STARS
International University
379
Annotatsiya:
Ushbu maqolada strategik boshqarish tushunchasi, mazmuni tushuntirila-
di. Korxona va tashkilotlardagi samarali strategik boshqarish usullari, sanoat korxonlari-
ning raqobatbardoshliligini ta’minlash va rejalashtirish samaradorligini oshirish yo‘llari tad-
qiq qilinadi.
Kalit so‘zlar:
sanoat korxonalari, strategik boshqaruv, raqobat, innovatsion g‘oya, me-
nejment, rejalashtirish.
Kirish
Jahon iqtisodiyotida monopol tuzilmalarda raqobat
muhitini shakllantirish va
rivojlantirish, ular faoliyatiga innovatsion
jarayonlarni tatbiq etish,
iqtisodiyot-
ning monopol tarmoqlari va korxonalarni
modernizatsiya qilish,
boshqaruvning
zamonaviy va samarali usullarini qo‘llash iqtisodiy taraqqiyotning asosiy vositalar-
idan biriga aylanmoqda[1].
O‘zbekistonda jahon standarti talablariga javob beruvchi va eksportbop mahsu-
lotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqa-
rishni tashkil etish, yengil sanoat korxonalarining infratuzilmasini rivojlantirish va
innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga jahon bozorida raqobatbardosh
mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishning asosiy strategiyasi sifatida
ishlab chiqarishning klaster usulidan foydalanishga qaratilgan yangi yo‘nalish joriy
etilmoqda[2].
Ma’lumki, “strategik menejment” atamasi o‘tgan asrning 60-70-yillarida yuqori
pog‘onada amalga oshiriladigan ishlab chiqarish darajasidagi boshqarishdan farqi-
ni ifodalash uchun kundalik hayotga kirib keldi. Har qanday tashkilot muvaffaqiya-
tini unda faoliyat ko‘rsatayotgan kishilarning tayyorgarligi, xohishi, ishbilarmonligi
va tadbirkorligi ta’minlaydi[3]. Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash
va malakasini oshirish o‘quv dasturlariga ilg‘or davlat menejmenti, shu jumladan,