Amir Temurning tarbiyaviy qarashlari Bajardi: Akramova Diyora mkt(bha)-70


Download 330.06 Kb.
Sana02.06.2020
Hajmi330.06 Kb.
#113087
Bog'liq
Amir Temur tarbiyaviy ishlar metodikasi

Amir Temurning tarbiyaviy qarashlari

Bajardi: Akramova Diyora MKT(BHA)-70

AMIR TEMUR HAQIDA

  • Amir Temur 7 yoshidan bilim olishni boshlaydi. U yosh bolalik davridan boshlab mard, dovyurak, jasur bo’lib o’sadi. Harbiy san’atni mukammal egallaydi. Qur’oni Karimni yod oladi, hadis ilmini o’rganadi. Dunyoviy bilimlarga ham ega bo’ladi. SHuning uchun ham iymon-e’tiqodli, halol pok, aql-zakovatli, o’z e’tiqodiga mustahkam rioya qiladigan, adolatli inson bo’lib yetishadi. Amir Temur o’z davlati qudratini yuqori ko’tarib dunyoga tanitadi.

TEMUR TUZUKLARI

  • Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo’ravonlikni yoqtirmas. Insonparvar, adolatli hukmdor edi. Masalan, «Temur tuzuklari» hukmdorning hokimiyatni boshqarish qoidalari hamda odob-axloq me’yorini belgilab beruvchi yo’riqnomadir. Taniqli olim Bo’riboy Ahmedov «Temur tuzuklari» podsholarning turish-turmush va axloq-odob normalarini belgilovchi risoladir, deb ta’riflaydi. Haqiqatan ham, mazkur asarni turmush odobi, hulq-odob qoidalari tartib berilgan an’anaviy asarlar qatoriga qo’ysak bo’ladi. Zero, tarixan ta’limiy-axloqiy asarlarning barchasida ham dastlab davlatni boshqarishga oid qarashlar, so’ng axloq me’yorlari bayon etiladi. Shunga ko’ra bu asardan ta’limiy-axloqiy asar sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amir Temur bu asarida insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolatlilik, vatanga sadoqat, jasorat, to’g’rilik, do’stlik va hamkorlik, mehr va muruvvat ko’rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislatlarni ulug’laydi va xiyonat, bevafolik, sotqinlikni qoralaydi.

AMIR TEMUR RIOYA QILGAN 12 QOIDA

  • Har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatlash; davlat va saltanatni boshqarishda o’n ikki tabaqa, toifadagi kishilarga tayanish; dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik bilan ish ko’rish, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko’rsatish, saltanat ishini yurg’izishda murosayu madora, muruvvat hamda sabr-toqat bilan ish ko’rish; Davlat ishlarini yurg’izishda davlat qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilish; adolat va insof bilan ish yuritish; sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhandislar, tarixchilarni izzat-hurmat qilish; azmu jazm bilan ish ko’rish (aytganiga rioya etish), buzuqchilikning oldini olish; fuqaroning ahvolidan ogoh bo’lib turish; barchaga hurmat-e’tiborda bo’lish, yaxshilik, muruvvat, ehson, izzatu ikrom, haqqini ado etish; farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do’st birodarlarni doimo yodda tutib, ular bilan yaqin aloqada bo’lish; sipohiylarni hurmat etish va ularga g’amxo’rlik qilish.

Bu o’n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir Temur o’zining hayoti tamoyillari haqida shunday degan: «Men o’z hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo’ydim va hamishalig’ ularga amal qildim, ular ushbulardir: Olloh — ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig’insang, istagan murodu maqsadingga yetkazadi; tafakkur — fikrlash va mushohada qobiliyati; qilich — ul yigitning yo’ldoshi, el-yurt osoyishtaliginining posboni, har qanday dushmanning mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin; imon — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug’lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi; kitob (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir».

  • Bu o’n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir Temur o’zining hayoti tamoyillari haqida shunday degan: «Men o’z hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo’ydim va hamishalig’ ularga amal qildim, ular ushbulardir: Olloh — ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig’insang, istagan murodu maqsadingga yetkazadi; tafakkur — fikrlash va mushohada qobiliyati; qilich — ul yigitning yo’ldoshi, el-yurt osoyishtaliginining posboni, har qanday dushmanning mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin; imon — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug’lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi; kitob (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir».

Amir Temur odob-axloq, iymon, e'tiqod, ta'lim-

  • Amir Temur odob-axloq, iymon, e'tiqod, ta'lim-
  • tarbiya sohasida o‗zi yuksaklikka, mutafakkirlikka
  • erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil
  • qilish uchun bobomizning o‗zi tomonidan
  • yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o‗gitlar,
  • pand-nasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqidagi
  • tarixiy asarlarni ko‗zdan kechirish kifoya. ―Tuzuki
  • Temuriy‖ (―Temur tuzuklari‖), ―Marfuzaota
  • Temuriy‖ (―Temurning aytganlari‖) va ―Vakioti
  • Temuriy‖ (―Temurning boshidan kechirganlari‖)
  • jahonga mashhur asarlaridir.

Download 330.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling