G’o’za chigitining morfologik va anotomik tuzilishi


Download 1.8 Mb.
bet1/4
Sana07.05.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1440941
  1   2   3   4
Bog'liq
G’o’za chigitining morfologik va anotomik tuzilishi

G’o’za chigitining morfologik va anotomik tuzilishi

  • Reja:
  • 1.G‘o‘za chigitining morfologik tuzilishi.
  • 2.G‘o‘za chigitining anotomik tuzilishi.

G‘o‘za chigitining morfologik tuzilishi

  • G‘o‘za chigitining morfologik tuzilishi
  • To‘la shakllangan va yetilgan chigit tuxumsimon yoki noto‘g‘ri noksimon shaklda bo‘ladi. G‘o‘za chigiti naviga qarab uzuncho, sal uzunchoq yoki deyarli dumaloq bo‘lishi mumkin. Chigit murtak, mag‘iz va bularni o‘rab olgan ikki qavat po‘stdan iborat. Chigitning tashqi, ya’ni ustki po‘sti yog‘ochlangan, qattiq, ichki po‘sti esa yumshoq, pardasmimondir. Chigitning ustki po‘sti tuklar bilan qoplangan. Bu tuklar ba’zi g‘o‘za turlarida faqat uzun tuklardan, boshqalarida esa ham uzun, ham qisqa tuklardan iborat bo‘ladi. Uzun tuklar tola, qisqa tuklar esa chigit t uki yoki lnter deb ataladi.

G‘o‘za chigitining anotomik tuzilishi.

  • Chigitning keng tomni-xalaza, ingichka tomni mikropile deb nomlanadi. Mikropile deb atalishiga sabab shuki, chigitning uchki tomoni, ya’ni “nish beradigan” tarafida kichkina teshikcha-mikropile bor. Urug‘lanish paytida chang naychasi shu mikropile orqali urug‘kurtak ichiga kiradi. Mikropile o‘tkir tumshuqcha bilan tugallanadi, bu-yog‘ochlangan urug‘banddir.
  • Paxta yetishtirishni to‘liq mexanizatsiyalashga o‘tgan davrda, chigit morfologiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Ekish davrida urug‘lik chigitning yaxshi sochiluvchanligi, ayniqsa, chigitni aniq ekish seyalkalari qo‘llanilganda juda muhimdir. Tukli chigitlarning sochiluvchanligini oshirish maqsadida ular zavodlarda sun’iy yo‘l bilan tuksizlantiriladi va drajalanadi. Natijada ekish jarayonida, tuksizlantirilgan va drajalangan chigitlar seyalkalarning urug‘ tushish yo‘llarida ushlanib qolmasdan to‘liq to‘kiladi. Sun’iy tuksizlantirilgan yoki drajalangan urug‘lik chigitlarni hajmi va vazniga qarab saralash, katta-kichik o‘lchamlari bo‘yicha esa kalibrovka qilish imkoniyatlari yaratiladi. Saralangan va kalibrovka qilingan chigitlarni ekish uchun qo‘llash gektariga ekish me’yorini kamaytirish hamda ekish maydonida urug‘larni bir tekisda joylashtirish va bir xil chuqurlikka ekish imkoniyati yaratiladi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling