Angren shahar xtbga qarashli


Download 183 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi183 Kb.
#1425335
Bog'liq
4-sinf fel nisbat2


Nizomiy nomidagi Tohkent Davlat Pedagogika Unversiteti 310-guruh talabasi
Adilova Maftunaning
4-sinflar uchun ona tili fanidan bir soatlik




Mavzu:. Fe'l yasovchi qo'shimchalarning imlosi (308-310-mashq)



Sana: Sinf: 4 Fan: Ona tili
Mavzu:. Fe'l yasovchi qo'shimchalarning imlosi (308-310-mashq)
Maqsad: Ta’limiy: Fe`l yasovchi qo`shimchalar haqida ma`lumot berish, gaplar tuza olish.
Tarbiyaviy maqsad: Do`stlik va bir-biriga mehr ruhida tarbiyalash; T.k5. san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish;. o'zbek xalqining milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarini amalda qo'llash malakalarini shakllantirish. Tk.3. kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish. Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirish
Fanga oid kompetensiyalar: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2. mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
Darsning turi :yangi bilim beruvchi,
Darsning metodi:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.
Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish,
o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish.
Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman. “So’z turkumlariga doir mashlar”: yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.
339- mashq. She’rni ifodali o‘qing.
Qushcha sayrar o‘z tilida,
Qizcha boqadi hayron.
Qizcha kuylar o‘z tilida,
Qushcha boqadi hayron.
To‘lib-toshib sayrar qushcha
Maqtab gulni, bahorni.
Maftun bo‘lib kuylar qizcha
Maqtab gulgun diyorni. Samandar Vohidov
Quyidagi savollarga javob bering va javobingizni yozing.

  1. Qushcha nima haqida sayraydi?

To‘lib-toshib sayrar qushcha
Maqtab gulni, bahorni.

  1. Qizcha nima haqida kuylaydi?

Maftun bo‘lib kuylar qizcha
Maqtab gulgun diyorni.
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
FE’L YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR
342- mashq. O‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’noli qismi bir bo‘lganlarini yonma-yon yozing. Asos va qo‘shimchalarni tegishlicha belgilang.
1.Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir. 2. So‘z ko‘rki maqol. 3. Askardek biyron so‘zla, So‘zlaganda mazmunni ko‘zla. (Quddus Muhammadiy) 4. Qars ikki qo‘ldan chiqadi. 5. Tun qorong‘isida dahshat bilan bir narsa qarsilladi. 6. Qarg‘a „qag‘“ dedi, mushuk „miyov“ dedi. 7. Qarg‘a qag‘illadi, mushuk miyovladi. (Ertakdan) 8. Radiodan sho‘x kuy taralmoqda. 9. Vatan madhini zavq bilan kuyladik.
Ko’z - ko’zla, so’z – so’zla, qars - qarsilladi,
qag’ - qag’illadi, miyov –miyovladi, kuy - kuyladik


So`z asosiga -la, -illa, (ulla) yasovchi qo`shimchalarini qo`shish bilan fe`l hosil qilinadi.
Ko`z-ko`zla qars-qarsilla
So`z-sozla taq-taqilla.


343- mashq. O‘qing. -la, -illa qo‘shimchalari bilan yasalgan fe’llarni aniqlang.
Yoqimtoy kompozitor
Bo‘lsammi deb o‘ylayman,
O‘zim yozib termasin,
O‘zim kuyin kuylayman. G‘afur G‘ulom
Ovqat yesa og‘zini chapillatar,
Goh o‘tirgan partasini taqillatar,
Ko‘chadagi kuchuklarni akillatar,
Birov uyin so‘rasangiz, laqillatar,
—Qaysi bola?
—Qaysar bola. Po‘lat Mo‘min
IV.Mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi. „Klaster“ usulida mavzu mustahkamlanadi.

V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.
VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.
345- mashq. So‘z yasovchi -la, -illa (-ulla) qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, fe’l hosil qiling. Qavs ichidagi ikkinchi so‘zni tushirib qoldiring.
Tozala, ta’rifla, taqilla , shivirla, tuzla, g‘uvulla, tabrikla, vaqilla, qaychila, so‘zla, g‘ingilla, dastala, pichirla.
Yasalgan fe’llarni namunadagidek yozing va yasovchi qo‘shimchalarni belgilang.
-la -illa
tozala taqilla
Download 183 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling