Amerika xalqlari


Download 19.99 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi19.99 Kb.
#1485180
Bog'liq
Документ (6)

AMERIKA XALQLARI


R e j a:
1.Amerika kit'asi axolisining tarixiy-etnografik joylashishi.
2.Etnogenezi, tili va irki.
3.Yevropaliklar mustamlakachiligining etnik-madaniy okibatlari.
Tayanch suzlar:
Odamlarning kit'aga kelib joylashishi. Ingrasiya yullari xakida farazlar. Tub axoli turmush tarzi. Til oilalari va ularning tasnifi. Antropologik tiplar. Yevropaliklar mustamlakachiligi va uning etnik-madaniy okibatlari. Xozirgi kunda amerika xalklari.
ADABIYOTLAR:
1.Jabborov N.M. Jahon etnologiya asoslari. T. 2005.
2.Jabborov I.M. Etnografiya asoslari. T.,1981.
3.Jabborov I.M. Etnografiya va jahonning etnik qiyofasi. T., 1982
4. Sadoxin A.P. Etnologiya. M., 2000.
5.Avеrkiеva Yu.P. Indеytso` Sеvеrniy Amеriki. M.,1974.
6.Faynbеrg L.A. Indеytso` Brazilii. M., 1975.
7.Bruk S.I. Nasеlеniе mira.M.,1981.
8.O`zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «O`zbеkiston milliy entsiklopеdiyasi milliy nashriyoti 2001-2006. 1-11 jildlar
Amerika kit'asi uzining territoriyasi bilan fakat Osiyodan bir oz kichikrok. Uning maydoni Grelandiya bilan 44,5 mln. kv. km.ni tashkil kiladi. Atlantik va Tinch okeanlari oraligida joylashgan shimoldan janubga 15,5 ming km uzunlikka chuzilgan bu kit'a aslida ikkita mustakil kuruklikdan iborat. Uning 24,3 mln. kv.kmga ega bulgan shimoliy kismi trapesiya shaklida, janubiy kismi katta noteksi uchburchakka uxshaydi. Amerikaning shimoldagi eng keng kismi ekvatordan pastrokda 4,5 ming km.ga xam yetmaydi. XX asrda shu yerda kazilgan 80 km lik Panama kanali Tinch va Atlantik okeanlarini boglagan muxim xalkaro savdo yuliga aylangan edi.
Eski kadimiy dunyo xisoblangan Yevropa, Osiyo va Afrikaga nisbatan Yangi Dunyo deb atalgan Amerikaning tabiati va iklimi nixoyatda rang-barang .Tinch okean soxillari buylab shimoldan janubga tomon butun ikki kit'aga chuzilgan Kordilyer nomli eng yirik tog tizmalari Tinch okeanida ruy berayotgan tektonik jarayon bilan boglik. Bu yerda eng baland togliklar va xozirdan notinch xisoblanadi. Bu yerda eng baland togliklar va xozirgacha kaynab turgan vulkonlar mavjud. Kt'aning ichki kismidagi bepoyon tayga, tundra va tropik urmonlar, cheksiz dashti biyobon va preriylar, katta-kichik kullar va daryolar inson uchun zarur maxsulotlar yetkazib beradi.
Amerikaning xayvonot dunyosi Yevropa va Osiyoga nisbatan bir oz kamrok. Mustamlakachilar kelguncha bu yerda indeyslar tomonidan fakat alpaka, lama, kurka kabi jognivorlar kulga urgatilgan. Janubiy va Markaziy Amerikaning tropik urmonlarida burni keng maymunlar yashaydi, ammo odamsimon turlari uchramaydi. Demak, olimlarning fikricha yangi dunyo antropogenezga kirmaydi.
Usimlik dunyosi ancha boy va rang-barang. Kit'aning kup madaniy usimliklari – makkajuxori yoki mais, kartofel, tomat, kakao kabilar uzining sifati va kishiga foydaliligi bilan Eski Dunyonikidan ustun turadi. Amerika ba'zi foydali usimliklarning vatani xam xisoblanadi. Uning bagridagi xilma-xil kazilma boyliklar xozirgi ilmiy-texnika tarakkiyotiga juda kul keladi.
Yangi Dunyoning axoli soni 1980 yilda 600 millionga yetdi. Shundan 250 millionshga yakini Shimoliy Amerikada, 350 millioni Latin Amerikasida yashaydi. Yevropaliklar kelish arafasida kit'ada turli ijtimoiy tarakkiyot pogonasida uzaro yakin karindosh bulgan indeys kabila, elat va xalklari yashagan. Ularning kupchiligi meksikaning Janubiy kismi, Markaziy Amerika va And toglarida joylashgan bulib, yuksak dexkonchilik madaniyati yaratgan, yukori ijtimoiy-iktisodiy darajada turgan xalklarning juda katta territoriyasida tarkok xolda joylashgan kam sonli mayda kabilalar terimchilik, ovchilik va balikchilik bilan shugullanib ibtidoiy-jamoa tuzumidan kutarilmagan. Amerikaning kashf etilishi arafasida uning tub axolisi taxminan 80-90 million kishiga yakin bulgan.
Indeyslarning kelib chikishi uzok davr fanda sir bulib turli gipoteza va muloxazalarni yuzaga keltirgan. Ayrim olimlar Amerika axolisi avtoxton, ya'ni shu yerda paydo bulgan, degan fikrni kutarib chikkanlar. Lekin xozirgacha bu yerda na ibtidoiy paleantrop kishilar yashagan makonlar, na odamsimon maymunlarning izlari aniklangan. Amerikaga odamlarning Osiyodan kuchib kelganligi, uning shimoldan janubga tomon asta-sekin kuchib tarkalganligi tasdiklangan. Bu kuchish Bering bugozi bulmagan Osiyo va Amerika kit'asi kushilgan bir davrda ruy bergan.
Sunggi 20 yil ichida kilingan kashfiyotlarga tayanib olimlarning kupchiligi bu yerda odam 30-25 ming yillar mukaddam paydo bulgan degan fikrga kelganlar. 50-100 ming yillar ilgari kela boshlagan, degan fikrni aytmokda. Janubiy Amerikaga esa odamlar dastlab 17-11 ming yillar ilgari kelgan, deyiladi.
Tub amerikaliklarning ajdodlari butun kit'ada shimoliy Alyaskadan to janubdagi Olovli osiyoliklardan kelib chikkanligini arxeologik dalillardan tashkari antropolik tuzilishdari xam tasdiklaydi. Ularning xammasi mongoloid irkiga oid bulib, badanining nisbatan jigar rangligi, kallaida kattik tugri tukli sochlari, badanining kam tukliligi, kora kuzliligi, keng yalpok yuzliligi va yonok suyagining chikkanligi bilan umumiy uziga xos tipni paydo kilgan. Ammo indeyslar
Osiyo mongoloidlaridan baland, burgutsimon burni, epikantus (kuz kiyachigi) ning kamligi va uzunrok yuzi bilan ajralib turadi. Ular balki, ayrim olimlarning fikricha, uzlarining osiyolik ajdodlarining antropologik tuzilishini saklab kolgandir. Indeyslardan shimoliy
Amerika va Grelandiyaga tarkalgan aleut eskimoslari ancha ajralib turadi. Ularda mongoloid belgilari juda kuchli va xozirgi Shimoliy-sharkiy osiyoliklarga ancha yakin. Demak, aleut eskimoslari Amerikaga kelgan axolining oxirgi okimi bilan boglik.
Kolgan barcha indeyslar bir necha asrlar va xatto ming yillar davomida asta-sekin shimoldan janubga va keyin kit'aning ichki territoriyasiga tarkalgan va turli elat va xalklarning shakllanishiga asos bulgan. Ba'zi umumiy belgilariga karab ularni odatda uchkatta guruxga: shimoliy amerikalik, markaziy amerikalik va janubiy amerikaliklarga buladilar. Ular uzaro fakat buyi va badan terisining rangi bilan farklanadidar.Shimoliy amerika indeyslari buyining balandligi, kuzining tugri kiyigi va urgutsimon burni bilan ajralib turadi.
Markaziy va Janubiy amerikalik indeyslar eng kadimiy irkiy belgilarini saklab kolganlar, odatda ular past buyli, ochik jigar rang badanga ega. Badiiy adabiyotda, ayniksa F.Kuper asarlarida indeyslarni “kizil tanlilar” deb xam ataydilar.
Amerika tub axolisining tillari kam urganilgan. Ammo ular juda kup mayda til guruxlariga bulinib ketgan.Olimlarning aniklashiga karaganda, bu yerda indeyslarning taxminan ikki mingdan ortik tillari mavjud bulib, ularni 110 til oilasiga bulish mumkin. Uz navbatida mazkur tillar oilasi beshta eng yirik til guruxlariga biriktirilgan: makrokarib, makroaravak, makrokechau, makromayya va bask-dene. Balki bu klassifikasiya indeyslarning kuchib kelish jarayoni, ya'ni migrasiontulkinni aks ettirishi xam mumkin. bulardan tashkari uziga xos xususiyatga ega bulgan uchta til turkumiga birlashtirilgan tarkok kabilalar borki, ular Janubiy Amerikada joylashgan bulib, eng dastlabki migrasiya bilan boglik.
Sunggi davrlargacha kupchilik kabul kilgan klassifikasiya asosida maxalliy tilarni 20 ga yakin til oilalariga biriktirilgan. Shulardan eng yiriklari kuyidagilar:
1.Amerikaning Shimolida Alyaskadan Grelandiyagacha Tinch, Shimoliy Muz va Atlantik okeanlari soxillarida joylashgan alleut va eskimoslar uziga xos eskimos til oilasini tashkil kilgan.
2.Algonkino-vakash til oilasiga biriktirilgan beshta guruxga Shimoliy Amerikaning shimoli-sharkiy kismidagi, asosan AKSH va Kanadada xozirgacha yashovchi indeys kabilalari kiradi.
3.Atapask yoki “na-dene” (“odamlar” degan ma'noni anglatadi) til oilasi. Bu oilaga kirgan 50 dan ortik turli kabilar Shimoliy Amerikada Alyaskadan to Kaliforniyagacha tarkalgan. Shulardan eng yiriklari navaxi va apachi kabilalari.
4.Stiu-xoka til oilasiga kirgan mashxur irokez, muskogi, siu (dakoti) kabi juda kup kabilalar Buyuk kullarning janubidan Meksika bugozigacha chuzilgan katta territoriyani egallagan.
5.Utmishda AKShning janubiy va xozirgi Meksikaning shimoliy rayonlarida joylashgan juda kup kabilalar yuto-tano astek til oilasiga biriktirilgan. Ularning kupchiligi xozir xam uz tillarini saklab kolganlar.
6.AKSH ning shimoli-garbiy rayonlarida va Kanadaning janubi-garbiy kismida penuti til oilasiga oid elatlar yashagan.
7.Otomi-mishteko-sapotek til oilasiga oid kabilalar Markaziy Amerikada Yukatan yarim orolining shimolida joylashgan. Xozir xam bu tilda bir millionga yakin kishi gapiradi.
8.Kadimiy yuksak madaniyat yaratgan mayya-soke til oilasiga kirgan turli xalklar xozirgacha Janubiy Amerika va Yukatan yarim orolida yashaydilar. Ularning soni bir nesa millionga yetadi.
9.Xozirgi Kolumbiya, janubiy Amerikaning shimolidagi rayonlarda va Panama bugoziga yakin joylarda yashayotgan chibcha til oilasiga iod xalklarning ajdodlari xam kadimiy madaniyat yaratganlar.
10.ispanlar kelish arafasida shimoldagi Floridadan janubdagi Paragvaygacha garbda garbda Tinch okeani soxilaridan sharkda Amazonka tarmoklarigacha keng territoriyada aravak tilida gapiradigan kup kabilalar yashagan. Antil orollarda aravaklarni ispanlar butunlay kirib yuborgan. Ularning xozirgi avlodlari Orinoko daryosi voxasida, Amazonkaning yukori kismidagi tarmoklarida, Venesuela, Kolumbiya, Peru, Braziliyaning ayrim kismlarida yashaydilar.
11.Aravaklar bilan birga keng territoriyaga tarkalgan Karib til oilasiga oid kup sonli elatlar Vest Indiya orollarida, xozirgi Braziliyaning Shimoli-sharkiy kismida, Orinoko daryosining kuyi okimida joylashgan. Xozir ularning avlodlari fakat materikda, asosan Gayyana, Fransiya Gvianasi, Braziliya, Venesuela va kisman Kolumbiyada yashamokdalar.
12.Turt shoxobchadan iborat tupi-guarini til oilasiga oid kabila va elatlar Markaziy Amerikaning ancha kismiga tarkalgan bulib, guarini tili utmishda va xozir xam “kabilalararo” til vazifasini bajarib kelgan. Paragvay axolisining kupchiligi xozir xam shu tilda gapiradi.
13.Latin Amerikasidagi eng kup sonli maxalliy tildan kechau tilida Peru, Ekvador, Boliviya, Argentina va Chili indeyslarining kupchilik kismi gapiradi.
14.Ba'zan kechau til oilasiga aymara tilidagi elatlar xam kirgan. Ular asosan Boliviya va Peruda, kisman Shimoliy Chilida yashaydilar.
15.Bir vaktlar katta territoriyani egallagan,endi fakat Janubiy Chilida kisman saklanib kolgan araukan tilida gapiradigan kabilalar xozir juda oz kolgan.
Janubiy Argentina, Chili va kisman Olovli Yerda chon yoki patagon tillaridagi kabilalar, amalda yukolib ketgan puelche, ona, alakuluf va yagan tillar oilasiga oid elatlar nixoyatda past primitiv tuzum darajasida turganlar. Mazkur tillardan tashkari Shimoliy va Janubiy Amerikada utmishda va kisman xozir xam saklangan ayrim til turkumlari borki, ular uziga xos mustakil oilalarni tashkil kiladi.
Xozirgi davrda indeystillarining asosiy kismi ayrim mamlakatlarning davlat tillari tomonidan sikib chikarilgan yokisikib chikarish arafasida. Fakat eng yirik til oilalari – kechau, aymara, mayya va ularga yakin tillar uz mavkeini saklab kolganlar. Bu tillarda Peru va Boliviyada xatto maktablar va adabiyotlar mavjuddir.1975 yil 27 iyunda birinchi marta Amerika kit'asida Peru xokimiyati kechua tilini davlat tili deb e'lon kildi. Paragvayda ispan tilini yengib birinchi darajada kutarilgan guarani tilida adabiyot va matbuot asarlari chikadi xamda radioeshittirishlari olib boriladi.
Yevropa mustamlakasiga ayniksa XU1 asr boshlaridan boshlab ispan va portugallarning kela boshlashi, Amerika kit'asidagi tub axolining takdirida muxim rol uynadi. Mazkur vokea kiska muddat ichida indeyslarning lingvistik, antropologik va etnik kiyofasida jiddiy uzgarishlarga olib keldi. Ammo eng katta fojia shundan iborat buldiki, okibatda indeyslarning juda kup kismi yo jismoniy mexnat tufayli, yo yevropaliklar keltirgan kasalliklardan kurbon bulgan. Dastlab Vest-Indiyaning tub axolisi bu jofiani boshidan kechirgan, ularning kupchiligi XU1 asrning birinchi yarmidayok kirilib ketgan.
Amerika kit'asiga yevropaliklarning kachrn kelganligi tulik anik emas. Ayrim olimlarning fikricha, bepoyon okean suvlari bilan xar tomondan yuvilib turgan bu kit'ga Eski Dunyodan kishilar bir necha ming yillar mukaddamkelib joylashgan. Bunday bulishi mumkinligini norveg sayyox olimi Tur Xeyerdalning “Ra” nomli papirus kemasidla utkazgan ekspedisiyasi xam tasdiklaydi. Taxminan ming yillar mukaddam Amerikaning shimoli-sharkiy soxillarida va Grelandiyada nrmannlarning yashaganligi aniklangan.
Aslida Amerikani mustamlaka kilinishi ispan xokimiyati xizmatidagi genuyalik Xristofor Kolumbning 1492 yil 12 oktabridagi kashfiyoti bilan boglik edi. Usha kuni buyuk sayyox Xindistonga garbiy yul bilan axtarib Karib dengizidagi Bagam arxipelagiga yetib kelib, uni Garbiy Xindiston deb uylagan. Juda kiyinchiliklar bilan kashf etgan ulkani Salvador (ispancha “xaloskor”) deb atagan. Kolumb keyinrok bir necha marta Venesuela, Gonduras va Panama soxillariga kelgan bulsada, bu yerlarni xindlarniki degan fikrini uzgartirmadi. Ammo uning ayrim zamondashlari yangi kashf etilgan yerlar Osiyo emasligini tez aniklab oldilar.
Ayniksa bu masalaga kitmir kalamli iste'dodli florensiyalik ispan xizmatidagi dengiz sarkardasi Amerigo Vespuchchi muxim aniklik kiritgan edi. U xam 1497 yildan keyin bir necha marta yangi kit'aga kelgan ekspedisiyaga bosh bulgan. Vespuchchi 1501-1502 yillardagi sayoxatidan keyin: “bu ulkani Yangi Dunyo deb atash lozim… Chunki bizning ajdodlarimiz bu yerlar tugrisida xech tasavvur kilmaganlar”. Uning Yevropaga yozgan mashxur xatlarini ukigan atokli geograf va kartograf Martin Valdzemyuller uzining 1507 yilda chikkan “Kosmografiyaga kirish” nomli asarida yangi ochilgan dunyo kismini “Amerigo yoki Amerika mamlakati” deb atashni xech kim man kilmaydi, deb birinchi yozgan edi. Shunday kilib, Kolumb kashf etgan yangi kit'a, keyingi sayyox nomi bilan tarixga kiradi.
XU1 asr boshlarida ispan istiloschilari Shimoliy Amerikaning Janubiy kismini bosib oladilar. Yangi Dunyoning afsonaviy boyliklari tugrisida turli xikoyalarni eshitib sayyoxlar ketidan kelgan ispankonkistadorlari indeyslarni ayovsiz kirib talon-taroj kilganlar. Ayniksa 1519 yilda Ernando Kortes yurishlari natijasida xozirgi Meksikada asteklar davlati bosib olinadi. 15 yil keyinrok Fransisko Pisarro boshchiligida ispan lashkarlari xozirgi Peru, Boliviya va Ekvador yerlaridagi Ink davlatini uziga buysundirdilar.
Ispanlar ketidan jiddiy ravishda boylik axtarib portugallar, inglizlar, franyuzlar va gollandlar kela boshlaydilar va Yangi Dunyoni bulib mustamlakaga aylantiradilar. Okibatda Shimoliy Amerika Rio-Grande daryosining shimolidan ingliz va fransuzlar kuliga, Meksika, Markaziy xamda Janubiy Amerika ispanlar va portugallarning kuliga utadi. Vest-Indiya orollarini ispan, ingliz, fransuz va golland istilochilari uzaro bulib olishgan. Xatto Daniya xam bir kismini egallagan. Okibatda indeyslar serunum yerlaridan maxrum bulib, ularning bir kismi kulga aylangan, ancha kismi esa kirilgan. Ispaniya va Portugaliya kirollari, yirik feodallari va cherkovlarining xazinalari boylikka tulgan. Ayrim ma'lumotlarga karaganda, kiska muddat ichida ya'ni XU1 asrning bir inchi yarmida 15 million indeyslar kirib tashlangan. Vaxolanki, mustamlakachilar kelish arafasida Yangi Dunyoda tub axoli, ya'ni indeyslar soni 90-100 million kishiga yetgan. Agar mustamlaka arafasida xozirgi AKSH territoriyasida 400 kabiladan iborat 2-3 millionga yakin indeyslar yashagan bulsa, XX asr boshlariga kelib Amerika Kushma Shtatlarida 200 mingga yakin axolining 15 % ini tashkil kiladi.
XU1 asrning oxirlarida portugaliyaliklar kul “ovlash” niyatida Janubiy Amerikaning ichki kismiga yurishlar kilib, bir necha ming indeyslarning yostigini kuritganlar. Shu davrdan boshlab, Amerika, Yevropa tarixida eng fojiali va daxshatli saxifalar boshlanadi. Boy plantatorlar ishchi kuchiga muxtoj bulib kirilgan indeyslar urniga kushimcha kul olib kelishga majbur buladilar. XU1 asrning birinchi choragidayok Vest-Indiya va Braziliyaga Afrikadan zurlab minglab negrlarni keltira boshlaydilar. Usha davrda Afrika negrlariga chinakam ov boshlanadi. Kuch biloan bosib olib kelingan bir necha ming kora tanlilar xalok bulib ketgan. Negr kullarni zurlab keltirish to X1X asr boshlarigacha davom etgan. Afrikadan keltirilgan kullarning umumiy soni xaligacha ma'lum emas. Ba'zi ma'lumotlarga karaganda, fakat Braziliyaning uziga Afrikaning asosan garbiy kismidan 10 millionga yakin negrlarni kul kilib keltirilgan. Xozirgi AKShda 25 millionga yakin negr yashaydi. Amerikaning ayrim mamlakatlarida negrlar xatto axolining kupchilik kismini tashkil kiladi.
Utgan asrning urtalariga kelib Amerika kit'asining etnik kiyofasi ancha uzgarib ketgan. Shimoliy Amerika axolisining asosiy kismi Shimoli-Garbiy Yevropadan dastlab Britaniya orollaridan kelgan elatlardan iborat edi. Meksikada va butun Janubiy Amerikada ispanlar, fakat Braziliyada portugal tili xukmron bulib, xozirgi davrda 200 milliondan ortik kishi ispan tilida gapiradigan elatlardir. Butun Amerikada ingliz tilida gapiradigan axoli soni xam shuncha. Fransuz tilini 15 million, italyan tilini 8 million kishi uz ona tili deb xisoblaydilar.
Shunday kilib, mustamlaka kilingan Amerika kit'asining tub axolisi bir necha asrlar davomida kirilib, kelgindi elatlar bilan aralashib juda kamayib ketgan va yangi etnoslar paydo bulgan. 1775-1783 yillardagi mustakillik uchun kurashdan keyin tashkil topgan AKSH Shimoliy Amerikaning ancha kismini bosib olib, katta territoriyada uz xukmronligini urnatadi. Butun AKSH va Kanadada indeyslar xozirgi davrda axolining o,5 % ini tashkil kiladi, xolos.
Download 19.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling