Amir Temur shaxsini ta`riflab bering


Download 19.75 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi19.75 Kb.
#105286
Bog'liq
Uzbekistan tarixi


  1. Amir Temur shaxsini ta`riflab bering.

Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336 yil 8 aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi boʻlgan. Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol koʻzga tashlanadi. Birinchi davri (1360–1385) Movarounnahrni moʻgʻul xonligidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, oʻzaro urushlarga barham berish. Ikkinchi davri (1386–1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa mamlakatlarga yurishlari bilan xarakterlanadi.

  1. Amir Temur qanday vaziyatda siyosiy kurash maydoniga kirib kelgan?

XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o`zaro kurashi kuchayib, mamlakatda siyosiy parbkandalik avjiga chiqadi. Mo`g`uliston xonlari Movarounnahrdagi og`ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu o`lkada o`z hokimiyatini o`rnatishga harakat qiladilar. Tug`luq Temur 1360-1361-yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Movarolinnahr amirlari xalqqa bosh bo`lib mo`g`ul bosqinchilarga qarshi kurashga jur'at eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga o`tadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, o`zga mamlakatlardan boshpana izlaydi. Amir Temurning amakisi Kesh viloyatining hukmdori Amir Hoji Barlos Xurosonga tomon qochadi.

24 yoshli Amir Temur boshqacha yo`l tutadi. U Tug`luq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishib, xon xizmatiga kiradi. Natijada Tug`luq Temurning yorlig`i bilan o`z viloyatining dorug`asi etib tayinlanadi.

Shu tariqa Amir Temur Movarounnahrda siyosiy vaziyat keskinlashgan, uning mustaqilligini ta'minlash zaruriyati ko`ndalang bo`lib turgan tarixiy sharoitda siyosiy kurash maydoniga kirib keldi.


  1. Amir Temurning buyuk tarixiy xizmatlari nimada?

Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta.

Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va temuriylar davlati», «temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astronomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbeklarning, balki butun dunyo xalqlarining tarixi sahifalarida uchratar ekanmiz, ularning zaminida Amir Temurning ulkan xizmatlari yotishini nazarda tutishimiz lozim.

Ikkinchidan, Amir Temur, taqdir taqozosi bilan bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakalikdan ozod bo‘lishda yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Ildirimni (1389—1402) tor-mor keltirishi natijasida (1402 y.), bir qator Yevropa xalqlari ozodlikka erishdi; Oltin O’rda xoni To‘xtamishni (1376—1395) ikki marta (1391 va 1395 y.) tor-mor keltirib, Rossiyaning mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini tezlashtirdi.

Uchinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg‘or mamlakatga aylantirdi. Amir Temurning sa’y-harakati bilan obod etilgan shaharlar, qasabalar, qishloqlarni, Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Yassi (Turkiston) singari shaharlarda qad ko‘targan oliy imoratlarni aytmaysizmi?! Ularning ba’zilari hozir ham shaharlarimizga ko‘rk bo‘lib turibdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, shu yerda yana bir gapni aytmoqchiman. Amir Temur o‘z yurti Turkistonnigina emas, balki qo‘shib olingan yurtlarni ham obod qildi.



  1. A. Temurni harbiy sarkarda sifatida ta`riflab bering.

Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga to‘lgach, otasi uni o‘qishga berdi. Amir Temur yoshlik chog‘laridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o‘q uzish, boshqa turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir bo‘lib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan og‘ir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo‘lgan. Shu tufayli o‘spirinlik chog‘laridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli do‘stlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi do‘stlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqa) to‘planishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo‘lishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy bo‘linma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qo‘shinida lashkarboshilik darajasigacha ko‘tarilganlar.

  1. Qanday omillar A. Temur va temuriylar davri moddiy va ma`naviy madaniyatining ravnaqini ta`minlagan?

Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o‘zbek madaniyatining bugungi huquqiy joylashuvida asos bo‘lib xizmat qiladi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liqdir. Amir Temur davrida O‘rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san’at, hunarmandchilik va me’morchilik ravnaq topdi.

  1. Temuriylar davrida bunyod etilgan moddiy madaniyat namunalari qatoriga nimalarni kiritish mumkin?

Amir Temur va uning avlodlari hukm surgan tarixiy davrni nazardan o'tkazar ekanmiz, bunda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuksak marralari sari ko'tarilgan Movarounnahr va Xurosonning butun yorqin manzarasi ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi.Ulug`bek akademiyasining yutug`i va yuksak shuhratini asoslab bering. Xususan, Amir Temur siymosiga to'xtaladigan bo'lsak, uning o'zi yuksak ma'rifatparvar hukmdor sifatida xalq ichidan chiqqan qanchadan-qancha noyob iste'dodlar, ilmu urfon va din ahllari, me'moru hunarmandlarni parvarishlab o'stirish barobarida mam-lakat obodonligi, ravnaqi uchun ham doimiy harakatda, izlanishda bo'ldi. Uning davrida Samarqand va yurtning boshqa hududlarida qad rostlagan serhasham saroylar, bog'-rog'lar, masjid-u madra-salar, rabot-u karvonsaroylar, ko'priklar, suv havzalari va boshqa inshootlar Sohibqiron salohiyati va faoliyatining nechog'lik ko'p qirraliligiga dalolatdir.

  1. Ulug`bek akademiyasining yutug`i va yuksak shuhratini asoslab bering.

Ulug’bek davridagi madaniy markaz keyinchalik Ulug’bek akademiyasi nomini olib, dastavval mashhur fransuz yozuvchisi va olimi Volter (1694-1778) tomonidan e’tirof e’tilgandi. Ulug’bek atrofiga uyushgan ko`plab buyuk qomusiy olim soxiblari - Qozizoda Rumiy, Giyosiddin Jamshid Koshiy, Muxammad Ali Qushchi, Muxammad Havofiylar ilm-fanning turli soxalarida, ayniqsa, astronomiya, matematika singari aniq fanlar buyicha barakali ijod qildilar xamda o’zlaridan ulkan meros koldirib ketdilar. Temuriylar davri tasviriy san’atining ulkan namoyandasi, tengsiz talant soxibi, o’nlab mohir musavvirlarning ustozi, benazir ijodi xozirgacha xam insoniyat axlini lol qoldirib kelayotgan Kamoliddin Behzod (1455-1537) ham Hirot ijodiy muxitida faoliyat ko’rsatdi.

  1. Temuriylar davrida tarixshunoslik fani erishgan muhim yutug`lari to`g`risida ma`lumot bering.

Yana bir muhim yutug'i—bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir. Bu xayrli ishlarning yuzaga chiqishida ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo'lgan. Jumladan, Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta'sir ko'rsatganligi shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Xofiz Abruning «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa'dayn» va «Majma' ul-bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqish o'rni va ikki azim daryoning quyilish joyi»), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning yetti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik bog'i»), Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi fazilatlar»), «Xabibus siyar fi axboru afodul bashar» («Xabarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o'sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o'zida ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki bu hukmdorlarning davlat siyosati yohud harbiy yurishlari yohud shaxsiyatlariga oid ma'lumotlar aks etib qolmay, balki shu bilan birga o'sha davrning barcha murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar silsilasi ham ishonarli tarzda yoritilganligi ayon bo'ladi.

  1. Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy va musiqa san`ati ravnaqi to`g`risida nimalarni bilasiz?

Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san'at va rausiqa madaniyati rivoj topdi. Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid Naqqosh, Temuriylar davri xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli vakillari: Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va boshqalarning ijodi benazirdir. Masalan, nastaliq xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ul-kuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoni sohibi Sultonali Mashhadiy A.Navoiy va H.Boyqaroning ko'plab bebaho qo'lyozmalarini kitobot holiga keltirishda katta zahmat chekkan.Bundan tashqari Nizomiy, Farididdin Attor, Xo'ja Xofiz, Sa'diy Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz adabiyotimiz daholarining ko'plab asarlari ham uning betinim sa'y-harakatlari bilan ko'chirilib, avlodlarga armug'on etilgan. Tasviriy san'atda. Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy, Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko'zga tashlanib turadi. Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o'zining tabiiyligi, Einiqligi va origmalligi bilan kishini hayratga soladi.

  1. Alisher Navoiy o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi ekanligini isbotlab bering.

O'zbek adabiyotning yanada yuksak darajaga ko'tarilib, keng e'tirof topishida ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) ijodi alohida o'rin tutadi. Negaki she'riyat mulkining sultoni Navoiy o'ziga qadar bo'lgan turkigo'y shoirlar ijodi erishgan yutuqlarni o'zida mujassamlashtiribgina qolmay, balki ayni zamonda o'zining serqirra ijodi bilan bu adabiyotning yuksak kamol topishi va dovrug'ini ko'tarilishiga mislsiz ulush qo'shdi. Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabbayi sayyor», «Saddi Iskandariy» doston-larining har biri o'zining bebaho ma'naviy qudrati, badiiy yuksakligi, til boyligining mukammalligi bilan ajrafib turadi. Eng muhimi, o'zbek tilida ilk bor «Xamsa» bitishdek g'oyatda mashaqqatli vazifani sharaf bilan ado etgan Navoiy dahosi har qancha tahsinga sazovordir.


XTA 19/3 TALABASI CHORIYEVA MUNAVVAR.
Download 19.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling