Ammoniyli selitra ishlab chiqarishning neytralizasiya bo’limini moddiy balansi
Download 97.35 Kb.
|
1 2
Bog'liq11111 2
Ammoniyli selitra ishlab chiqarishning neytralizasiya bo’limini moddiy balansi. Dastlabki ma'lumotlar: 100 % li ammoniyli selitra olish uchun qurilmaning unumdorligi (t/soat). . . . . 62.589 Nitrat kislota konsentrasiyasi (%).. . . . …… . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 58 Gaz holidagi ammiak konsentrasiyasi (%).. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 100 1000 kg ammoniyli selitra uchun yo’qotilishi,(%): Ammiak. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. .2,5 Nitrat kislota. . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . ... . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .7,5 Ammoniyli selitra olish quyidagi reaksiyaga asoslangan: NN3 + NNO3 = NN4NO3 + Q kJ. Neytrallanish jarayoniga asosan 1tonna ammoniyli selitra olish uchun ammiak va nitrat kislotaning nazariy sarfini hisoblaymiz. Ammiak uchun nazariy sarf, kg: (17 · 1000)/80 = 212,5 Nitrat kislota uchun nazariy sarf, kg: 63 · 1000/80 = 787,5 bu yerda: 17, 63, 80 - ammiak, nitrat kislota va ammoniy nitratning molekulyar massalari. Amaliy jihatdan reagentlarning yo’qotilishini hisobga olinganda, ammiak va nitrat kislota sarfi albatta nazariy sarfga nisbatan yuqori bo’ladi, kg. Ammiak uchun amaliy sarf, kg: 212,5 + 2,5 = 215 Nitrat kislota uchun amaliy sarfi, kg: 787,5 + 7,5 = 795 62.589 kg/soat bo’lgan 100% li ammoniyli selitra olish uchun talab qilinadigan reagentlarning sarfi, kg/soat. Ammiak sarfi, kg/soat: 62.589 · 215 = 13456.635 Nitrat kislota sarfi, kg/soat: 62.589 · 795 = 49758.255 Bundan ko’rinib turibdiki, 62.589 kg/soat bo’lgan ammoniyli selitra olish uchun talab qilinadigan ammiak sarfi 13456.635 kg/soat, nitrat kislota sarfi esa 49758.255 kg/soatga teng. Soatdagi unumdorlikka asosan reagentlarning yo’qotilishi, kg/soat: Ammiakning yo’qotilishi,kg/soat: 13456.635 - 212,5 · 62.589 = 156.472 Nitrat kislotaning yo’qotilishi kg/soat: 49758.255 - 787,5 · 37,768 = 469.417 58% li nitrat kislotaning sarfi, kg/soat: 49758.255 /0,58 = 85790.094 Bu miqdor nitrat kislota tarkibidagi suvning miqdori, kg/soat: 85790.094-49758.255 = 36031.839 Demak, neytralizator qurilmasiga kelayotgan reagentlarning umumiy miqdori, kg/soat: 13456.635 + 85790.094 = 99246.729 Apparatdagi neytralizasiya issiqligi qisobiga suvning bug’lanishini e'tiborga olmagan holda, ammoniyli selitra konsentrasiyasi quyidagicha aniqlanadi, %: 62589 · 100/99246.729 = 63,064 Suvning bug’lanishiga sarf bo’ladigan neytrallanish issiqligini hisobga olib, apparatdan chiqayotgan selitraning konsentrasiyasini 90% deb qabul qilib, tanlangan konsentrasiyaning to’g’riligi - issiqlik hisobi yordamida tekshiriladi. 6.1 – jadval
Download 97.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling