Aqliy qobiliyatni rivojlantirish asoslari


Download 470.51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi470.51 Kb.
#1070164
Bog'liq
Vroom BrainBuildingBasics UZB LI NoCrop 200323



Aqliy qobiliyatni 
rivojlantirish asoslari

Biz bolalarning erta o‘rganish ilmini 
soddalashtirdik! Istalgan paytda farzandingiz 
miyasini rivojlantirishga yordam berishga 
mo‘ljallangan ushbu 5 ta usulni eslab qoling.
Qarash
Bolalar o‘rganish uchun ko‘zlaridan 
foydalanadi. Farzandingiz e’tiborini nima 
jalb etishiga e’tibor qiling va u bilan o‘sha 
narsa haqida gaplashing. Yoki u bilan 
ko‘z urishtirng, so‘ngra tabassum qiling, 
gaplashing, quchoqlang yoki yuzlaringizni 
har xil kulgili holatga soling!
Ergashish 
Bolalar o‘zining ko‘rsatayotgan 
namunasiga ergashganingizda 
yaxshiroq o‘rganadi. Farzandingiz 
so‘zlari, tovushlari, harakatlari va 
fikrlariga o‘zingizni chog‘lang! 
Ular sizga o‘zingizning so‘z 
va harakatlaringiz bilan javob 
qaytaradi.
Suhbatlashish 
Bolalarning miyasi ular bilan 
suhbatlashayotganingizda yoki 
bir-biringizning tovushlaringizni 
takrorlayatganingizda chaqnab 
ketadi. Kuningiz, oziq-ovqatingiz 
va atrofingizdagi narsalar haqida 
suhbatlashing yoki suhbat qiziq 
bo‘lishi uchun tovushlarni cho‘zib 
talaffuz qiling!
Kengaytirish
Siz bolalarga keyinchalik o‘rganish ko‘lamini 
kengaytirishida yordam bersangiz, ularning miyasi 
kuchli rivojlanadi. O‘sha ruhda davom ettiring: 
farzandingizdan nima, qachon, qayerda, qanday 
qilib va nega so‘zlari bilan boshlanuvchi savol 
so‘rang!
Navbat almashing
Bolalar birga o‘ynayotgan, suhbatlashayotgan 
yoki biror yangi narsani kashf qilayotganingizda, 
navbati
bilan gaplashishdan ko‘p narsa
o‘rganadi. Ular yurgandan so‘ng
siz navbat oling. Keyin takrorlang:
ular yuradi, siz yurasiz, ular
yuradi, siz yurasiz!
© 2019 Vroom, Bezos oilasi jamg‘armasi dasturi
vroom.org vebsaytidan ko‘proq ma’lumot oling

Download 470.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling