Antidepressantlar


Download 20.31 Kb.
bet1/5
Sana13.01.2023
Hajmi20.31 Kb.
#1090050
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ANTIDEPRESSANTLAR.


ANTIDEPRESSANTLAR.
Bu guruh moddalari asosan susaygan his-xayajon tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni sustlashgan kayfiyatni yaxshilaydi, ruhiy tushkunlikni bartaraf etadi. Bunda g‘am-g‘ussa siqilish kamayadi, ishonchsizlik, ruhiy ezilish yo‘qoladi. Ta’sir mexanizmi bo‘yicha antideprissantlar 2 guruhga bo‘linadi:
I. Monoaminlarni neyronal yutilishini susaytiruvchilar
1) Tanlamasdan ta’sir ko‘rsatuvchilar: imizin, amitriptilin
2) Tanlab ta’si etuvchilar - serotonin neyronal yutilishini susaytiruvchi fluoksetin
- NA neyronal yutililishini susaytiruvchi maprotilin
II. Monoaminooksidaza ingibitorlari
- Tanlamasdan bloklovchilar (MAO-A, MAO-V) nialamid, transamin
- Tanlab bloklovchilar (MAO-V) moklabemid


IMIZIN. Uning kuchli antidepressant xossasi, kuchsiz sedativ ta’siri bilan mujassamlangan. Ba’zi holatlarda preparat ta’sirida psixostimulyatorlik xossasi ham namoyon bo‘ladi (ya’ni qo‘zg‘alish, kayf, uyqusizlik). Ta’sir mexanizmi noradrenalin va serotoninni neyronal qayta so‘rishini kamayishi va shu tufayli tegishli retseptorlar oldida monoaminlarning to‘planishi va ularning ta’sirini kuchaytirishi bilan bog‘liq, deb hisoblanadi. Bunda serotonning limbik sistemaga susaytiruvchi ta’sirining kuchayishida, imizining ta’sir mexanizmida katta ahamiyatga ega. Bu preparatning psixotrop ta’sir etishida, uning M-xolinablokatorlik xossasi ham ahamiyatlidir. SHu tufayli imizin atropinsimon, - spazmolitik va yorqin antigistaminlik ta’sirga ega. Depressiyalarda imizining shifo ta’siri asta sekin yuzaga chiqadi (2-3 hafta). Periferik M-xolinoblokatorlik xossasi ko‘pgina noxush ta’sirini rivojlanishiga olib keladi (og‘iz qurish, akkomodatsiyaning buzilishi, taxikardiya, qabziyat, peshob ajralishining qiyinlashishi).
Terapevtik dozalarida imizin qon bosimini tushirishi mumkin, hatto ortostatik kollaps bo‘lishi mumkin. Ruhiy holat tomonidan yuzaga chiqadigan noxush ta’sir ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: - kuchli rivojlangan sedativ ta’sir yoki bilaks, gallyusinatsiya, uyqusizlik, ruhiy qo‘zg‘alish. Imizin allergik dermatit, jigar xastaligi, bosh og‘rig‘i chaqirishi mumkin.
Glaukoma, peshob xaltasining va MITning atoniyasida imizinni qo‘llash mumkin emas.
Bu preparatni MAO ingibitorlari bilan birgalikda qo‘llanganda og‘ir zaharlanish rivojlanadi.

Download 20.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling