Amaliy mashg’ulot Ekotizim, produtsent, konsument, redutsent organizmlar funktsiyalari mohiyati Ishdan maqsad


Download 16.08 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi16.08 Kb.
#1333901
Bog'liq
5-amaliy


Amaliy mashg’ulot 5.
Ekotizim, produtsent, konsument, redutsent
organizmlar funktsiyalari mohiyati
Ishdan maqsad: Ekotizim, produtsent, konsument, redutsent organizmlar funktsiyalari mohiyatini o’rganish.
Masalaning qo’yilishi: Talabalar Ekotizim, produtsent, konsument, redutsent organizmlar funktsiyalari mohiyatini o’rganish orqali kerakli natijaga erishish.

Ekologiyada ekosistema juda keng funktsional birlik sifatida belgilangandir, chunki unda yopiq modda aylanishi mavjud. Tabiatda modda almashish jarayonini saqlab turish uchun anorganik moddalarni o’zlashtirish mumkin bo’lgan shakllar zaxirasi bo’lishi kerak. Bunda funktsional jihatidan farq qiladigan organizmlarning uchta ekolog’ik gruppalari bo’lishi zarur: produtsent, konsument va redutsentlar.


Produtsentlar — bular avtotrof organizmlardir, ya’ni yashil o’simliklar, fotosintez tufayli energiyani organik modda shaklida tanalarida yig’adilar, boshqacha qilib aytganda, o’simliklar o’zlarining tanasini anorganik moddalar hisobiga hosil qilysh qobiliyatiga egadirlar.
Konsumentlar — bular geterotrof organizmlardir. Konsumentlar, produtsentlar yoki boshqa konsumentlar tomonidan hosil qilingan organik moddalar hisobiga yashaydi va ularni yangi shaklga aylantiradi.
Redutsentlar — o’lik organik moddalar hisobiga yashab, shu moddalarni qaytadan anorganik moddalarga aylantiradilar.
Bu taqsimlash nisbiydir, chunki konsumentlar ham, produtsentlar ham ayrim hollarda redutsentlar shaklida namoyon bo’ladilar. Hayotiy davrida ular o’zlarini o’rab olgan muhitga modda almashish jarayonida mineral moddalarni chiqarib turadilar.
Tabiatda konsumentlar rolini faqat hayvonlar bajaradi, ularning faoliyatlari atomlarning siklik migratsiyasini ekosistemada saqlashda va tezlatishda juda ham murakkab shaklda namoyon bo’ladi.
Tabiatda ekosistemalarning masshtablari juda ham xilma-xildir. Xuddi shuningdek, moddalar aylanishining yopiqlilik darajasi ham bir xil emas, ya’ni bir xil atom siklda bir necha marta takrorlanadi. Ayrim ekosistema sifatida daraxtlar poyasidagi lishayniklarni ko’rsatish mumkin.
Produtsentlar sifatida esa simbiotik suvo’tlarini ko’rsatish mumkin. Ular fotosintezni amalga oshirishlari natijasida anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo’ladi. Konsumentlar sifatida esa mayda bo’g’imoyoqlilarni ko’rsatish mumkin. Ular lishayniklarning jonli to’qimalari bilan oziqlanadilar. Lishayniklarning yostiqchalarida yashaydigan ko’pchilik mikroskopik hayvonlar redutsent hisoblanadilar. Zamburug’lar faqat jonli to’qimalar va suvo’tlarining o’lik to’qimalari hisobiga yashaydilar.
Download 16.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling