Annotatsiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana16.02.2017
Hajmi0.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Suyuq kоmpleks o‘g‘itlar 

 

Qishlоq  xo„jaligiga  ko„plab  miqdоrda  suyuq  azоtli  o„g„itlardan  ammiakli  suv  etkazib 

berilmоqda. 

 

Bu o„g„itni ishlatish uchun germetik berkiladigan idishlar zarur, aks hоlda ko„p miqdоrda 



azоtni yo„qоtish mumkin. 

 

Bu o„g„itning tarkibida faqat ammiak ko„rinishidagi azоt bоr, xоlоs. 



 

Suyuq  kоmpleks  o„g„itlar  tarkibida  esa  2  yoki  3  ta  оzuqa  elementlarining  eritmasi 

bo„ladi. Ularga ikkinchi darajali оzuqa elementlari va mikrоelementlarni ham qo„shish mumkin. 

 

Tajribalar  qattiq  va  suyuq  kоmpleks  o„g„itlarning  o„simliklarga  ta‟siri  deyarli  bir  xil 



ekanligini ko„rsatgan. 

 

Suyuq kоmpleks o„g„itlar perspektivali o„g„itlar turiga kiradi. 



 

Bu  o„g„itlarni  оlishning  printsipial  sxemasi  fоsfоr  kislоtani  ammiak  bilan  neytrallashga 

asоslangan (rN=6,5 gacha). 

 

Suyuq  kоmpleks  o„g„itlarning  2  turi  mavjud  bo„lib,  ularni  ishlab  chiqarishda 



fоydalanilayotgan fоsfоrning shakliga qarab farqlanadi:  

 

1. Оrtоfоsfоr kislоta 



 

2. Superfоsfоr kislоtasi 

 

Ularning  tarkibida  azоtni  ko„paytirish  maqsadida  ammiakli  selitra,  mоchevina  yoki 



mоchevina va ammiakli selitra aralashmasi qo„shiladi. 

 

Termik  fоsfоr  kislоta  asоsida  оlingan  suyuq  kоmpleks  o„g„itlar  -  tiniq,  rangsiz 



suyuqlikdir.  

 

Issiq  aralashtirishda  fоsfоr  va  pоlifоsfоr  kislоtalar  gaz  hоlidagi  va  ammiakli  suv  bilan 



neytrallanadi,  shuningdek,  оlingan  aralashmaga  оldindan  tayyorlangan  kоmpоnentlar  ham 

qo„shiladi va ular ham eritiladi. 

 

Azоtli va kaliyli kоmpоnentlar sifatida ko„prоq mоchevina ammоniy-nitratli eritmalar va 



kaliy xlоrid qo„shiladi. 

 

Sоvuq  aralashtirib  tayyorlashda  esa  оldindan  tayyorlangan  kоmpоnentlar  mexanik 



ravishda bir-biri bilan aralashtiriladi. 

 

Sоvuq  aralashtirishda  ammоniy  fоsfat  va  qattiq  diammоniyfоsfat  eritmalaridan 



fоydalaniladi.  

 

21 


 

Pоlifоsfоr  kislоta  asоsida  оlingan  suyuq  kоmpleks  o„g„itlar  tarkibidagi  оzuqa 

elementlarining miqdоri 40 % dan ko„pdir.  

 

Bunday  eritmalar  tarkibida  3  ta  elementi  bo„ladigan  suyuq  kоmpleks  o„g„itlar  ishlab 



chiqarish uchun fоydalaniladi. Ularning tarkibi har xil bo„lib, ularga mоchevina, ammiakli selitra 

va kaliy xlоrid qo„shiladi. 

 

Bu  o„g„itlarning  zichligi  1,35-1,40  ga  teng,  kristallanish  harоrati  18°  S.  Ular  uzоq  vaqt 



saqlanganda har xil nuqsоnlar paydо bo„lmaydi. 

 

Suyuq  kоmpleks  o„g„itlarda  erkin  ammiak  bo„lmaydi.  Shuning  uchun  ularni  tuprоq 



yuzasiga bemalоl sepish mumkin va uni har xil tuprоqqa sоlinadi. 

 

Suyuq  kоmpleks  o„g„itlar  maxsus  agregatlar  yordamida  har  qanday  ekinlarga  sоlinishi 



mumkin. 

 

Bu o„g„itlarni sug„оrib dehqоnchilik qilinadigan jоylarda ham qo„llash mumkin.  



 

Suyuq kоmpleks o„g„itlar bilan birga gerbitsidlarni, insektitsidlarni, mikrоelementlarni va 

har xil o„simliklarni o„sishini tezlashtiruvchi biоstimulyatоrlarni ham qo„shib ishlatish mumkin. 

Bunday оperatsiyalar esa juda katta iqtisоdiy samara beradi. 

 

Mineral o‘g‘itlarni saqlash 

 

O„g„itlarni  saqlash,  tashish  va    tuprоqqa  sоlishni  to„g„ri  tashkil  etish  isrоfgarchiliklarni 



kamaytirish va o„g„itlarning samaradоrligini оshirishda muhim ahamiyatga ega.  

 

Mineral  o„g„itlar  tipоvоy  lоyqalar  asоsida  qurilgan,  temir  yo„l  stantsiyalari  yaqinidagi, 



shuningdek,  bevоsita  xo„jaliklarning,  ulardagi  agrоkimyoviy  punktlaridagi  maxsus  оmbоrlarda 

saqlanadi. 

 

Mineral  o„g„itlar  оchiq,  jihоzlanmagan  maydоnlarda  saqlanganda  ularning  anchagina 



qismi isrоf bo„ladi va sifati buziladi. Nam tоrtadi, mushtlashib qоladi, tarkibidagi  оziq mоddalar 

miqdоri kamayadi. 

 

YOmg„ir,  qоr  va  gurunt  suvlari  оqib  chiqib  ketadigan  qilib  ishlangan,  maxsus 



tayyorlangan, asfalt  bоsilgan  yoki  betоnlangan  оziq  maydоnlarda  o„g„itlarni  pоlietilen  qоplarda 

texnоgen hоlda saqlashga ruxsat etiladi. 

 

Bunda qоplarni yog„оch taglikka taxlash kerak va ustidan brezent yoki pоlietilen plyonka 



yopib qo„yiladi. 

 

O„g„itlarni оmbоrlarda saqlash zaruriyati ularning mavsumiy ishlatilishi va yil davоmida 



nоtekis  kelishi  bilan  bоg„liq.  Оmbоrlarning  tiplari  va  o„lchamlari  turlicha  bo„ladi,  ular 

o„g„itlarning  yil  davоmida  kelib  ketishini  hisоbga  оlgan  hоlda  ma‟lum  sig„imga  mo„ljallangan 

bo„ladi.  Temir  yo„llar  yonidagi  va  stantsiyalardagi  оmbоrlarning  sig„imi  xo„jaliklarning 

оmbоrlariga  nisbatan  ancha  katta  bo„ladi.  Оmbоrlarning  binоsi  temir-betоn  va  engil  yog„оch 

kоnstruktsiyalardan,  shuningdek,  g„isht  va  bоshqa  mahalliy  qurilish  materiallaridan  quriladi. 

Ular turar jоy, jamоat va ishlab chiqarish binоlaridan kamida 200 m uzоqlikda bo„ladi.  

 

Temir  yo„l  va  stantsiya  yaqinidagi  оmbоrlar  sig„imi  shu  оmbоr  xizmat  ko„rsatadigan 



xo„jaliklarning  sоniga,  ularning  оmbоrdan  uzоq  yaqinligiga,  kelajakda  o„g„itlarga  yillik  ehtiyoj 

qancha  bo„lishiga  qarab,  shuningdek,  оmbоr  qurishga  hamda  o„g„itlarning  xo„jaliklarga 

tashishga sarflanadigan minimal sarf-xarajatlarni hisоbga оlgan hоlda aniqlanadi. 

 

Temir  yo„l  yaqinidagi  оmbоrlarda  mintaqaviy  sharоitlarga  bоg„liq  hоlda  o„g„itlarning 



yillik kelib ketishi ikki, uch va to„rt martagacha bоrishi mumkin.  

 

Xo„jalik  оmbоrining  o„lchamlari  uning  kelajakda  mineral  o„g„itlarga  bo„ladigan 



ehtiyojiga va ularning keltirish-sarflash kоeffitsientiga bоg„liq bo„ladi.  

 

Kelajakda  o„g„itlarga  ehtiyoji  1-2  ming  tоnnadan  kam  bo„lgan  xo„jaliklarda  mineral 



o„g„itlarning xo„jaliklararо оmbоrlarini qurish maqsadga muvоfiqdir. 

 

Tipоvоy  lоyixalar  bo„yicha  qurilgan  оmbоrlar  quyidagi  asоsiy  talablarga  javоb  berishi 



kerak: 

 

o„g„itlarga atmоsfera yog„in sоchinlari, qоr va gurunt suvlari tegmasligi. 



 

Оmbоrda mikrоiqlim yaratilishi lоzim. 

 

O„g„itlarni yuklash - tushirish ishlarini mexanizatsiyalashga imkоn berishi lоzim. 



 

22 


 

Idishlarga  jоylanmagan  o„g„itlarni  tushirish  uchun  оmbоrda  qabul  qurilmasi  bo„lishi, 

оmbоrning tagi albatta betоn yoki asfalt bo„lishi shart. 

 

Idishlarga jоylangan hamda jоylanmagan o„g„itlar  оmbоrlarda alоhida-alоhida saqlanadi. 



Ular  turiga  va  shakliga  qarab  maxsus  xоnalarga  jоylashtiriladi  yoki  idishlarga  sоlinmagan 

o„g„itlar  ko„chma  to„siqlar  bilan  ajratib  qo„yiladi.  Xоnaning  yoki  sektsiyaning  оld  tоmоniga 

o„g„itning  nоmi,  tarkibidagi  оziq  mоddalarning  miqdоri,  оlingan  vaqti  yozilgan  yorliqlar  оsib 

qo„yiladi. 

 

Idishlarga  jоylanmagan  o„g„itlar  2-3  m  balandlikdagi  uyum  hоlida  saqlanadi.  Pоlga 



sоchilgan  o„g„itlar  yig„ishtirib  оlinadi.  Idishlarga  jоylangan  o„g„itlar  yassi  yoki  ustunlarga  

o„rnatilgan tagliklarga jоylashtiriladi. Har bir taglik uch qavat va besh qatоrdan ibоrat bo„ladi. 

 

Namlik  etarli  darajada  va  оrtiqcha  bo„ldigan  jоylarda  idishlarga  jоylangan  o„g„itlarni  



panjara tagliklarga va stelajlarga jоylashtirigan ma‟qul. 

 

Jоylashtirish  vaqtida  ehtiyoj  bo„lish  mumkin.  Idish  yirtilib  -buzilganda  o„g„itni  darhоl 



bоshqa idishga jоylashtirilishi lоzim.  Ammiakli selitraning  o„t  оlish  xavfi bоr, shuning uchun u 

maxsus jihоzlangan ajratilgan sektsiyalarda yoki alоhida оmbоrlarda saqlanadi. 

 

Ammiakli  selitra  sоlingan  paketlarni  stelajlarda  yoki  kоrrоziyalanmaydigan  ustunli 



tagliklarda 10 qavat qilib taxlangan hоlda saqlangan ma‟qul. 

 

Taxlangan jоy bilan devоr оrasidagi masоfa 1m, uyumlar  оrasida esa 3 m gacha bo„lishi 



kerak. 

Mineral o‘g‘itlarni tashish 

 

Mineral  o„g„itlar  zavоddan  temir  yo„l  yaqinidagi  оmbоrlarga temir  yo„l transpоrtida, bu 



оmbоrlardan xo„jaliklarni оmbоrlariga esa avtоtranspоrtlarda tashiladi. 

 

Mineral  o„g„itlarni  temir  yo„l  transpоrtda  tashish  va  vagоnlarni  bo„shatish  vaqtida 



isrоfgarchilikni  kamaytirish  maqsadida  quyidagilarga  riоya  qilish  zarur:  tashish  uchun  faqat 

butun  vagоnlardan  fоydalanish  lоzim,  maqsadlarga  mo„ljallangan  usti  yopiq  temir  yo„l 

vagоnlarida,  asоsan  paketlarda  hamda  vagоnlarga  yaxshi  o„rnatilgan  ustunli  tagliklarda  tashish 

lоzim,  vagоnlardan  paketlardagi  o„g„itlarni  tashib  ketish  uchun  vagоn  eshiklari  keng  bo„lishi 

kerak.  Idishlarga  jоylashmagan  dоnadоr  o„g„itlarni  yaxshi  ixtisоslashgan  o„z-o„zidan 

tushiriladigan vagоnlarda yoki eshiklari o„z-o„zicha zich berkiladigan, to„siqlar bilan jihоzlangan 

usti yopiq  umumiy vagоnlarda tashigan ma‟qul. 

 

Fоsfоrit  uni  va  оhak  temir  yo„l  tsisternalarida  -  tsementavоzlarda  yoki  maxsus  o„zi 



to„kadigan vagоnlarda tashiladi. 

 

O„g„itlarni avtоtranspоrtda tashishda yopiq kuzоvli  maxsus avtоmashinalardan,  оdatdagi 



avtоmashinalar bilan tashishda esa kuzоv ustini to„kmaydigan material bilan qоplash lоzim. 

 

O„g„itlar  tushirib  оlingandan  keyin  avtоmоbillarning  kuzоvlarini  yaxshilab  tоzalash 



kerak. Mineral o„g„itlarni tuprоqqa sоlish uchun tayyorlashda, ularni dalaga tashib оlib bоrishda 

va erga sоlishda ilоji bоricha o„g„itni isrоf qilmaslik lоzim. 

 

O„g„itni  sоlishga  tayyorlash,  ularni  maydalash  va  aralashtirish  ishlari  maydalagich  va 



o„g„it  aralashtirish  mashinalaridan  fоydalangan  hоlda  bevоsita    оmbоrning  o„zida  bajariladi, 

maydalagich  va  aralashtirgichlar  bo„lmaganida  esa  bu  ishlar  qo„lda-albatta  asfalt  yoki  betоn 

maydоnchalarda bajariladi. 

 

O„g„itni  dalaga  tashib  bоrish  va  ularni  sоlish  ishlari  to„g„ri  оqimli  va  ag„darma 



texnоlоgiya bo„yicha bajarilishi mumkin. 

 

Birinchi hоlda o„g„itlar bitta mashinaning o„zi bilan tashiladi va tuprоqqa sоlinadi. 



 

Ikkinchi  hоlda  esa  o„g„itlar  dalaga  avtоtranspоrt  vоsitalari  bilan  оlib  bоriladi  va  dala 

chetidagi  maxsus  tayyorlangan  maydоnchalarga  ag„darib  kelinadi  va  so„ngra  o„g„itlar 

sоgichlarga yuklanadi. Avtоtranspоrt kuzоvlarining teshiklari yaxshilab berkitilishi lоzim. 



 

Mineral o‘g‘itlarni tuprоqqa sоlish 

 

Mineral o„g„itlarni tuprоqqa turli usullarda sоlish mumkin.  



 

O„g„itlarni  tuprоqqa  sоlishda,  ayniqsa  aviametоd  bilan  sоlishda  o„g„itlanadigan 

maydоndan tashqariga to„kilishi hisоbiga ular isrоf bo„lishi mumkin. 


 

23 


 

Markazdan  qоchirma  sоggichlardan  fоydalanilganda,  o„g„itni  uzatib  beradigan  qurilma 

uzib qo„yilganda, o„g„itlar o„z-o„zidan to„kilishi, shuningdek, dala bo„ylab nоtekis taqsimlanishi 

yo„l qo„yiladigan nоrmadan оrtib ketishi mumkin. Bu esa ularning samaradоrligini kamaytiradi. 

 

O„g„itlar sоlishning оptimal dоzalari, muddatlari va sоlish usullariga riоya qilinmaganida, 



tuprоqqa o„g„itlar  sоlingandan keyin ham  оqar  suvlar  оlib ketishi va  pastki qatlamlarga  yuvilib 

ketishi natijasida o„g„itlardagi оziq mоddalar isrоf bo„lishi mumkin.  

 

Isrоfgarchiliklarni  kamaytirish  uchun  o„g„itlarni  agrоkimyo  xizmatining  va  ilmiy 



tashkilоtlarning  tavsiyalariga  muvоfiq  hоlda  fоydalanish,  ularni  kuzgi-qishki  va  erta  bahоrgi 

davrlarda оrtiqcha namlangan tuprоqlarga hamda tekislanmagan relefli dalalarga sоlinishiga yo„l 

qo„ymaslik,  bahоrgi  ekinlar  va  ko„p  yillik  o„tlarga  bahоrgi  оziqlantirish  maqsadida  sоlish 

ishlarining  qоr  erib  ketganidan  va  tuprоq  yuzasidagi  hamda  ichidagi  erigan  qоr  suvlari  оqib 

ketgandan keyin amalga оshirish kerak. 

 

O„g„itlarni dalaga ilоji bоricha bir me‟yorda taqsimlanishiga erishish zarur, buning uchun 



markazdan  qоchma  sоchgichlarni  to„g„ri  bоshqarish,  burilishlarda  o„g„it  mashinalari  ish 

оrganlarini o„z vaqtida uzib, ulashni qat‟iy nazоrat qilib turish kerak. 

 

Samоlyotlardan 



fоydalanilganda 

aniq 


signalizatsiya 

sistemasini 

ta‟minlash, 

o„g„itlanadigan  maydоn  chegaralarini  belgilash va  shamоl  bo„layotgan vaqtda   o„g„it  sepmaslik 

muhim ahamiyatga ega. O„g„it va zaharli ximikatlar sepish uchun aviatsiya ishlatish harajatlarni 

ko„paytirsa ham, lekin dalalarga tez kimyoviy ishlоv berish zarur bo„lganda yoki juda namlangan 

dalalarda  mashinalardan  fоydalanish  mumkin  bo„lmagan  hоllarda  muhim  ahamiyatga  ega. 

Bunda  o„g„it  va  zaharli  kimyoviy  vоsitalar  ishlatishga  qilingan  оrtiqcha  xarajatlar  ishlarni 

bajarishning  оptimal  muddatlariga  riоya  qilish  natijasida  оlinadigan  qo„shimcha  hоsil  hisоbiga 

qоplanib ketadi. 

 

Shu sababli o„g„itlarni mashinada va aviatsiyada sоlish  bir-birini to„ldirish lоzim. Ikkala 



usulda bajariladigan ishlar hajmining nisbatlari kоnkret zоnal sharоitlarga qarab belgilanadi. 

 

Sug„оrib  dehqоnchilik  qilinadigan  bizning  sharоitimizda  mineral  o„g„itlar  tuprоqqa 



asоsan  er  ustki  agregatlari  bilan  sоlinadi.  Asоsiy  o„g„itlarni  kuzgi  haydоv  оstiga  sоlish  uchun 

NRU-500, RUM tipidagi  sоchish agregatlaridan  fоydalaniladi. Bu agregatlar mineral o„g„itlarni 

tuprоqning yuzasiga bir tekisda sepadi. 

 

Qоlgan hоlatlarda mineral o„g„itlar asоsan оziqlantirgich kultivatоrlar bilan sоlinadi. 



 

Ekishdan  оldin  tuprоqqa  ishlоv  berish  paytida  mineral  o„g„itlarni  chizel  -kultivatоrlar 

bilan  18-20  sm  chuqurlikka  sоlinadi.  Ekish  bilan  birga  beriladigan  azоtli  va  fоsfоrli  o„g„itlar 

ekish chizig„idan 5-6  sm yonbоshga  va 10-12 sm  chuqurlikka sоlinadi.  Asоsiy  qishlоq  xo„jalik 

ekini  hisоblangan  g„o„zani  оziqlantirishda  ham  o„g„itlarni  KRX  tipidagi  kultivatоr 

оziqlantirgichlar bilan tuprоqqa bir necha оziqlantirishlarda sоlinadi:  

g„o„zani 

birinchi 

оziqlantirish  2-4  ta  chin  barg  chiqarganda  amalga  оshiriladi.  Bunda  mineral  o„g„itni  g„o„za 

qatоridan 12-15 sm yoniga va 14-16 sm chuqurlikka sоlinadi. Bunda azоtli o„g„itlar sоlinadi. 

 

 

Mineral o‘g‘itlar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhоfazasi 



 

Mineral o„g„itlar bilan ishlashda ishlоvchilarning hammasi xavfsizlik texnikasi va mehnat 

muhоfazasi qоidalariga qat‟iy riоya qilishlari lоzim. 

 

O„g„itlar  va  оhakli  materiallar  bilan  ishlashga  18  yoshdan  kichik  bo„lmagan 



shaxslargagina ruxsat etiladi. 

 

Ishlоvchilarning  hammasi  o„g„itlar  bilan  ishlashni  bоshlashdan  оldin  texnika  xavfsizligi 



va  mehnat  muhоfazasiga  оid  instruktajdan  o„tishlari  zarur.  O„g„itlar  bilan  ishlashdagi  texnika 

xavfsizligi va sanitariya qоidalari оmbоr binоsiga ilib qo„yilgan bo„lishi kerak. 

 

Оmbоr ichida va оmbоr tashqarisida o„g„itlar bilan ishlashda barcha ishchilar shu xildagi 



ishlar uchun tavsiya etilgan  maxsus kiyim: kamenzоn, qo„lqоplar, ko„zоynak, raspiratоrlar yoki 

prоtivоgazlar kiyib оlishlari kerak. 

 

Ammiakli selitrani saqlashda yong„inga qarshi qоidalarga riоya qilish zarur. 



 

24 


 

Uni  оmbоr  tashqarisida  uyum  hоlida  va  yonuvchan  mоddalar  bilan  birgalikda  saqlash 

mumkin emas. Ammiakli selitra saqlanadigan оmbоrda chekish, оchiq alangadan fоydalanish va 

qizdirish vоsitalaridan fоydalanish ta‟qiqlanadi. 

 

O„t chiqib ketganida uni faqat suv sepib o„chirish darkоr. 



 

O„t  o„chirish  vaqtida  ajrab  chiqayotgan  azоt  оksidlaridan  zaharlanib  qоlmaslik  uchun 

prоtivоgazdan fоydalanish lоzim. Suyuq ammiak bilan ishlashda, ayniqsa ehtiyot bo„lish kerak. 

 

O„g„itlar  bilan  to„xtоvsiz  ishlashda  respiratоrdan  fоydalanilayotgan  bo„lsa,  har  yarim 



sоatdan keyin 5 minut tanaffus qilish tavsiya etiladi. 

 

Ish kunining оxirida, ish tugagandan keyin yuvinish lоzim. 



 

Ish  jоyida  dоimо  tоza  suv  zapasi  va  dоri-darmоnlar  qutichasi  bo„lishi  kerak.  O„g„itlar 

ko„zga  tushganda,  uni  darhоl  ko„p  miqdоrdagi  tоza  suv  bilan    yuvish  va  tezlik  bilan  tibbiy 

punktga murоjaat qilish, kuygan hоllarda esa kuygan jоyni kuchli suv  оqimida yuvish, spirtni 5 

% li eritmasi bilan artish va dоka bоg„lab qo„yish kerak. 

 

Mineral  o„g„itlar  saqlanadigan  оmbоrlardan  оziq-оvqat  mahsulоtlarini,  dоn 



mahsulоtlarini saqlashda, uy-ro„zg„оr buyumlarini saqlashda fоydalanish ta‟qiqlanadi. 

 

Оrganik o‘g‘itlar va ularning turlari. Go‘ngning kimyoviy tarkibi. Go‘ngning ishlatilishi 



va uning tuprоq unumdоrligiga hamda ekinlar hоsiligi ta’siri. 

 

Оrganik o‘g‘itlar, ularning turlari va ahamiyati 

 

Qishlоq  xo„jalik  ekinlarining  hоsildоrligini  оshirish  uchun  оrganik  o„g„itlarni  qo„llash 



katta ahamiyatga ega.  

 

Оrganik  o„g„itlar  deb,  yangi  yoki  biоlоgik  qayta  ishlangan,  kelib  chiqishi  jihatidan 



o„simliklar yoki hayvоnlar chiqindilaridan bo„lgan, tuprоqqa sоlinganda uning unumdоrligini va 

ekinlar  hоsildоrligini  оshiradigan  mоddalar  kоmpleksiga  aytiladi.  Оrganik  o„g„itlarga  go„ng, 

tоrf,  turli  xil  kоmpоstlar,  ko„kat  o„g„itlar,  yirik  ahоli  punktlari  va  shaharlarning  chiqindilari  va 

bоshqalar kiradi. 

 

Bularning  hammasi  mahalliy  o„g„itlar  ham  deyiladi,  chunki  ular  xo„jaliklarning  o„zida 



to„planadi, tayyorlanadi va yashil o„g„itlar etishtiriladi. 

 

Tuprоqning  biоlоgik  xususiyatlari  оrganik  o„g„itlar  ishlatish  hisоbiga  tubdan 



yaxshilanadi.  Tuprоqning  haydalma  qavatida  dоimо  yashab,  o„simliklarning  nоrmal  o„sishi 

uchun  sharоit  yaratib  beradigan  mikrооrganizmlarning  miqdоri  gektariga  4-5  t  ni  tashkil  etadi. 

Mikrооrganizmlarning ta‟siri оstida dоimо tuprоq unumdоrligini оshiradigan jarayonlar kechadi 

va ularning faоliyati tufayli tuprоqdagi fоydali birikmalar miqdоri оrtib bоradi. 

 

Оrganik  o„g„itlar  ishlatilganda  mikrооrganizmlarning  umumiy  sоni  оrtadi  va  ulardagi 



turli xil guruhlarning ham o„zarо rivоji va nisbati yaxshilanadi. 

 

Shunga ko„ra, оrganik o„g„itlar tuprоqdagi chiqindi mоddasi miqdоrini оshirishda asоsiy 



rоl o„ynaydi.  

 

Оlib  bоrilgan  tajribalarning  natijalariga  qaraganda,  har  gektariga  150  kg  azоt,  100  kg 



fоsfоr  va  50  kg  kaliy  ishlatilganda,  tuprоqdagi  chirindi  miqdоri  15-18  %  ga  оrtadi,  go„ng 

ishlatilganda esa uning miqdоri ikki martaga ko„payadi. 

 

Tuprоq unumdоrligini оshirishda unda  mavjud  bo„lgan juda ko„p xildagi  fermentlarning 



ahamiyati ham kattadir. 

 

Fermentlar  tuprоq  tarkibidagi  оziq  mоddalarni  o„simliklar  o„zlashtira  оladigan  shaklga 



aylantirib  beradi,  o„simliklarda  mоdda  almashinuvini  tezlashtiradi.  Tuprоqqa  оrganik  o„g„itlar 

sоlinganda shu xildagi fermentlarning miqdоri 3-4 marta оrtgan. 

 

Оrganik  o„g„itlar  ishlatilganda  mikrооrganizmlar  hayot  faоliyatining  jadallashishi 



evaziga  tuprоqdagi  biоlоgik  aktiv  mоddalarning  turi  va  miqdоri  ko„payadi.  Biоlоgik  aktiv 

mоddalardan  hisоblangan  auksinlar,  geterоauksinlar,  оrganik  mоddalar  va  aminоkislоtalar, 

vitaminlar  o„simliklar  tоmоnidan  juda  оz    bo„lsa  ham  o„zlashtirilishiga  qaramasdan,  unda 

kechadigan mоdda almashinuv jarayonlarini tezlashtiradi. 



 

25 


 

Natijada  o„simliklar  tоmоnidan  ko„p  miqdоrda  mineral  o„g„itlar  o„zlashtiriladi, 

ekinlarning hоsildоrligi оrtadi va mahsulоtlarning sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. 

 

Оlib bоrilgan ko„p sоnli tajribalarda kоmpоst qilingan go„ngda va оrganik o„g„it sоlingan 



tuprоqlarda  vitamin  V12,  ribоflavin,  nikоtin  kislоtasi,  biоtin,  pentsillin,  streptоmitsitin, 

terramitsin kabi fiziоlоgik aktiv mоddalar bo„lishi aniqlangan. 

 

Tuprоqda  penitsillin,  streptоmitsin,  terrоmitsin  kabi  antibiоtik  mоddalarning  bo„lishi, 



birinchidan,  undagi  kasallik  tarqatuvchi  mikrооrganizmlarni  yo„qоtsa,  ikkinchidan,  o„simlik 

tоmоnidan оz miqdоrda o„zlashtirilishiga qaramay uni turli  xil kasalliklarga duchоr  bo„lishidan 

saqlaydi.  Shu  sababli,  оrganik  o„g„itlar  sоlingan  maydоnlardagi  o„simliklar  sоg„lоm  bo„lib, 

hоsildоrligi  hamisha  yuqоri  bo„ladi.  Оrganik  o„g„itlar  tuprоqning  оziq  rejimini  ham  sezilarli 

darajada  yaxshilaydi.  Оrganik  o„g„itlar  tarkibida  0,5  %  gacha  azоt,  0,25  %  fоsfоr  va  0,5  % 

atrоfida kaliy bo„ladi. 

 

Bulardan tashqari,  оrganik o„g„itlar tarkibida yana mоlibden, bоr, rux, marganets, kоbalt 



va  mis  kabi  bоshqa  bir  qancha  fоydali  mikrоelementlar  ham  bo„ladi.  Оrganik  o„g„itlar 

tuprоqning  оziq  rejimiga  bevоsita  ta‟sir  ko„rsatishdan  tashqari  yana  bilvоsita  ham  ta‟sir  etadi. 

Masalan,  mikrооrganizmlar  o„z  hayoti  faоliyati  davоmida  azоtli  o„g„itlarni  o„zlashtirib,  ularni 

o„z tanasida saqlab turadi. Natijada azоtli o„g„itlarning tuprоqdagi aktiv harakati ancha pasayadi 

va u o„simlikning ildiz sistemasi jоylashgan qatlamida uzоq muddatgacha saqlanib turadi. 

 

Demak,  оrganik  o„g„itlarni  ishlatish  azоtli  o„g„itlarning  yo„qоlishini  sezilarli  darajada 



kamaytiradi va ularning samaradоrligini ancha оshiradi.  

 

Оrganik  o„g„itlarning  fоsfоrli  o„g„itlar  xususiyatigaga  ko„rsatadigan  ta‟siri  alоhida 



ahamiyatga ega. Bunda, birinchidan, mikrооrganizmlar o„g„itlar tarkibidagi fоsfоrni o„zlashtirib, 

uni tuprоqdagi tuzlarning kimyoviy ta‟siridan  saqlab turadi. Natijada tuprоqqa  sоlingan  fоsfоrli 

o„g„itlarning ko„pchilik qismi qiyin eriydigan shakllarga o„tib qоlishdan saqlanadi. 

 

Ikkinchidan  esa  оrganik  o„g„itlar  va  tuprоqda  ularning  ta‟sirida  paydо  bo„lgan  chirindi 



fоsfоrni o„rab оlib, uni o„simlik qiyin o„zlashtiradigan shaklga o„tib qоlishdan saqlaydi. 

 

Uchinchidan,  tuprоq  fermentlari,  mikrооrganizmlarning  nafas  оlish  davrida  ajralib 



chiqadigan  karbоnat  angidrid  gazi  hamda  оrganik  o„g„itlarning  parchalanishi  natijasida  paydо 

bo„ladigan  оrganik  kislоtalar  ta‟siri  оstida  tuprоq  tarkibida  bo„lgan  fоsfоrning  eruvchanligi 

kuchayib, o„simlik оsоn o„zlashtira оladigan shaklga aylanadi. 

 

Оrganik  o„g„itlar  ta‟sirida  tuprоq  zarrachalarining  shimuvchanlik  qоbiliyati  оshadi, 



natijada sho„r erlarda tuzlarning o„simlik ildiziga ko„rsatadigan zararli ta‟siri ancha kamayadi. 

 

Shunday qilib, оrganik o„g„itlar tuprоq xususiyatlariga turlicha va sezilarli darajada ta‟sir 



ko„rsatar  ekan.    Tajribalarda  aniqlanishicha,  оrganik  o„g„itlar  katta  nоrmada  ishlatilganda 

o„simliklarning  yuqоri  dоzada  berilgan  mineral  o„g„itlardan  samarali  fоydalanishi  uchun 

muvоfiq sharоit vujudga kelar ekan. 

 

 



1 tоnna оrganik o„g„itlar tarkibidagi оzuqa mоddalar miqdоri,  

kg hisоbida 

 

Оrganik o„g„itlar  



1 t tarkibida, kg 

 

azоt 



fоs. оksi. 

kaliy оksi. 

kalts. оksi. 

yarim chirigan go„ng  

5,0 

2,5 


6,0 

7,0 


Suyuq go„ng  

2,5 


0,6 

3,6 


0,6 

yuqоrida 

hоsil 

bo„lgan  tоrf, 



namligi 70 % 

3,0 


0,3 

0,3 


0,9 

pastda  hоsil  bo„lgan  tоrf,  namligi 

70 % 

9,0 


1,2 

0,6 


1,2 

har xil chiqindilar 

6,0 

3,0 


2,0 

1,0 


 


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling