Amaliy mashg’ulot-2 Armatura ishlari
Download 1.08 Mb.
|
amaliy-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1-rasm.Armatura konstruksiyalari
Amaliy mashg’ulot-2 Armatura ishlari Ishdan maqsad: armatura ishlarida bir qator texnologik jarayonlar uning tarkibiga armatura po’latlarni keltirish va saqlash, armatura konstruksiyalarini tayyorlash, o’rnatiladigan joyga tashish, yig’ish (montaj qilish) va tayyorlangan blokni betonlashtirishga topshirishni o’rganish Armatura ishlari – bu bir qator texnologik jarayonlar majmui boʻlib, uning tarkibiga armatura poʻlatlarni keltirish va saqlash, armatura konstruksiyalarini tayyorlash, oʻrnatiladigan joyga tashish, yigʻish (montaj qilish) va tayyorlangan blokni betonlashtirishga topshirish. Temir beton konstruksiyalarida armatura quyidagi asosiy funkstiyalarni bajaradi: – ishchi armaturalar – konstruksiyalarga ta’sir qiluvchi barcha kuchlarni (egiluvchi, chuziluvchi kuchlar) o’ziga oluvchi; – tarqatuvchi armaturalar – konstruksiyaga ta’sir qiluvchi kuchlarni ishchi armaturalarga teng tarqatuvchi; – montaj armaturalari – alohida armatura konstruksiyalari va setkalarini yig’ish va ularni tayyorlash, tashish va yig’ish jarayonlarida konstruksiyalarining o’zgarmasligini ta’minlovchi; – xomutlar – ko’ndalang ta’sir qiluvchi kuchlarga mo’ljallangan bo’lib, betonning qiyshiq yo’nalishlar oqibatida buzilishi oldini oladi. Temir beton konstruksiyalarining ishchi armaturalar bilan to’yinish darajasi – armaturalanish koeffisenti () bilan xarakterlanib, u ishchi armaturalar ko’ndalang kesimi yuzasining butun konstruksiya kesimi yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi: ; Suv xo’jaligi ob’yektlari konstruksiyalarida armaturalash koeffisenti () 0,1 % dan 0,5 % gacha bo’lishi ko’p holatlarda qayd qilinadi. Ba’zi sharoitlarda katta kuchlar ta’sirida uzoq muddatlarda ekspluatatsiya qilinadigan konstruksiyalarda = 1% gacha ham yetishi mumkin. Beton konstruksiyasini armaturalashda asosan ko’ndalang qirqimi aylana shaklidagi po’lat armaturalar yoki simlar keng qo’llaniladi. Ba’zi sharoitlarda metall konstruksiyalari sifatida po’lat burchaklar, shvellerlar, qo’shtavrlar ham qo’llanilishi mumkin. Suv xo’jaligi qurilishida «A» sinfiga kiruvchi maxsus ishlov berilgan po’latlar keng ko’lamda qo’llaniladi. Ular tashqi ko’rinish shakli bo’yicha silliq, diametrlari 6…40 mm va davriy profilli, diametrlari 6…90 mm bo’lib, ularning kuch ta’sirida uzilishga bo’lgan qarshiligi 380…600 Mpa tashkil etadi. Og’irligi bo’yicha olib qaralganda, meliorativ inshootlarda 1 m3 beton tarkibiga 40 kg dan 100 kg gacha armatura sarflanadi. Faqat betonni armaturalash uchun qo’llaniladigan konstruksiyalar – erkin armatura konstruksiyalari deyiladi. 9.1-rasm.Armatura konstruksiyalari a – panjara; b – armaturali karkas; v – armaturadan yasalgan ferma. Armatura ishlari hajmi va bajarilish muddatiga bog’liq ravishda metall konstruksiyalarini tayyorlash korxonasi (ustaxonasi) quvvati belgilanadi. Agar, metall konstruksiyalari asosan beton ishlari uchun mo’ljallanganligini inobatga olinsa, armatura konstruksiyalarini tayyorlash korxonasining bir ish smenasidagi ishlab–chiqarish unumdorligini, beton ishlari bir oylik jadalligiga bog’liq ravishda quyidagicha aniqlash mumkin: bu yerda:–1 betonga sarflanadigan armatura po’latning o’rtacha miqdori (0,04…0,1 ); – beton ishlarining hisobiy bir oylik jadalligi, m3/oy; – beton ishlari borishi notekisligini hisobga oluvchi koeffisent (); – bir oydagi ish kunlari, kun; – bir sutkadagi ish smenalari soni. Armatura ishlari bajarilish jadalligiini inobatga olgan holda, quyidagi turli korxonalar qabul qilinishi mumkin: armatura ustaxonalari (saroy yoki maydonchalar), kichik hajmdagi armatura ishlari uchun; armatura stexlari, bir smenadagi ishlab chiqarish quvvati 30 t gacha bo’lishi mumkin; bir ish smenasida 30, 100, 200 t va undan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan armatura zavodlari (asosan yirik gidrotexnika inshootlari qurilishida tashkil qilinadi). Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling