Amir temur buyuklar nazdida


Download 15.53 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi15.53 Kb.
#1366101
Bog'liq
Amir Temur haqida


AMIR TEMUR BUYUKLAR NAZDIDA
Donishmandlik ramzi
Amir Temur olimlarga xayrixoh munosabatda bo‘lar, bilimi va halolligini ko‘rgan olimlarga ishonar edi. U tarixchi va faylasuflar, ilm-fan va ma’muriy sohada bilimdon bo‘lgan kishilar bilan suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtidan ham tushardi. Amir Temur o‘zidagi kishilarni bo‘ysundirish qobiliyatiga ularni o‘z hukmronligi ostida baxtiyor qilish iste’dodini ham qo‘shgan edi. (Lui-Matyo Langle)
Shatranj o‘yini
Amir Temur ko‘p vaqtini shatranj o‘yini ustida o‘tkazgan. U o‘z davrining mashhur shatranjchilari bilan bemalol bellasha olgan. (Xilda Xukxem)
Olimlarga e’tibor
Amir Temur faqat mahalliy mualliflarnigina rag‘batlantirmay, balki o‘z poytaxtiga chet el olimlari va shoirlarini ham jalb etdi hamda ularning hammasiga hotamtoylarcha mukofotlar hadya etar va o‘z shaxsiy e’tibori va homiyligi bilan ularni qo‘llab-quvvatlardi. Ana shu olimlarning ayrimlari Amir Temur saltanatida o‘z vatanidagidan ko‘proq ta’minlangan edi. (G. Vamberi)
Ilmga rag‘bat
Amir Temurning aqliy qobiliyatlari va qiziqishlari ko‘lami kishini ayniqsa hayratga soladi. Uning hukmdorligi bitilgan tarixlarda tibbiyot, astronomiya va, ayniqsa, arablar, forslar va turkiylar tarixi sohasidagi bilimlari madh etiladi. U zavq bilan olimlarning munozaralariga kirishib, ko‘pincha g‘olib chiqardi... (V.F. Mans)
San’atga e’tibor
Amir Temur san’atni yuksak qadrlar edi. Uning o‘zi badiiy asarlar majmuasiga ega edi. Turli toifadagi mashshoqlar, suxandonlar, haykaltaroshlar, bog‘bonlar, rassomlar jahonning har xil davlatlaridan Amir Temur saroyiga to‘plangan edilar. (Xilda Xukxem)
Faqat haqiqat
Sayyidlar, olimlar, faqihlar va bilim egalari, shuningdek, uyg‘ur baxshilariyu fors adiblari Sohibqironga safarda ham, uyda ham uzluksiz mulozimlikda bo‘lgan ekanlar. Farmonga muvofiq ulardan bir guruhi muntazam ravishda ul Hazratning yurish-turishi va gap-so‘zlarida, mulk, millat va arkoni davlat ahvolida nimaiki gap bo‘lsa, to‘la-to‘kis yozib borardilar. Bu ishda mubolag‘a qilinmasin, deb alohida ta’kidlab buyurilgan edi. Shu yo‘sinda turkiy manzuma va forsiy qissa, har biri ul Hazratning yurish-turishidagi eng yirik voqealarni qamrab olgan nazm va nasr qalamiga olingan edi. (Sharafuddin Ali Yazdiy)
Jonboz quruvchi
Amir Temur jonboz quruvchi edi, u ajoyib bog‘-rog‘li muhtasham inshootlar barpo etdi, shahar va qishloqlarni tikladi. Sug‘orish tizimlari barpo etildi va ta’mirlandi, rasmiy tarix ta’biriga ko‘ra, u ekin ekishga yaroqli bir qarich yerni ham bekor qo‘ymasdi. (Sharqshunos, manbashunos olim V.V.Bartold)
Poytaxt
1370 yil martida Amir Temur Samarqandga qaytib, uni o‘z davlatining poytaxti qilib, keyin qonunlarni va o‘z hokimiyati davlat tuzumini tartibga soldi. (Ibn Arabshoh)
Kuch — adolatda
Barcha buyuk sarkardalar singari Amir Temur ham o‘z askarlarining mashaqqat va zafarlarini baham ko‘rardi. Ulardan qat’iy intizomni talab qilar, ularga bosh bo‘lib jang qilar edi. Hech vaqt o‘z jangchilarini yolg‘iz qoldirmas edi. U lavozimi, boyligi, irqi, dinidan qat’i nazar, barcha uchun adolat bir bo‘lishini nihoyatda sinchkovlik bilan kuzatib borar edi. ...Bunday hukm chiqarish odati, o‘z davri eng yaxshi sarkardasining jasorati va shuhrati singari, uning jangchilar o‘rtasidagi e’tibori va ta’sirining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanardi. (Keren Lyusen)
Download 15.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling