Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti tarix ta’lim yo’nalishi 202-guruh talabasi


Download 0.52 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1604496
Bog'liq
Sobirjonov Axroriddin

Andijon davlat universiteti

Tarix fakulteti tarix ta’lim

yo’nalishi 202-guruh talabasi

SOBIRJONOV AXRORIDDINNING

Sharq allomalarining ilmiy me’rosi

fanidan mustaqil ishi


Fozil odamlar shahri

Mavzu: “Fozil odamlar shahri” (Abu Nasr Farobiy)

Reja:

  • 1.Farobiyning “Fozil odamlar shahri”asari qisqacha bayoni
  • 2.Asardagi asosiy ilgari surilgan g’oya
  • 3.Fozil hokimning oldidagi vazifalari
  • 4.Fozillar makonidagi shaxslar

Birinchi mavjud boshqa barcha mavjudod borligining birinchi sababidir. Bo’lishi mumkin bo’lgan turli tuman kamchiliklarning barchasidan ozod-pokdir. Undan boshqa barcha mavjud narsa nuqsonlik bo’lishi holatidan holi emas. (Nuqson) bir bo’lishi mumkin va yoki birdan ko’p bolishligi mumkin.
Ammo avvaliga kelsak, u barcha nuqsonlardan holidir. Uning borligi barcha (borliq)dan afzal va boshqa borliqlar oldin kelur, uning borligidan yana ustun bo’lga va undan oldin keladigan boshqa borliqning bo’lishi ham mumkin emas. Demak, u borliq ustunligi (fazilati) borasida eng yuksak darajadadur, borliq mukammalligi nuqtai nazaridan qarasak, u yuqori martabadadur.
Fozillar shahrining birinchi boshlig’i tabiatan o’n ikkita hislat – fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur. Fozillar shahri hokiimi avvalo to’rt muchchali sog’-solim bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni bajarilishida biror a’zosidagi nuqson halal bermasligi lozim, aksincha, u sog’ salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim. (Ikkinchidan), bunday shahar hokimi tabiatni nozik farosatli bo’lib,, fikrlarini tez tushunib, tez ilg’ab olishi lozim, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur. (Uchinchidan), u anglagan, ko’rgan, eshtgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to’la-to’kis saqlab qolishi, barcha tavsilotlarni unutmasligi lozim. (To’rtinchidan), u zehni o’tkir, zukko bo’lib har qanday narsaning bilinar – bilinmas alomatlarinisezib olishi zarur. (Beshinchi), chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi zarur. (Oltinchi), u (ustozlardan) ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo’lishi , o’qish, o’rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi kerak. (Yettinchi), taom yeyishda, ichimlikda, aksincha o’zini tiya oladigan bo’lishi zarur. (Sakkizinchi). U haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi zarur. (To’qqizinchi), u o’z qadrini biluvchi va nomus oriyatli odam bo’lishi, pastkashlardan yuqori turuvchi, tug’ma oliy himmatli bo’lishi, zarur. (O’ninchi), bu dunyo mollariga, dinor va dirhamalarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvimaydigan) bo’lishi zarur. (O’n birinchi), tabiatan adolatparvar bo’lib, odil odamlarni sevadigan, istebdod va jabr-zulumni, mustabid va zolimlarni yomon ko’ruvchi, o’z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani haqiqatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o’zi suygan go’zallikni ravo ko’ruvchi bo’lishi zarur. O’z haq ish oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo’lishi zarur. (O’n ikkinchi), o’zi zarur deb hisoblagan chora – tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymasligi zarur.
Mana shu barcha xislatlarnihg bir odamda jamlanishi amri mahol, zero bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir. Mobodo fozillar shahrida shunday barkamol insonlar topilibqolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitiasi, yoki beshtasi kamol topganda ham, u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi. Ba’zi mahallarda fozillar shahrida bunday odamlar yoq bo’lib qolganda ham (vafot etganda yhud boshqa joyga ketgan vaqitda ) ana shu imom (hokim) yohud uning izdoshlari (agar mazkur imomdan so’ng birin – ketin shaharga boshliq bo’lsalar) chiqargan qonun va tartiblariga amal qilinadi.
Avvalgi imom o’rniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqorida aytilgan hislatlar – fazilatlar yoshlidan shakillangan bo’lishi zarur. Ana shunda bu keyingi imomda yana oltita fazilat hosil qilinishi zarur:
Birinchi – donishmandlik.
Ikkinchi – avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilishi uchun quvvai hofizaga ega bo’lishi.
Uchinchi – agar avvalgi imomlar davrida biror (yoki bir qancha) sohaga taluqli qonun qolmagan bo’lsa, bunday qonuni o’ylab topishi uchun ijod, ixtiro qilishi quvvatiga ega bo’lish.
To’rtinchi – hozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olishi va kelgusida yuz beradigan, avvalgi imomlar ko’zda tutmagan voqealarni oldinda ko’ra bilishi uchun bashoratgo’ylik hislatiga ega bo’lish. Bu hislat unga xalq farovonligini yaxshilashda kerak bo’ladi.
Beshinchi – avvlgi imomlar o’rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvalgilardan ibrat olib, o’zi to’qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg’in so’zlash – notiqlik hislatiga ega bo’lishi.
Oltinchi – zarur hollarda harb ishlariga mohirlik bilan rahbarli qilish uchun yetarli jismoniy quvvatga ega bo’lish; ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu-jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni yaxshi bilish.
Mobodo shu hislatlarning barchasini o’zida jamlagan bir odam topilmasa, lekin ikki kishi birgalashib, shu hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni biri – donishmand, ikkinchisi – qolgan hislatlar sohibi bo’lsa) shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo’yish zarur. Mobodo bir guruh odamlar birgalikda ana shu hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni – birida bu , ikkinchisida u, uchinchisida boshqa hislatlar bo’lsa) ana shu fozillar guruhini yurt rahbarligiga qo’yish zarur. Shu guruh a’zolari birgalashib, o’zaro kelishib harakat qilishsa har biri fozil hokim bo’lishi mumkin. Mobodo biror zamonda fozillar shaharda hokimlik qilayotgan bir yoki bir necha kishida boshqa zarur hislatlar bo’lsyu, ammo, donishmandlik bo’lmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi.
Fozillar shahrining ziddi bo’lgan shahar – johillar shahri, benomuslar shahri, ayriboshlovchilar shahri, dashgan, zalolatdagi odamlar shahridir. Bu shaharlarning vakillari – ayrim odamlar ham fozillarning ziddi bo’lgan odamlardir.
Johillar shahrining aholisi baht – saodatga intilmaydi, baxt – saodat nimaligini bilmaydi ham. Chunki jaholatdagi odamlar hech qachon baxt topmagan va baxt – saodatga ishonmaydilar. Faravonlikka kelsak, jaholatdagi odamlar (haqiqiy obdlikni bilmasdan) ba’zilar nazarida baxtu – davla bo’lib ko’rinadigan o‘tkinchi, yuzaki narsalarni, mol – dunyo jismoniy lazzatlarni, xirsu – shaxvatni, obro’, amal, shon- shuhratni haqiqiy baxt, farovonlik deb o’ylaydilar. Shu ne’matlardan har biri jaholatdagi odamlar nazarida hayotdan maqsad baht – saodat bo’lib ko’rinadi.
Zotan, (moddiy va ruhiy) ne’matlarning hammasi birgalikda uyg’unlashgan chog’dagina haqiqiy baxt-saodatga erishish mumkin. Bu ne’matlarning teskarisi – tan kasalliklari, kambag’alchilik, zavq, lazzatlar va hurmat, obro’ning yo’qligi – baxtsizlik bo’lib ko’rinadi).
Johillar shahrining bir qancha turlari bor. Shulardan biri zaruriy ehtiyojlar shahridir. Bunday shahar aholisi faqat badan uchun zarur bo’lgan narsalar: oziq – ovqat , ichimlik, kiyim – kechak, turar joy, jinsiy aloqa hamda shularga erishish uchun bir – biriga yordam berish bilangina cheklangan odamlardir.
Ayriboshlovchilar shahrining aholisi – to’qchilik va mol –dunyoga erishuvda bir –birlariga o’zaro yordam berishni hayotning asosiy maqsadi deb biladilar.
Razolat (tubanlik) va badbaxtlik shahri – bunday shahar aholisi faqat yeyish, ichishda, jinsiy aloqada, huzur-xalovatga erishishiga, hissiy lazzatlar, ishrat , kayf-safoning barcha turlariga intiladilar.
Obro’parastlar shahari. Bunday shahar aholisi o’zaro bir – birlarini maqtashni , ko’kka ko’tarishni yaxshi ko’radilar. Ularni o’zga xalqlar so’zda ham, ishda ham ulug’lashlarni istaydilar. Bir –birlarining oldida yoki o’zgalar ko’ziga ulug’vor, shon – shavkatli bo’lib ko’rinishni hohlaydilar. (Bututn dunyoni bosib olishga intilgan Rumo(Rim) imperiyasi poytahti shunday shahar namunasidir ).
Shahvatparastlar shahri. Bunday shahar aholisining har biri ehtiroslari tizginini jilovlamay, istalgancha shahvat nafslarini, tuban maylarni qondirishga intiladi.
Joholatdagi shaharning hokimi ham huddi shu shaharlar aholisi kabidur. Ular o’zlari hukumronlik qilgan shaharlarda yuqorida sanab o’tilgan shaxsiy sitaklarini tinimsiz qondirishga intiladilar.
Jahoatdagi shaharlar aholisining mashg’ulotlari ham yuqorida aytilgan maqsadlarga xizmat qiladi.
Yana bir toifa odamlar ham borki, ular tafakkuri zaifligi tufayli haqiqatdan chalg’ib ketadilar va tasavvurlaridan qay biri to’g’riyu, qay biri yolg’on ajratolmay qoladilar. Ular hech baxs talab qilmaydigan haqiqiy tasvvurni ham yolg’on deb o’ylaydilar. Ular haqiqatni anglash uchun yaqinroq borganlarida zehni zaifligi tufayli chalg’ib ketadilar va haqiqatni aslidan boshqacha tushunib, yolg’onni o’zlaricha haqiqat deb o’ylaydilar. Oqibatda bu odamlar “Umuman haqiqat yo’q , haqiqatga yetishdim deganlar o’z-o’zini aldovchilardir, odamlarni haqiqat yo’lidan boshlamoqchi bo’lgan yolg’onchi, kazzoblar, ular bunday kattaroq mansablarga yoki boylikka erishish maqsadida shunday so’zlarni aytmoqdalar ” deb o’ylaydilar. Provard natijada bu toifa odamlarning ba’zilari gangib qoladilar, boshqalari narsa va hodisalarni olisdan ko’ruvchi yoki tushida (g’ira-shira) ko’ruvchi odamga o’hshab, haqiqat bor-ku ammo, uni bilishga odamzodning aqli yetmaydi , deb o’ylaydilar. Bunday odamlar o’zlari bilgan narsalarni ham buzib talqin etishga intilib, erishgan narsalarini haqiqat emas, balki buzib talqin qilganlarini haqiqat deb o’ylaydilar.
Mazkur mavjudodlarning ko’pchiligi o’zlariga ato etilgan qobiliyat tufayli qarshi ish ko’ruvchi (tug’dirgan mashaqqatlarni) yengib o’ta oladilar. Shu tarizda olamdagi har bir mavjudod mavjudod o’ziga qarshi va umuman boshqa mavjudodlarni yo’qotib, o’z yashash sharoitini yaxshilashga intiladi. Bizga shunday ko’rinadiki, olamdagi barcha mavjudodlar faqat o’z yashash sharoitlarini yaxshilash uchun, o’ziga foyda keltirmay zarar keltiradigan boshqabarcha mavjudodlarni yo’qotish uchun, faqat o’zining yaxshiroq yashashini ta’minlash uchun dunyoga kelgan. Biz hayotda juda ko’p hayvonlarga tashlanib, o’zlariga tuzukroq foyda chiqmasa ham ularga zarar yetkazish va yo’q qilish uchun hamla qiladigan juda ko’p hayvonlarni ko’ramiz. Go’yo ularning har biri dunyoda faqat o’zi yashash uchun, boshqa mavjudodlarning yashashi ularga zarar keltiradiganday, shu hayvon borligining o’zi zararday, tabiat boshqalarni yo’q qilishga intiluvchi hayvonlarni uchratamiz. Mabodo, biror mavjudod boshqa mavjudodlarni yoq qilishni ko’zlamaganida ham , o’z foydasi uchun ularni qiynab ishlatishga intiladi. Ba’zi navdagi mavjudodlar boshqa navdagi mavjudodlar bilan huddi shunday munosabatdadirlar. Hatto bir navdagi mavjudodlar o’zaro shunday munosabatdadirlar. Bu mavjudodlar shunday yaralganki, doimo bir biriga qarshi kurashib, bir-birlariga dushmanilik qiladilar. Eng kuchlilari boshq alariga nisbatan mukammalroq tuzilgan bo’ladi. G’olib kelganlar ham bir-birini yo’qotishga urinadilar, go’yo boshqa mavjudodlar nomukammalday, ularning borligi bularga zarar keltiradiganday, yoxud boshqalar ularga faqat (qulday) xizmat qilish uchun yaralganday, barchasi bir birini ezib ishlatishga urunadi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling