Antonimlar (Qarshi ma’nodoshlik) elib buxdu uz
Download 162.83 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqAntonimlar (Qarshi ma’nodoshlik)
17.02.2023, 00:41 Antonimlar (Qarshi ma’nodoshlik) https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12863-antonimlar-qarshi-ma-nodoshlik 1/5 Antonimlar (Qarshi ma’nodoshlik) elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12863-antonimlar-qarshi-ma-nodoshlik Reja 1. Antonimlar va ularning hosil bo‘lish yo‘llari. 2. Antonimlarning turlari. 3. Paronomiya hodisasi haqida Tayanch so‘z va iboralar 1. antonim 11. zid ma’nolik 2. antoniiya 12. paronimlar 3. lug’aviy antoniiya 13. paronimiya 4. leksik antonimiya 14. bosh (to‘g’ri) ma’no 5. grammatik antonimiya 15. hosila (ko‘chma) ma’no 6. frazeologik antonimiya 16. semantik komponent 7. ot antonimlar 17. sema 8. sifat antonmilar 18. qarama-qarshi ma’no 9. to‘liq antonimlar 19. shakliy munosabat 10. yarim antonimlar 20. ma’noviy munosabat 21. antonimik juftlik. 1. Antonimlar va ularning hosil bo‘lishi Olamdagi narsa va hodisalarni kuzatsangiz, ular taraqqiyotining asosida muntazam qarshiliklar, ziddiyatlar yotganligining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Қarama-qarshiliklar qonuni dunyo taraqqiyotining asosiy mezonlaridan biri sanaladi. Turgan gapki, bu qarama-qarshiliklar tilda ham o‘z aksini topgan. YAxshilik bilan yomonlik, oqlik bilan qoralik, yorug’lik bilan qorong’ilik o‘rtasidagi ziddiyatlar asosida son-sanoqsiz qarama- qarshiliklar yuzaga kelganki, ularni ifodalash uchun har bir holatda alohida til birliklari 17.02.2023, 00:41 Antonimlar (Qarshi ma’nodoshlik) https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12863-antonimlar-qarshi-ma-nodoshlik 2/5 jalb qilingan. Bu esa o‘z navbatida tilda yangi bir hodisaning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu til hodisasi antonimiya, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar esa antonimlar atamasi bilan yuritiladi. Antonimiya so‘zi grekcha anti-zid, onyma—nom so‘zlaridan olingan. Antonimiya hodisasini belgilashda tilshunoslikda bir-biriga to‘g’ri kelmaydigan, zid fikrlar ham yo‘q emas. Har qanday qarama-qarshi turgan so‘zlarni antonimlar sifatida talqin qilish ham o‘rinli emas. Masalan, oq-qora, baland-past, sekin-tez so‘zlaridagi qarama—qarshi ma’nolar yaqqol sezilib turibdi. Ularda har ikki jihat: ham ifoda plani, ham mazmun plani bir - biriga zid qo‘yilgan. SHunga ko‘ra ularni lug’aviy antonimlar deyish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, antonimiyada ikkita til birligi ishtirok etmoqda. Biri ikkinchisi ifodalagan ma’noniig aks ma’nosini, teskarisini ifodalamoqda. Ikki til birligi orasidagi ma’noviy munosabat antonimiya hodisasini keltirib chiqarmoqda. Ikkisi birgalikda antonimik juftlikni tashkil qilmoqda. Tol-terak, opa-singil, aka-uka ko‘rinishlarida ham o‘ziga xos ziddiyatlar bor, lekin ularni antonimlar deb bo‘lmaydi. Sababi antonimiya hodisasini belgilaganda ikki til birligi o‘rtasidagi semantik tuzilishga, ulardagi semalarning ziddiyatiga alohida e’tibor qilinadi. Leksik ma’no (semema) muayyan komponentlardan semalardan tashkil topgan bo‘ladi. Antonimik juftlikni tashkil qilayotgan umumiy semalar ichida shu hodisani yuzaga chiqaruvchi bitta differentsial sema ham mavjud bo‘ladiki, shu sema asosida narsalar bir- biriga zidlanadi. Masalan, ikkita ko‘ylak material, bichim, tikuvchi, iste’molchi semalari bo‘yicha bir xil bo‘lishi mumkin, ammo rang semasida ulardan bittasi oq, bittasi qora bo‘lsa, mana shuning o‘zi ularni bir-biriga zidlash uchun kifoya qiladi. YOxud ikkinchi holatda rang semasi ham bir xil bo‘lib razmer semasida biri tor, ikkinchisi keng bo‘lsa ham antonimiya hodisasi kelib chiqadi. Demak, differentsial semalar asosidagina antonimiya hodisasi kelib chiqar ekan. Odatda belgini bildiruvchi so‘zlar orasida farqlar yaqqol sezilib turadi: baland-past, katta-kichik, uzun-qisqa, achchiq-shirin, tungi-kunduzgi kabi. Ba’zan ot bilan ot, sifat bilan sifatdosh ham antonimik juftlikni hosil qilib qolishi mumkin: er-xotin, o‘g’il-qiz, xom-pishgan, o‘tkir-o‘tmas. Antonimlarni tahlil qilgan olimlar ular orasidagi ziddiyatlarda quyidagilar yotganligini ta’kidlaydi. 1. Gradual (darajalangan), koordinatsiya qilingan qarama-qarshiliklar: baland-past, toza- iflos, arzon- qimmat kabi. 2. Konversiya, ya’ni bir so‘z turkumidan ikkinchi so‘z turkumiga o‘tgan so‘zlardagi qarama-qarshiliklar: yosh-qari, katta-kichik, urush-tinchlik (sifatdan, fe’ldan otga o‘tish holati mavjud) 17.02.2023, 00:41 Antonimlar (Qarshi ma’nodoshlik) https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12863-antonimlar-qarshi-ma-nodoshlik 3/5 3. Ikkilangan, ya’ni bir tushunchaning dixotolik holatiga asoslangan ziddiyatlar tuzli- tuzsiz, aqlli-aqlsiz, o‘rinli-noo‘rin singari. Demak, antonimlardagi ma’no ziddiyatini ochib berish uchun ularni qismlab, ya’ni semik tahlil qilish lozim. Ularni tashkil etgan barcha belgilar majmui-ideografik semalar ichidan differentsial semani ajratgan taqdirimizdagina antonimiya hodisasini anglashimiz, topishimiz mumkin. Antonimiyani hosil qilayotgan semalar belgilar strukturasiga semantik komponent deyiladi. Download 162.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling