Amaliy mashg’ulotlar 1- chiqindi materiallaridan buyumlar yasash. Chiqindi materillaridan choynak tagligini yasash (2 soat)


Download 35.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.11.2023
Hajmi35.61 Kb.
#1775189
  1   2   3   4


Amaliy mashg’ulotlar 
1- Chiqindi materiallaridan buyumlar yasash. Chiqindi materillaridan 
choynak tagligini yasash (2 soat) 
Reja: 
1. Texnologiya xonasida ishlash talablari. 
2. Ish o‘rnini tashkil qilish talablari. 
3. Ish qurollaridan foydalanish qoidalari. 
4. Chiqindi materiallaridan buyumlar yasash texnologiyasini o’rgatish. 
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: 
1. Amaliy mashg‘ulotlarda ish joyini to‘g‘ri tashkil etish talablarini o‘rgatish. 
2. Ish qurollaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish, amalda ulardan 
foydalanishga o‘rgatish. 
3. Mavzuni o‘tish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarini, amaliy ishlarni 
dars jarayonida yoritib berish. 
4. Chiqindi materiallaridan buyumlar yasashni o’rgatish. 
5. Chiqindi materiallaridan buyumlar yasash texnologiyasini o’rgatish. 
6. Amaliy ishini taqdimot qiladi, xato va kamchiliklarini to’g’irlaydi, baholanadi. 
Ta’lim metodlari: Tushuntirish, aqliy hujum, amaliy ish, “Klaster” 
texnologiyasi. 
Ta’lim vositalari: Ko‘rgazmalar, xavfsizlik qoidalari, rasmlar, slaydlar. 
O‘qituvchining vazifasi: 
1. Texnologiya xonasida ishlash talablari bilan tanishtiradi; 
2. Texnologiya darslarida ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish talabalarini o‘rgatadi; 
3. Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtiradi; 
4. Amaliy ish quroli turlari va ulardan foydalanish qoidalari bilan tanishtiradi; 
Kerakli materiallari va ish qurollarini tayyorlash. 
Metodik qo’llanmalar, slaydlar, tabriknoma turlaridan namunalar, kvilling usulida 
shakllar yasash bosqichlari, rangli qog’oz, rangli karton, qaychi, chizg’ich, qalam, yelim. 
Ish joyini to’g’ri tashkil etish: O’qituvchi stolning ustiga skater yoki dasturxon yozib
o’ng tomoniga qaychi, elim uchun cho’tka, chizg’ich, qalam, o’chirg’ich joylashtiriladi. 
O’quvchini old tomoniga elim, chiqindilar uchun quticha va latta joylashtiriladi. 
O’quvchining chap tomoniga, ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib turli urug’lar, 
qog’oz va boshqa kerakli materiallar joylashtiriladi. Ish jarayonida sanitarik-gigienik 
talablarga va ish qurollaridan foydalanish qoidalariga rioya etish kerak. 



Download 35.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling