Amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi Kafedra tarixi Amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi dastlab “ehm va dasturlash” nomi bilan 1978 yil «ehmning matematik ta’minoti»


Download 32.96 Kb.
bet1/5
Sana21.02.2023
Hajmi32.96 Kb.
#1216652
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliy mat va KT 1978-2022 lotin


Amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi


Kafedra tarixi


Amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi dastlab “EHM va dasturlash” nomi bilan 1978 yil «EHMning matematik ta’minoti» kafedrasi bazasida tashkil etilgan. Kafedra ochilgandan boshlab 2010 yilgacha professor, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan taʼlim xodimi” M.M.Aripov, 2010-2012 yillarda fizika-matematika fanlar doktori, professor B.Abduraximov, 2012-2014 yillar fizika-matematika fanlar nomzodi, dotsent A.Xaydarov, 2014 yil fizika-matematika fanlar nomzodi A.S.Matyakubovlar rahbarlik qilganlar. 2014 yildan boshlab esa fizika-matematika fanlar nomzodi, dotsent J.O‘.Muxammadiyev rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda kafedrada 7 ta fan doktori, 7 ta fan nomzodi va bir qator yosh o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Kafedra “Amaliy matematika va axborot texnologiyalar” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar va “Amaliy математика” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr mutaxassislar tayyorlaydi. 2000-2017 yillar davomida kafedrani “Amaliy matematika va axborot texnologiyalar” mutaxassisligi bo‘yicha 138 dan ortiq magistrlar bitirib chiqishgan. Kafedra bitiruvchilari respublikaning barcha viloyatlarida, ishlab chiqarishning turli sohalarida (maktab, o‘rta va oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari, moliya, soliq va bank tizimlari, ichki ishlar vazirligi, mudofaa vazirligi, bojxona va h.k.) mehnat qilmoqdalar.
Kafedrada matematik modellashtirish, chiziqsiz muhitda jarayonlar tadqiqoti (sonli, avtomodel), informatsion tizimlar, maʼlumotlarni himoya qilish, interval analiz usullari, teskari va nokorrekt masalalar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Jumladan, professor M. Aripov tomonidan taklif qilingan va ilm ahli orasida eʼtirof etilgan “Chiziqsiz masalalarni yechishning ajratish usuli” bo‘yicha nochiziqli, bir jinsli bo‘lmagan harakatlanuvchi bir va ko‘p komponentli muhitlarda issiqlik tarqalish jarayonlarini sonli, avtomodel va taqribiy-avtomodel tadqiq qilish yo‘nalishida (prof. M.M.Aripov, dots. A.Xaydarov, T.K.Xojiyev, F.A.Qobiljonova, A.Matyakubov, Z.R.Raxmonov, A.Tillayev, D.Nazirova, J.R.Raimbekov, M.Xojimurodova) ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, “Maʼlumotlarni himoya qilishning kriptografiya metodlari va dasturlarini yaratish, hamda ularni hayotga tadbiq qilish” (prof M.M.Aripov), “Interval analiz usullarini turli jarayonlarni o‘rganishga qo‘llashni asoslash va dasturiy taʼminotlarini yaratish” (prof. Z.X.Yuldashev), “Atmosferik jarayonlarni matematik va sonli modellashtirish, o‘rta Osiyo regioni uchun iqlim sharoitining o‘zgarishiga tog‘larning taʼsiri o‘rganish, sonli modelini qurish va dasturiy majmualar yaratish” (prof. B.F.Abduraximov), “Matematik-fizikaning nokorrekt va teskari masalalarini taqribiy yechish va tekshirish” (prof. K.S.Fayazov, I.Xajiyev) yo‘nalishlari bo‘yicha ham faol ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Yuqorida zikr etilgan ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha oxirgi 5 yillikda 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, shu jumladan chet ellarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirildi va nufuzli xalqaro ilmiy anjumanlarda 70 dan ortiq maʼruzalar qilindi (M.Aripov, B.F.Abduraximov, Q.S.Fayazov, Z.X.Yuldashev, A.Xaydarov, Z.R.Raxmonov, A.S.Matyakubov, I.Xajiyev). Informatika fanini masofali o‘qitish muammolari va informatsion texnologiyalarga bag‘ishlangan qator ilmiy izlanishlar natijalari ilmiy anjumanlarda muhokama qilindi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan dasturiy mahsulotlari uchun 20 dan ortiq mualliflik guvohnomalari olindi.
Kafedra qoshida “Amaliy matematika va axborot texnologiyalarning zamonaviy muammolari”, “Matematik-fizikaning teskari va nokorrekt masalalari” mavzusida ilmiy seminarlar va talabalar uchun bir nechta to‘garaklar muntazam ishlab turibdi.
Kafedrada 20 dan ortiq darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratildi. Shu jumladan prof. M.Aripov tomonidan «Internet va elektron pochta asoslari”, «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari”, hammualliflikda “Оснoвы интернет”, hamda 2 qismlik “Informatika. Axborot texnologiylari” o‘quv qo‘llanmalari (bir marta kirill alifbosida va ikki marta lotin alifbosida), akademik litsey va kollejlar uchun A.Xaydarov bilan birga “Informatika asoslari” o‘quv qo‘llanmasi, J.Muxamadiyev bilan birgalikda huquqshunos mutaxassislari uchun “Informatika” darsligi (kirill va lotin grafikasida), Z.X.Yuldashev va F.A.Kabiljanovalar bilan hammualliflikda “Оснoвы интернет” o‘quv qo‘llanmasi, N.Otaxov bilan hammualliflikda “Delphi dasturlash tili” o‘quv qo‘llanmasi va bir qancha maʼruza matnlari kabi adabiyotlar chop etildi.
Kafedrada Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Mets (Fransiya), Medison (AQSH), Belfast, London (Angliya), Gettingen (GFR), Fukuoka (Yaponiya), Kuala-Lumpur (Malayziya), Firat (Turkiya), Piteshti (Ruminiya), Syurix (Shveysariya), Vena(Avstriya), Myunxen (GFR) va boshqa bir qancha shaharlardagi ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilgan. Professor M.Aripov Piteshti (Ruminiya,1998), Mets, Fransiya (1997, 1999, 2000), Uxan (XXR 1990), Medison (AQSH, 1992), Firat (Turkiya, 1999), Germaniya (1976, 1998, 2000, 2001), Putra (Malayziya, 2008), Syurix (2009, Shveysariya) universitetlarida ilmiy maʼruzalar qilgan. Matematiklarning butunjahon kongressida (1998 yil Berlin) ilmiy maʼruzalar bilan chiqqan va majlislarida raislik qilgan. U Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropadagi “Matematika” hamda Olmoniyadagi “Amaliy matematika va mexanika” jamiyatlarining aʼzosidir.



Download 32.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling