Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti, “Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 105-gurux talabasi


Download 17 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi17 Kb.
#1004212
Bog'liq
Dekan tavsiyanomasi Beruniy


Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti, “Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 105-gurux talabasi, “Hokim”nomli davlat stipendiyasiga talabgor Azimov Arabboy Mubtoxidin o‘g‘li “Agroinjeneriya va gidromelioratsiya” fakulteti dekani X.O.Tursunovning


T A V S I YA N O M A S I

Azimov Arabboy Mubtoxidin o‘g‘li 1999 yil 26 mart kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida tavallud topgan. U 2014-2017 yillarda Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-sonli akademik litseyini a’lo baholarga tamomlagan. Shundan so‘ng 2019 yilda Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining O‘rmon xo‘jaligi va meva-sabzavotchilik fakulteti “Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” ta’lim yo‘nalishiga to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan.


Institutimiz jamoasi Azimov Arabboy Mubtoxidin o‘g‘li 2019 yildan buyon iqtidorli talaba sifatida yaxshi biladi. U o‘qishi davomida na’munali xulqi va fanlarni yaxshi baholarga o‘zlashtirib borishi bilan tengdoshlari orasida munosib hurmatga sazovor bo‘lib kelmoqda.Uning samimiyligi, rostgo‘yligi, do‘stlarining tashvishlariga sherik bo‘lishi va qo‘lidan kelgan yordamini hech kimdan ayamaslik fazilatlarini ibrat qilib ko‘rsatish mumkin.
Azimov Arabboy bugungi kunda nafaqat oliygohimizda balki viloyat va Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan barcha ma’naviy-marifiy tadbirlarda o‘zining faol ishtirok etishi, ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘zining ilmiy ishlanmalari va maqolalari bilan muntazam qatnashib borishi yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarni yoshlar orasida targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shayotganining yaqqol dalilidir va shu bilan birgalikda 2021-2022 o’quv yilida “Rektor stipendiyasi” tanlovi g‘olibi. 2022 yilda “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari”xalqaro mintaqaviy talabalar olimpiadasi ishtirokchisi.
Men Azimov Arabboyni o‘zi tanlagan sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga va Respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini yanada rivojlantirishiga o‘zining munosib xissasini qo‘shishiga ishonaman hamda Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’sis etilgan “Hokim”nomli davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etishiga munosib nomzod deb xisoblayman.
Agroinjeneriya va
gidromelioratsiya”
fakulteti dekani: X.O.Tursunov
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling