Yoshlar tarbiyasida tadbirlarning ahamiyati


Download 13.7 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi13.7 Kb.
#226560
Bog'liq
Yoshlar tarbiyasida tadbirlarning ahamiyati


Yoshlar tarbiyasida tadbirlarning ahamiyati.

Jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz,ayniqsa, yosh avlodning intelektual salohiyati ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ma’naviy hayotimizni yuksaltirishda ulkan ahamiyatga ega bo’lgan ana shunday muhim vazifalarni kopmleks hal qilish kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish ,o’zbek va dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni targ’ib qilish hamda keng kitobxonlar ommasiga yetkazish ishlari samarali tashkil etilmoqda .

Qabul qilingan qonun va qarorlar fan ta’lim va madaniyatning yuksalishiga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga axborot manbai bo’lgan kutubxonalarning faoliyatiga ham katta o’zgarishlar kiritilishi va zamon talablariga mos darajada rivojlanishiga zamin yaratmoqda .Jumladan bugungi kunda Sirdaryo viloyat axborot kutubxonasining xodimlari bir qancha qiziqarli tadbirlarni ham yo’lga qo’yib kelishmoqda .Shuningdek ,,Kitobxonlar klubi” , ,,Yosh kitobxon “ tanlovlari doimo qiziqarli tarzda o’tkazilib kelinmoqda .Birgina ,,Kitobxonlar klubi” tadbiri orqali ko’pgina yoshlar juda qiziqarli ma’lumotlarni bilib olmoqdalar. Qizig’i shundaki yoshlar bir- biri bilan fikr almashib ,ko’pchiligi esa yosh kitobxon do’stlariga kitob o’qigan insonning hayotda qiyinchilik, yechilmaydigan muommolarga duch kelmasligi haqida maslahat bermoqda . Tadbirlar insonni ongini o’stiradi , ma’naviy olamini boyitadi ,dunyo qarashini kengaytiradi ,yaxshini yomondan ajrata oladi .Men bu tadbirlarni kuzatuvchi sifatida shuni ayta olamanki ,bugungi kun yoshlari izlanuvchan, ilmga chanqoq va fikrlash olami juda keng .Ko’zlari chaqnab turgan bu yoshlarning kelajagi buyuk,men ularni yuksak cho’qqilarni zabt etishiga ishonaman .



Xulosa o’rnida shuni aytish joizki bugungi kunda manaviy marifiy tadbirlarni ko’proq o’tkazib turish maqsadga muvofiq bo’lardi .Ana shundagina kutubxonachilar ko’zlagan maqsadlarimizga yeta oladi .
Download 13.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling