Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar kafedrasining Navbatdan tashqari bayonidan ko‘chirma


Download 18.01 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi18.01 Kb.
#1774615
Bog'liq
06.01.08-Усимликшунослик баёни1


Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
O‘simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar kafedrasining
Navbatdan tashqari____ -bayonidan ko‘chirma

“25” 08 2023y.




Andijon tumani

Qatnashdilar:
Kafedra mudiri: A.Uljaboyev, kafedra professori Z.Jumaboyev va kafedra professor-o’qituvchilari


Kun tartibi

  1. Kafedraga biriktirilgan 06.01.08-O‘simlikshunoslik ixtisosligi bo’yicha 1-bosqich tayanch doktoranti Akbarov Javoxirbek Sodiqjon o’g’lining qishloq xo‘jaligi falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiya ishi mavzusini o‘zgartirish to‘g‘risida.

Eshitildi: Kafedra mudiri A.Uljaboyev so‘zga chiqib, kafedrada 2022-2023 o‘quv yilida 06.01.08-O‘simlikshunoslik ixtisosligi bo’yicha 1-bosqich tayanch doktoranti Akbarov Javoxirbek Sodiqjon o’g’lining arizasida ko’rsatilgan va ilmiy rahbar tomonidan taqdim etilgan qishloq xo‘jaligi falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiya ishi uchun tasdiqlangan mavzuni o’qib eshittirdi va o’zgartirish uchun yangi dissertatsiya ishi mavzusi muhokamaga qo’yildi.
Akbarov Javoxirbek Sodiqjon o’g’lining 06.01.08-O‘simlikshunoslik ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya ishi mavzusini “Takroriy ekilgan moyli zig‘ir don hosildorligiga ekish muddati, ko‘chat qalinligi va mineral o‘g‘itlar me’yorini ta’siri” mavzusidan “ Takroriy ekilgan moyli zig‘ir navlarining yetishtirish agrotexnologiyalar elementlarini ishlab chiqish (Andijon viloyati sharoitida) mavzusiga o‘zgartirib, Ilmiy rahbar q.x.f.f.d, dotsent I.Tursunov tayinlansin.
So‘zga chiqdi: kafedra professori Z.Jumaboyev tayanch doktorantlarga berilayotgan ilmiy mavzularni dolzarbligi va tayanch doktorantura qabuli bo‘yicha Oliy ta’limdan keyingi ta’lim Nizomiga ayrim o‘zgarishlar kiritilganligiga to‘xtalib o‘tdi. Kafedrada bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dala tajribalarini o’tkazish uslubiyatlariga asosan bajarilayotganligini ta’kidlab o’tdi. Doktorantlarga berilayotgan ilmiy mavzular hozirgi kun talab darajasida berilayotganligini ta’kidlab, ularni davlat ilmiy-texnik dasturlari diorasidagi mavzularga moslashtirishni taklif qildi.
Muxokamada kafedra dotsentlari M.Atajanov, D.Xoldarova katta o‘qituvchilar I.Usmonov, A.Tog’ayev, G‘.Parpiyevlar ushbu qishloq xo‘jaligi falsafa fanlari doktori (PhD) darajasini olish uchun tanlangan dissertatsiya ishi mavzusi bo’yicha o’z takliflarini bildirdi.
Taklif ovozga qo‘yildi va bir ovozdan ma’qullandi.
Yig‘ilish qaror qiladi:

  1. 06.01.08-O‘simlikshunoslik ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranti Akbarov Javoxirbek Sodiqjon o’g’lining arizasiga binoan qishloq xo‘jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishdagi mavzusi Takroriy ekilgan moyli zig‘ir navlarining yetishtirish agrotexnalogiyalar elementlarini ishlab chiqish (Andijon viloyati sharoitida) mavzusiga o‘zgartirilsin. Ilmiy rahbar etib q.x.f.f.d, dotsent I.Tursunov tayinlansin.

Yig’ilish raisi A.Uljaboyev axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


Yig‘ilish raisi: A.Uljaboyev


Yig‘ilish kotibi: F.Raxmonova
Download 18.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling