4-mavzu: Tilda imkoniyat va voqelik mushtarakligi (4 soat) O`zbek tili ta`limida innovatsion pedagogik texnologiyalar Reja


Struktur metod va uning yo`nalishlari


Download 41.15 Kb.
bet5/10
Sana14.11.2021
Hajmi41.15 Kb.
#173788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-маъруза

Struktur metod va uning yo`nalishlari - tilshunoslik tarixida strukturalizm XIX - asrning 70-yillarida paydo bo`ldi. Struktur tilshunoslikning yuzaga kelishiga I.A.Boduen de Kurtene va F.de Sossyur qarashlari asos bo`lib xizmat qiladi. I.A.Boduen de Kurtene tilshunoslikka funktsionallik tamoyilini olib kirdi. Bunga asosan lingvistik vositalar nutq jarayonida bajaradigan vazifasiga qarab belgilanadi. Bunday tamoyil fonetika sohasida fonema tushunchasining paydo bo`lishiga olib keldi. Shveytsariya tishunosi F.de Sossyurning tilshunoslik oldidagi buyuk xizmati shundaki, u sinxroniya bilan diaxroniyani aniq farqlab berdi.

Oppozitsiya – qarama - qarshi qo`yish, zidlov metodi tildagi birliklarning paradigmatik tasnifi uchun qo`llaniladi. Tildagi barcha birliklar bir-birlariga qarama-qarshi bo`lib, o`zaro so`z, morfema, so`z birliklari, turli grammatik konstruktsiyalarni va gaplarni farqlaydi. Oppozitsiya metodi yordamida tildagi birliklar o`rtasidagi turli qarama-qarshiliklarning umumiy turlarini aniqlash mumkin (bir o`lchovli – a: b;ko`p o`lchovli – a: b::d: kabi). Bu zidlovlarning a`zolari o`rtasidagi munosabatlarni proportsional va yakkalangan, privativ (+ -belgisi bo`yicha), pog`onali (gradual) (masalan, │i-a│o`rtada │e│ni “sakrab” o`tiladi, yoki qaratqich kelishigi bilan chiqish kelishigi oppozitsiyasi o`rtasidagi boshqa kelishiklarni tushirib qoldirishga asoslangan), teng huquqli (ekvipolent)

oppozitsiya (masalan, │p-t││t-k│bir xil belgili: portlovchi, jarangsiz) sifatida qaraladi.




Download 41.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling