisoblanadi. Demak, aspiratsiyali│ph,h,kh│tovushlar uchragan o`rinda aspiratsiyasiz │p,t,k│ tovushlari uchramaydi. Shu sababli bu tovushlar │p,t,k│ fonemalarining ikki turli allofonlari hisoblanadi.

2. Kontrast distributsiya go`yo zidlovni eslatadi. Bir o`rinda qo`llanib, ma`noni farqlashga xizmat qiluvchi elementlar kontrast distributsiya deyiladi: tok-pok-nok so`zlari boshidagi undoshlar kontrast distributsiya bo`lib, shu so`zlarni farqlaydi. Bunday so`zlar minimal juftlikdagi so`zlar deyiladi. So`z boshidagi│p,t,k│tovushlari fonemalarning allofonlaridir.

3. Erkin variatsiya. Bir xil o`rinda uchrasa ham ma`noni farqlay olmaydigan elementlar erkin variatsiyada bo`ladi. Masalan, o`zbek tilida │e│ unlisi so`z boshida ochiq (eshik, echki kabi) va boshqa holatlarda yarim ochiq talaffuz etilishi uning turli variatsiyalarini ko`rsatadi. Bu distributsiya ba`zan ekvivalent (muqobil) distributsiya deb ataladi.

4. Qisman ekvivalent distributsiya ikki turli element bir o`rinda ba`zan ishlatilishi, lekin ma`noni farqlay olmasligi bilan izohlanadi. Masalan, “taroq” so`zi │taroq│va │tarog`│, “cholg`u” so`zi │cholg`u│va │chalg`u│kabi talaffuz etilishi shu so`zlarning ma`nolarini farqlamaydi. Aslida esa, talaffuzda almashilgan tovushlarning har biri turli fonemalarning allofonlaridir.




Download 41.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling