Amaliy mashg'ulot № Sоvuq usul bilan gulxayri ildizidan damlama tayyorlash texnоlоgiyasining o’ziga xоs tоmоnlari. Gulxayri Althea officinal


Download 29.5 Kb.
Sana01.11.2020
Hajmi29.5 Kb.
#139655
Bog'liq
Amaliy mashg'ulot № 8. Sоvuq usul bilan gulxayri ildizidan damlama tayyorlash texnоlоgiyasining o’ziga xоs tоmоnlari.


Amaliy mashg'ulot № 8. Sоvuq usul bilan gulxayri ildizidan damlama tayyorlash texnоlоgiyasining o’ziga xоs tоmоnlari.
Gulxayri - Althea officinalis L. (ruscha - altey lekarstvenniy, dorivor gulxayri, tojikcha - guli xayrii dorugi; qirg`izcha - gulkair, dari gulkan; turkmancha - cherbie). Gulxayri turlari (dorivor gulxayri, arman gulxayrisi, oq gulxayri) O`zbekiston sharoitida o`sadigan shifobaxsh o`simliklardan bo`lib ular Toshkent, Farg`ona, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Andijon viloyatlarida hamda Qoraqalpog`iston Muxtor jumhuriyatida tabiiy holda uchraydi. Ular odatda to`qayzorlarda, ko`lmakli joylarda, soylarda, botqoqliklarda, shuningdek begona o`t sifatida madaniy o`simliklar orasida, bog`larda, tog` bag`irlarida o`sadi. 38 Gulxayri turlari ko`p yillik, bo`yi 1,5 m gacha yetadigan o`t o`simlik. Poyasi bitta yoki bir nechta, tik o`suvchi, shoxlanmagan yoki yuqori qismi shoxlangan bo`ladi. Poyasining yuqori qismidagi barglari yaxlit, tuxumsimon, o`rta va pastki qismidagilari esa uch yoki besh bo`lakli holda bo`lib, bandi bilan poyada ketma- ket o`rnashgan. O`simlik gullari pushti yoki oq rangli, barg qo`ltig`iga, poya va shoxlari uchiga to`p-to`p bo`lib joylashgan. Mevasi - yassi, yumaloq, serurug` quruq meva. O`zbekiston sharoitida gulxayri iyun - avgust oylarida gullaydi, mevasi iyul - sentyabrda pishadi. Dorivor mahsulot sifatida gulxayrining ildizi, ayrim hollarda bargi ham ishlatiladi. Odatda bargini o`simlik gullaganida yig`ib olinib soya joylarda quritiladi. Ildizi kuzda kavlab yig`ishtiriladida, tuproqdan tozalab (sovuq suv bilan yuvib, ochiq havoda havol qilib quritiladi. Ularni xo`jalik miqyosida maxsus quritish maslamalarida 35-40°S haroratda ham quritib olish mumkin. Gulxayri ildizi tarkibida 35% ga yaqin shilliq moddalar, 37% gacha kraxmal, 2% asparagin, shuningdek qand, pektin, mineral tuzlar, yog` moddalarn bo`ladi. Ilmiy tibbiyotda gulxayri preparatlari tashqi dori sifatida kataral angina, o`tkir hamda surunkali faringit, stomatit, gingivit, shuningdek gipergidrozda qo`llaniladi (P. Churalinov, 1979). Gulxayri turlari ildizidan damlama tayyorlash uchun 10 g maydalangan mahsulot ustiga qaynatib sovutilgan bir stakan suv solib bir soat davomida qoldiriladi. So`ngra davo vositasida suzib olinib yaralangan va yalliglangan og`iz bo`shlig`ini chayish uchun foydalaniladi.

Rp: Ynf. rad Althaeae ex 10,0 - 200 ml D. S. Og`iz bo`shlig`ini chayqash uchun

Gulxayri qiyomi (Sirupus Altheae). Bu qiyom gulhayriiing quyuq yoki quruq ekstraktidan tayyorlanadi:

Extracti Altheae sicci 2 qism;



Sirupi Simplicis 98 qism.

Gulxayrining quruq ekstrakti qand qiyomida qizdirib va aralashtirib eritiladi, so‘ngra suziladi. Bu qiyom tiniq, quyuqroq sarg‘ish rangli, shirin mazali, o‘ziga hos hidga ega bo‘lgan suyuqlik. 200 ml dan shisha idishlarda chiqariladi. Balg‘am ko‘chiruvchi sifatida suyuq dorilar bilan birgalikda (miksturalarda) ishlatiladi.
Download 29.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling