Amerika Qo’shma Shtatlari pul tizimi


Download 1.74 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1579645
Bog'liq
Amerika Qo’shma Shtatlari pul tizimi

Amerika Qo’shma Shtatlari pul tizimi

2I-20 guruh talabasi Komiljon Abdurahmonov

Bir necha asrlardan beri AQSh dollari xalqaro tijoratning qoni va Qo‘shma Shtatlar qudrati saqlanib turishi uchun barqaror omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Murakkab geoiqtisodiy jarayonlar, globallashuv tendensiyasi va bir qutbli dunyo ko‘p qutbliga aylangan bo‘lsa-da, xalqaro savdoda dollar yetakchiligini saqlab qoldi. Ayni paytda xalqaro hisob-kitob operatsiyalarining 60 foizidan ortig‘i hali ham AQSh dollarida amalga oshirilayotgani buning yaqqol isbotidir. Kun.uz boylik ramzlaridan biri bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlari dollari haqida hikoya qiladi.

Kelib chiqish tarixi

  • Dollarning kelib chiqish tarixi haqida ko‘pgina qiziqarli ma'lumotlar bor. «Dollar» so‘zi olmonchadagi «taler» so‘zidan kelib chiqqani aytiladi.
  • O‘rta asrlarda, dastlab 1519 yilda Germaniyada paydo bo‘lgan kumush tanga nomi «taller» shaklida zarb qilingan. 1873 yilda taller Germaniyada butunlay muomaladan chiqib ketdi. Uning o‘rniga marka kirib kelgan. Biroq uning nomi xalq orasida qolib ketdi. O‘sha paytlarda Angliya va Ispaniya koloniyalarida peso nomi bilan mashhur bo‘lgan ispan tangalari ishlatilgan. Bunday tangalarni ko‘p joylarda adashgan holda «dalar» deb atashar edi. Amerika qit'asi ispanlar koloniyasi bo‘lgani bois bu hududda ispan tangalari ishlatib kelinardi.

Kelib chiqish tarixi

  • Keyinchalik uzoq davom etgan mustaqillik urushlaridan keyin AQSh mustaqil bo‘ladi va milliy valutani yaratish hayotiy zaruratga aylanadi. 1792 yilda Qo‘shma Shtatlarda dastlabki zarbxona tashkil etilgan va AQShning birinchi dollarlari 1794 yilda kumushdan zarb qilingan. Tangalar ko‘lami va tarkibi jihatidan Peru va Meksikada zarb qilingan ispan pullariga o‘xshash edi. Shu bilan bir qatorda, Ispaniya va Meksika pesosi XIX asrning o‘rtalaridagi tangalar to‘g‘risidagi qonunga qadar Amerikada qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib kelgan.

Valutadagi tasvirlar, $ belgisi tarixi haqida

  • unyodagi eng mashhur valutaning yaratuvchisi nomi Oliver Pollokdir. U inqilob yillarida buxgalteriya daftariga daromad belgisini ko‘rsatish uchun dollar belgisidan foydalangan. Uzun inglizcha ibora «Piece of Eight», ya'ni 1/8 (nimchorak) qog‘ozda o‘chirilgan 8 ga aylanib, oxir-oqibat bizga tanish bo‘lgan dollar belgisi ($) paydo bo‘lgan.
  • XIX asr oxirlariga qadar AQSh rasmiy valutasida prezidentlarning portretlari tasvirlanmagan. Birinchi dollarlarda yunon va rim mifologiyasi belgilari va mahalliy amerikaliklar ishtirokidagi suratlar bo‘lgan.
  • Hozirda dollarni 1929 yildagi standartlar bo‘yicha zarb qilishadi. Dunyodagi eng mashhur kupyuralarning ustki ko‘rinishi 1929 yilda tasdiqlangan. O‘sha vaqtda kupyuraning old qismida portret, orqa qismida tarixiy obidalar, arxitektura va tabiat tasvirlanadi, deb ta'sis etilgan.

Eng ko‘p tarqalgan banknota bu - 1 dollarlik. Nashr qilingan banknotalarning deyarli 45 foizini 1 dollarliklar tashkil qiladi. Dollarlar nashr qilinadigan qog‘oz tarkibi 25 foiz zig‘ir va 75 foiz paxtadan iborat. Zamonaviy kupyuralar 4 mingdan ziyod bukilishlarga chidamli hisoblanadi.

Dollar haqida qiziqarli faktlar

  • Eng yirik qiymatdagi valuta – 100 ming dollarlik banknotadir. Prezident Richard Nikson bu kupyurani ishlab chiqarishni to‘xtatishni buyurib, eng yuqori nominal banknota 100 dollarlik bo‘lishini belgilab qo‘yadi. 100 ming dollarlik banknota Federal zaxira banklari o‘rtasidagi operatsiyalar uchun mo‘ljallangan edi va hech qachon muomalada bo‘lmagan.
  • 2. Yirtilgan banknotalarni almashtirish mumkin. Buning uchun yozuvlarning yarmidan ko‘pi mavjud bo‘lishi kerak.
  • 3. Birinchi Amerika dollar tangalari 1792 yilda muomalaga chiqarilgan.

Dollar haqida qiziqarli faktlar

  • 1862 yilda AQShning birinchi qog‘oz pullari zarb etiladi. Bu tanga pullar tanqisligi bilan bog‘liq muammoga yechim sifatida ko‘rilgan.
  • 5. Marta Vashington – AQSh valutasida tasvirlangan yagona ayol.
  • 6. Jorj Vashington portreti birinchi marta 1 dollarlik banknotada 1869 yilda aks etgan.
  • 7. Dollar kupyuralarining 94 foizi zararli bakteriyalar bilan ifloslangan.
  • 8. Eng ko‘p tarqalgan banknota bu – 1 dollarlik. Nashr qilingan banknotalarning deyarli 45 foizini 1 dollarliklar tashkil qiladi.
  • 9. «In God We Trust» (Xudoga ishonamiz) iborasi birinchi marta dollar tangalarda Fuqarolar urushi davrida paydo bo‘lgan. 1955 yildan boshlab u barcha banknotalarga bitilgan.

Dollar haqida qiziqarli faktlar

  • 1 dollarlikda AQShning 1-prezidenti Jorj Vashington, 2 dollarlikda 3-prezident Tomas Jyefferson, 5 dollarlikda 16-prezident, Shimol va Janub o‘rtasidagi urush g‘olibi Avraam Linkoln, 10 dollarlikda AQSh asoschilaridan biri, birinchi moliya vaziri Aleksandr Hamilton, 20 dollarlikda 7-prezident Endryu Jyekson, 50 dollarlikda 18-prezident, Fuqarolar urushi qahramoni Uliss Grant, 100 dollarlikda olim, publitsist va mohir diplomat Benjamin Franklin surati tushirilgan.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling