Amaliyitchi talaba: Bekkeldiyev. M ammaliyot rahbar: Sh. Alliqulov


Download 37.7 Kb.
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi37.7 Kb.
#1604531
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HAFTALIK XISOBOT



1- HAFTA
Men Bekkeldiyeva Muattar Fazliddin qizi 27-fevral haftaning dushanba kunidan pedagogik amaliyotimni o’tash uchun Surxondaryo viloyati Ro’zo Choriyev nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab internatiga keldim. O’qituvchilar bilan tanishdim, ta’lim muassasasini o’rgandim. Menga 10-sinfni biriktirdi. 10-sinf o’quvchilari bilan tanishdim. Menga biriktirilgan amaliyot rahbarim etib rangtasvir fani o’qituvchisi Sh.
Alikulov ustoz tayinladi. Birinchi haftam davomida menga biriktirilgan o’qituvchini ish hujjatlarini o’rgandim. Sinf xonalarini kuzatdim. Menga biriktirilgan sinfni dars jadvalini o’rgandim. o’qituvchilar bilan tanishib ish hujjatlarini o’rgandim. Menga biriktirilgan sinf jurnalini kuzatdim. O’qituvchining yillik ish rejasi bilan tanishdim. Menga biriktirilgan fan o’qituvchimning topshirig’i bilan 1-11sinflarga Chizmachilik fanidan dars o’tishni aytdi va men o’quv qurollarimni taxt qildim, va Chizmachilik xonasi bilan tanishdim. O’zim o’tadigan fanim yuzasidan ish reja tayyoraldim. Shu haftadan boshlab 1-11 sinf o’quchilariga rangtasvir, chizmatasvir, chizmachilik fanidan dars o’tishni boshladim. Menga biriktirlgan fan o’qituvchimning topshirig’i bilan amaliyotchi burchagini tashkil qildim. Birinchi hafta bo’yicha hisobat tayyorlab biriktirilgan fan o’qituvchimga tasdiqlatdim.

Amaliyitchi talaba: Bekkeldiyev. M
Ammaliyot rahbar: Sh. Alliqulov
2- HAFTA
Amaliyotimning 2-haftasi 6-mart kuni dushanbadan boshlandi. Fan o’qituvchilari tajribalarini o’rganish metodikasini o’rganish maqsadida dars tahliliga kirdim va o’zimga kerakli xulosalarni oldim. Menga biriktirilgan o’qituvchi hujjatlarini o’rganib yordam berdi. Bu hafta to’garak ochish uchun to’garak xonalarini tashkil qildim. Xonani kerakli jihozlar bilan ta’minlashga menga biriktirilgan texnologiya fan o’qituvchisiga ko’maklashdim. Bu to’garakka kelgan har bir o’quvchi bu xonada tasviriy san’at olamiga kirib qolgandek his qilishini ta‘minladik. Bu hafta barcha sinf o’quvchilari uchun tasviriy san’at va chizmachilik fanalaridan to’garak ochdim. O’quvchilar rasm chizishni juda yoqtirishar va qiziqishi yuqori ekan. Ular bilan ishlash juda maroqli bo’ldi. To’garakka kelgan o’quvchilar bilan tanishdim. Ularga tasviriy san’at haqida ma’lumotlar berdim. Katta sinflarga ham chizmachilik fanidan to’garakni tashkil qilib oldim va ular bilan tanishib oldim. Menga biriktirilgan 10 sinf dars jadvalini o’rgandim. Maktabning ma’naviy –ma’rifiy tadbirlarini kuzatdim o’tiladigan tadbir ssenariylarini tuzdim, Pedagogik amaliyotimning 2-haftasi uchun hisobatni tayyorlab biriktirilgan fan o’qituvchimga tasdiqlatdim.

Download 37.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling