Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yuklar tasnifi, taralar va ulardan foydalanish. Mashg’ulotning maqsadi
Download 0.93 Mb.
|
1 2
Bog'liqYuklar tasnifi, taralar va ulardan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashshish xududiy belgisiga ko’ra
Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yuklar tasnifi, taralar va ulardan foydalanish. Mashg’ulotning maqsadi: Yuklar tasnifi, taralar va ulardan foydalanish haqida ko’nikma hosil qilish. Avtomobillarda yuk tashish tasnifi Tashish hajmiga ko’ra yuk tashishni tashkil etishning quyidagi tamoyillari bo’lishi mumkin: bir turli juda ko’p hajmdagi yuklarni tashish; bir turdagi yuklarni nisbiy ko’p miqdorda tashish; kam miqdorli yoki yuklarni yig’ib tashish. Bir turdagi juda katta hajmda yuklarni tashishda bir turdagi yuklarni ko’p miqdorda tashish tushiniladi. Bunday tashishlar yuk oqimining tuzilishi, miqdori va yo’nalishining barqarorligi bilan xarakterlidir. Bunday tashishlarda, iloji boricha, bir turdagi va ish unumi yuqori transport vositalarini ishlatish maqsadga muvofiq. Bir turdagi yuklarni nisbiy ko’p miqdorda tashishda har xil turli va modelli yuk tashish transport vositalaridan foydalaniladi. Bunday tashishlar ortish-tushirish joylarining tez-tez o’zgarib turishi hamda yuk oqimlarining o’zgaruvchanligi bilan xarakterlidir. Bunday tashishlarda, iloji boricha, bir turdagi va ish unumi yuqori transport vositalarini ishlatish maqsadga muvofiq. Bir turdagi yuklarni nisbiy ko’p miqdorda tashishda har xil turli va modelli yuk tashish transport vositalaridan foydalaniladi. Bunday tashishlar orti-tushirish joylarining tez-tez o’zgarib turishi hamda yuk oqimlarining o’zgaruvchanligi bilan xarakterlidir. Kam miqdorli yuklarni tashishda jo’natuvchilar va qabul qiluvchilarning mayda hajmdagi yuklarni tashiladi hamda aholining maishiy ehtiyojlari qondiriladi. Bunday tashishlar transport vositalarida bir paytning o’zida bir necha xil yuklar tashilishi, ba’zida esa ularni ortish-tushirish joylari har xil joydaligi bilan xarakterlidir. Tashshish xududiy belgisiga ko’ra: yuk tashishlar passajirlar tashishdagicha shahar, shahar atrofi, shaharlar (viloyatlar)aro, tumanlararo, tumanlar ichi tashishlarga bo’linadi. Tashishni tashkil etish tamoyillari Tashishni tashkil etishda, uning bir tekisligi va o’z vaqtida bajarilishiga hamda yuklarning miqdori va sifati saqlanishiga, texnika, materiallar va pul xarajatlari eng kam bo’lishiga, yuqori darajali tejamkorlik va tannarxi eng arzon bo’lishiga e’tiborni jalb etish lozim. Belgilangan miqdordagi tashish hajmini bajarish uchun zarur bo’lgan TV va boshqa har xil qurilmalar soni minimal miqdorda va ular unumdorligi maksimal bo’lishini ta’minlash lozimdir. Yuk tashishni oqilona (ratsional ravishda) tashkil etish uchun o’z vaqtida ishlab chiqilgan va vaqti belgilangan reja zarur. Bunday rejani ishlab chiqishga aloqador mijozlarni keng ishtiroki bo’lishi zarur. Bunda TVning liniyada ishini me’yorli bo’lishiga hamda ortish-tushirish operatsiyalari o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash lozim. Avtotransport saroyi va mijozlarning o’zaro munosabatlari belgilangan topshiriqni bajarishda o’zaro manfaatdorlik asosida bo’lishini ta’minlash, uni amalga oshirishda esa tashish rejasiga shartnomalar va ayrim kelishuvlarga tayangan holda bo’lishi kerak. O’z vaqtida tashishni bajarishlikka mijozlar va avtotransport saroylari barobar javobgardirlar. Avtotransport saroylari uchun barcha mijozlarga bo’lgan munosabat bir xil bo’lishi, ayrim mijozlarga xizmat ko’rsatishda boshqa mijozlar zarar ko’rish hisobiga ularni afzal ko’rmoqlikka yo’l qo’yish mumkin emas. Istisno sifati alohida hollarda (masalan, tabiiy ofatning oldini olishda) yoki xukumat ko’rsatmasiga binoan bunday ishlarga yo’l qo’yilishi mumkin. Umumfoydalanish avtotransport saroylari barcha yuklarni tashishga qabul qilishlari zarur. Bundan istisno, ayni saroyda bor TV bilan tashib bo’lmaydigan yuklar. Barcha tashish ishlari mijozlar va ularning bajarish vaqtlaridan qat’iy nazar shartnoma (o’zaro majburiyati) bilan tashish rejasiga binoan bajariladi. Avtotransport korxonasi va mijozlarning o’zaro munosabatlarini shartnoma orqali tartibga soliniladi. SHartnoma orqali ular aloqalari, tashish qatnashchilari, moliyaviy tartibni mustahkamlash kabilar belgilanadi. Tashishga belgilangan shartnoma ish xujjatlarining asosi bo’lib, u joriy (yillik), kvartal va ildam (smena-sutkali) rejalar tuzish asosi hamdir. Avtotransport saroyi bilan shartnoma tuzuvchi mijoz odatda yuk jo’natuvchi, ba’zi hollarda esa yuk qabul etuvchi bo’ladi. Yuk jo’natuvchi bu tashkilot (korxona) yoki uning nomidan yuk jo’natuvchi shaxs bo’lishi mumkin. SHartnoma yozma shaklda yoki bir marotabali talabnoma (zayavka) shaklida bo’lishi mumkin. Kyingisi rejada belgilanmagan mijozga xizmat qilishda ishlatiladi va uning kuchi shartnomaga tenglashtiriladi. SHartnomada quyidagilar ko’rsatiladi: a) shartnoma tuzishda vakolatli tashkilot va uning javobgar shaxsi; b) tashish miqdori va yuk turlariga ko’ra tashish xarakteri ko’rsatilgan shartnoma predmeti; v) tashishni bajarish sharti. Bunda tashish vaqti belgilangan reja, yukni berish tartibi, tashish masofasi, ortish-tushirish operatsiyalari bajaruvchi vositalar va ular ishlash tartibi, ekspeditsiya ishlari, talabnoma (zayavka) berish vaqti va uni rasmiylashtirish tartibi va h.k. bo’ladi; g) kelishilayotgan tomonlar javobgarligi; d) bajarilgan ishga hisob-kitob vaqti va uni bajarish tartibi, shartnomaga ko’ra da’voni ko’rib chiqish tartibi; tomonlar adresi bankdagi hisob-kitob raqami, jarimalar va shunga o’xshashlar. SHartnomada belgilangan shartlar buzilib bajarishda tomonlar jarima va nyustoyka to’lash tartibi kabilar ko’rsatiladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling